Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QO‘RIQLASH DEPARTAMENTI BO‘LINMALARI XODIMLARINI XIZMATGA JISMONAN TAYYORLASH
XIZMATGA JISMONAN TAYYORLASH · O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi
Всемирный научно-исследовательский журнал · 14 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlarining jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga yangicha yondashuvlar hamda xodimlarining o‘ta muhim toifalangan obyektlarni qo‘riqlash, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari daxlsizligini ta’minlash, qo‘riqdagi obyektlarda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi xizmat vazifalarini bajarishida jismoniy tayyorgarlik va sportning o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Xodim, harbiy xizmatchi, jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik, qo‘riqlash, obyekt. Mintaqamiz va dunyoning ayrim mamlakatlarida yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat, global xavf-xatarlar, ayniqsa xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi kabi tahdidlar Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Professional Milliy gvardiya xodimi qo‘riqdagi obyektlarda jamoat tartibini saqlash fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mukammal bajarishi, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jamiyatda qonun ustuvorligi hamda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashda nafaqat kasbiy, balki jangovar va jismoniy jihatdan ham chiniqishi kerak. Chunki Milliy gvardiya xodimi xizmat faoliyati davomida turli ekstremal holatlarga duch kelishi mumkin. Bunday vaziyatda u davlat va jamiyat xavfsizligi bilan birga, o‘z xavfsizligini ham ta’minlashi, buning uchun zarur maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Jahondagi ijtimoiy-siyosiy inqiroz, e'tiqod bilan bog‘liq ziddiyatlarning kuchayishi, davlatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tafovut, ishsizlik va kambag‘allikning oʻsishi, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi ortishi, transmilliy jinoiy tashkilotlarning faollashuvi natijasida terrorizm, jumladan, suitsidal terrorizmning koʻlami kengayib, insoniyat taraqqiyoti va xavfsizligiga tahdid solayotganligi bois, unga qarshi kurashning xalqaro hamda milliy mexanizmlarini takomillashtirish obyektiv zaruriyatga aylanmoqda. Xususan, birgina suitsidal terrorizm AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Turkiya, Iroq, Pokiston, Afg‘oniston va boshqa davlatlarda koʻplab insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, davlatlar iqtisodiga juda koʻp miqdorda zarar etishiga sabab boʻlmoqda. “suitsidal terrorchilik harakatlari jami terrorchilik hujumlarining 3 % tashkil etib, jami terrorchilik harakatlaridan halok https://scientific-jl.com/wsrj 3 8 1 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal boʻlganlarning 48 %” aynan yuqoridagi hujumlarga toʻg‘ri kelmoqda, hamda ushbu holatlarni sodir etishda aholi gavjum boʻladigan savdo obyektlari, maktablar, masjid, bank, ishlab chiqarish obyektlarida sodir etilmoqda.1 Bu esa ushbu obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishida naryadlar faoliyatini samarali tashlik etish mavjud xavflarga qarshi turish uchun xodimlarning jangovar tayyorgarligini takomillashtirilishini talab etadi. Mamlakatimizda bugungi kunda inson shaʼni va qadr-qimmati masalasi juda dolzarb hisoblanib, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida milliy xavfsizlik islohotlari nihoyatda eʼtiborli boʻlib, ayniqsa Milliy gvardiya sohasiga doir qonun hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, yaʼni bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning zamirida fuqarolarning xavfsziliklari, huquq va erkinliklari himoyasi mujassamligi davlatimizning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari sari dadil borayotganligidan dalolat, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar, Milliy gvardiya va boshqa sohalardagi bir qancha oʻzgarishlar, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi oʻrni, uning rivojlanishi, aholi xavfsizligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ularning mas’uliyatini oshirish, moddiy ta’minoti va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, xodimlarning jangovar va maxsus tayyorgarligini takomillashtirish, shuningdek ularning xizmat oʻtashini tashkil etish, boʻyicha choralar koʻrilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining zamonaviy tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻshinlari davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash, inson va fuqaroning erkinliklari hamda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlarini himoya qilish uchun moʻljallangan davlat harbiy tashkiloti sifatida sezilarli darjada faoliyat olib bormoqda. Shu kabi, mamlakatni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va yangi vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatini tashkil etishni, shu jumladan, qonuniylik ahvolini tizimli tahlil qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlash va hududlarni kompleks xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga salbiy taʼsir etuvchi huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida aniqlash
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlarining jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga yangicha yondashuvlar hamda xodimlarining o‘ta muhim to…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlarining jangovar, kasbiy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga yangicha yondashuvlar hamda xodimlarining o‘ta muhim to… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qo‘riqlash, obyekt., Kalit so‘zlar: Xodim, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik, jangovar, harbiy xizmatchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024