К содержанию
РецензированоUZ2022

VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGI: SABABLARI, HUQUQIY TAHLIL VA OLDINI OLISH CHORALARI

Gulnoza Jumayeva Sodiq qizi · Zulayho Usanova Turdimurod qizi · Oʻqituvchi: Adham Avliyoqulov Alisherovich

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2022

Аннотация

Hozirgi kunda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi global muammo bo‘lib, uning asosiy sabablari oilaviy muhit, ta’limdagi kamchiliklar va ijtimoiy institutlarning zaiflashuvi bilan bog‘liq. Ushbu maqola yoshlarning huquqbuzarlik sodir etishiga sabab bo’layotgan omillarini tahlil qilib, turli huquqiy tizimlardagi jazolash va reabilitatsiya mexanizmlarining samaradorligini baholaydi. Natijalar jinoyatchilikning oldini olishda huquqiy profilaktika, ta’lim va ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashning ahamiyatini yoritadi. Kalit so‘zlar: deviant xulq-atvor, jinoyat viktimologiyasi, delikt subyekti, huquqiy profilaktika, probatsiya instituti, jjtimoiy-huquqiy institutsionalizatsiya, reabilitatsiyaga yondashuvi, profilaktika choralari, kriminologik tahlil, deliktning huquqiy kvalifikatsiyasi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi zamonaviy huquqiy tizimlar oldida turgan murakkab va dolzarb masalalardan biri bo‘lib, uning o‘sishi nafaqat milliy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikka, balki huquqiy tizimlarning samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Voyaga yetmagan shaxslarning jinoyat faoliyatiga jalb etilishi global miqyosda ijtimoiy va huquqiy muammolarni keltirib chiqarib, davlatlarning ichki siyosati va huquqni muhofaza qilish organlari oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Xalqaro statistik ma’lumotlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining o‘sishini tasdiqlaydi. Masalan, Germaniyada 2022-yilda 14−17 yoshdagi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2021-yilga nisbatan 15,1% ga oshgan. Shuningdek, boshqa Yevropa davlatlarida ham voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi sezilarli darajada oshgan. Masalan, Fransiyada 2022-yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2021-yilga nisbatan 12% ga oshgan. Angliyada esa 2022-yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2021-yilga nisbatan 10% ga oshgan. Ushbu statistik ma’lumotlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining global miqyosda o‘sayotganini ko‘rsatadi. Bu holat ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy omillarni chuqur tahlil qilish zarurligini ta’kidlaydi. Shuningdek, https://scientific-jl.com/wsrj 4 0 9 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal jinoyatchilikning oldini olish va voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soluvchi muammo bo‘lib, uning sabablarini kompleks o‘rganish jinoyatchilikning oldini olish strategiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada voyaga yetmaganlarning huquqbuzarlikka moyilligini keltirib chiqaruvchi omillar, jinoyat dinamikasi va ularga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy choralar xalqaro tajriba asosida tahlil qilinadi. Voyaga yetmaganlarning huquqiy maqomi jazo va reabilitatsiya tizimi bilan bog‘liq bo‘lib, normativ-huquqiy hujjatlarning samarali tatbiqi jinoyatchilik profilaktikasida asosiy o‘rin tutadi. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarni jamiyatga integratsiya qilish va ularning reabilitatsiyasini ta’minlash huquqiy tizimning ustuvor yo‘nalishidir. Shu bois, xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan huquqiy mexanizmlarning samaradorligini tahlil qilish, ularni milliy qonunchilikka moslashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Maqolaning maqsadi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablarini aniqlash hamda oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqishdan iborat. Xalqaro va milliy tajriba asosida huquqiy profilaktika tizimini takomillashtirish, jinoiy javobgarlik va reabilitatsiya mexanizmlarini baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalar esa jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan huquqiy strategiyalarni ilmiy asosda ishlab chiqishga xizmat qiladi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar ta’sir qiladi. Xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, oilaviy muhit, ta’limdagi muammolar, iqtisodiy beqarorlik hamda ijtimoiy institutlarning zaifligi huquqbuzarlikka moyillikni oshiruvchi asosiy omillardir. Birinchi navbatda, oilaviy muhit va tarbiya voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Edwin Sutherlandning jinoyat soddalashtirish nazariyasiga (Differential Association Theory, 1939) ko‘ra, deviant xulq oilaviy va ijtimoiy muhit orqali o‘zlashtiriladi. AQShda Amerika Kriminologiya Jamiyati (ASC) tadqiqotlari voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 75% dan ortig‘i oilaviy muammolar bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, yolg‘iz ota-onalar tomonidan tarbiyalangan bolalar jinoyatchilikka 2-3 baravar ko‘proq moyil bo‘lishadi. Buyuk Britaniyada, Milliy Statistik Ofis (ONS) ma’lumotlariga ko‘ra, oilaviy zo‘ravonlikka duch kelgan voyaga yetmaganlarning 60% jinoyat sodir etish ehtimoli yuqori. Germaniyada esa, Max Planck Institute for Foreign and International Criminal Law tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, oilaviy ajralish voyaga yet

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi global muammo bo‘lib, uning asosiy sabablari oilaviy muhit, ta’limdagi kamchiliklar va ijtimoiy institutlarning zaiflashuvi bilan bog‘liq.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi global muammo bo‘lib, uning asosiy sabablari oilaviy muhit, ta’limdagi kamchiliklar va ijtimoiy institutlarning zaiflashuvi bilan bog‘liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: deviant xulq-atvor, deliktning huquqiy kvalifikatsiyasi., delikt subyekti, jinoyat viktimologiyasi, huquqiy profilaktika, profilaktika choralari, jjtimoiy-huquqiy institutsionalizatsiya, kriminologik tahlil, reabilitatsiyaga yondashuvi, probatsiya instituti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники