Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GASTRONOMIK TURIZMNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VA UNING IQTISODIY AHAMIYATI
GASTRONOMIK TURIZMNING RIVOJLANISH · Toshpo‘latova Shahnoza
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2016
Аннотация
Ushbu maqolada gastronomik turizm tushunchasi, uning rivojlanish istiqbollari, xalqaro va milliy miqyosdagi o‘rni hamda iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda gastronomik turizmning bugungi holati, mavjud imkoniyatlari va uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Mahalliy oshxonamizning boy merosi va milliy taomlarning sayyohlik brendi sifatidagi roli alohida e’tirof etiladi. Kalit so‘zlar: Gastronomik turizm, milliy oshxona, madaniy meros, sayyohlik, iqtisodiy o‘sish, turistik brend, O‘zbekiston Zamonaviy turizm tarmoqlari ichida gastronomik turizm tobora dolzarb yo‘nalishga aylanib bormoqda. Turistlar faqat diqqatga sazovor joylarni ko‘rish bilangina emas, balki o‘sha hududning taomlarini tatib ko‘rish, madaniyatini his qilish orqali ham sayohatdan zavq olishni maqsad qilishmoqda. Shu bois gastronomik turizm ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishiga aylangan. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan turizmni, jumladan, gastronomik turizmni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilayapti. Bu haqda muhim qarorlar, farmonlar qabul qilinayayapti. Ulardan biri Yurtboshimizning “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016- yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli farmonidir. Bugun respublikamizning barcha hududlarida mazkur farmon ijrosi yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirilayapti. Shahar va qishloqlarimizda barpo etilayotgan biri-biridan shinam bo‘lgan oshxonalar, choyxonalar va boshqa turdagi ovqatlanish muassasalarida yaratilayotgan qulayliklardan, bunday muassasalarning jihozlanishidan ko‘ngil to‘ladi, xalqimiz madaniyati, maʼnaviyati oshib borayotganidan ko‘ngillarda quvonch paydo bo‘ladi. Eʼtibor qilganlar yaxshi bilishadi. Gastronomik turizmga aloqador ishlarga bugun shaharlarga nisbatan qishloqlarda eʼtibor oshib borayapti. Buni biz davlatlar ahamiyatidagi katta magistral yo‘llar bo‘ylarida, viloyatlararo yirik ko‘chalar bo‘ylarida bunyod etilayotgan ko‘plab ovqatlanish shoxobchalari misolida ko‘rishimiz mumkin. Gastronomik turizm sanoat va madaniyatning bu turdagi turizmga oid taomlari, ularning an’analari va retseptlarini o‘z ichiga oladi. U mahalliy taom madaniyatini tan olish, taomlarni tayyorlash jarayonida qatnashish va mahalliy mahsulotlardan https://scientific-jl.com/wsrj 3 1 3 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal foydalanish orqali sayyohlarni boshqa madaniyatlar bilan tanishtiradi. Gastronomik turizm turmush tarzini, qadriyatlarni va taomlar orqali o‘ziga xos milliy madaniyatni aks ettiradi. U aholining farovonligini yaxshilash, milliy mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek, milliy merosni asrab-avaylash imkonini beradi. O‘zbekiston o‘zining boy milliy oshxona an’analari va taom madaniyati bilan ajralib turadi. Sho‘rva, manti, lag‘mon, shashlik, qozonkabob, chuchvara, dimlama va turli shirinliklar o‘zbek milliy taomlari orasida eng mashhurlaridandir. Bu taomlar ko‘p asrlik an’analar va madaniy merosga ega bo‘lib, hududning tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlari bilan uzviy bog‘liqdir. Gastronomik turizm — bu sayohatchilarning boshqa hudud yoki mamlakatga borib, u yerda milliy taomlar, pishirish uslublari, oziq-ovqat an’analari bilan tanishish orqali madaniy tajriba orttirishidir. Bu turizm turi gastronomiya va sayyohlikning kesishgan nuqtasida joylashadi. Gastronomik turlarning maqsadi - muayyan mamlakat oshxonasining o‘ziga xos taom xususiyatlaridan bahramand bo‘lish, nodir, ekzotik taomlar bilan tanishish yoki son-sanoqsiz taomlarni iste’mol qilish bo‘ladi. Asosiy narsa bunday gastronomik turlarda o‘ziga singib ketgan ko‘p asrlik mahalliy retseptdan bahramand bo‘lish kerak - oziq-ovqat yordamida mahalliy aholining an’analari va urf-odatlari, pishirish madaniyati va ularning mentaliteti tushuniladi. Gastronomik turizm sohasi 2 turga bo‘linadi. Qishloq va shahar gastronomik turizmlariga. Qishloq gastronomik turizmida turistlar sayohat qilinayotgan davlatning ekologik toza mahsulotlarini yig‘ib olish va qadoqlash jarayonini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun borishadi. Shahar gastronomik turizmi esa mahalliy mahsulotlarni qayta ishlaydigan va ishlab chiqaradigan korxonalar milliy taom tayyorlaydigan ovqatlanish shahobchalariga va oziq-ovqat do‘konlariga boshqa obyektlarga tashrif buyurib ularni o‘rganish, ta’tib ko‘rish uchun tashrif buyurishadi. Italiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlar gastronomik turizmda katta muvaffaqiyatga erishgan. Masalan, Fransiyada vino va pishloq turlarini tatib ko‘rish uchun yillik millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Bu mamlakatlar o‘z milliy taomlarini xalqaro darajada targ‘ib etish orqali turizm daromadlarini oshirmoqda. O‘zbekiston so‘nggi yillarda turizm sohasini milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish yo‘lida faol harakat qilmoqda. Shu jumladan, gastronomik turizm ham muhim e’tibor markazida turibdi. Mamlakatga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlarning ko‘pchiligi nafaqat tar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada gastronomik turizm tushunchasi, uning rivojlanish istiqbollari, xalqaro va milliy miqyosdagi o‘rni hamda iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada gastronomik turizm tushunchasi, uning rivojlanish istiqbollari, xalqaro va milliy miqyosdagi o‘rni hamda iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Gastronomik turizm, O‘zbekiston, milliy oshxona, sayyohlik, turistik brend, iqtisodiy o‘sish, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025