Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ULTONTOZ ROMANINING FOLKLOR BILAN MUNOSABATI
Oltiboyeva Nodira
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
В статье рассматривается связь романа Олима Тошбоева «Ултонтоз» с узбекским фольклором. Особое внимание уделяется параллелям с эпосом «Алпомиш», анализируются герои, символы, мотивы и эпическая структура. Annotation: This article analyzes the relationship between Olim Toshboyev’s novel “Ultontoz” and Uzbek folklore. Particular focus is given to its parallels with the epic “Alpomish”, including symbolic, structural, and ideological connections. Kalit so‘zlar: folklor, Ultontoz, Alpomish, xalq qahramoni, epik tafakkur, ramz, arxetip, marosim, og‘zaki ijod. Ключевые слова: На русском языке: фольклор, Ултонтоз, Алпомиш, эпос, народный герой, архетип, обряд, символика, устное творчество. Keywords: In English: folklore, Ultontoz, Alpomish, folk hero, epic thought, archetype, ritual, symbolism, oral tradition. Olim Toshboyevning “Ultontoz” romani xalq ruhiyatining, milliy qadriyatlar va an’anaviy dunyoqarashning badiiy ifodasidir. Asarda folkloriy unsurlar — xalq og‘zaki ijodining shakl va mazmun elementlari — muhim g‘oyaviy-badiiy yuk ko‘taradi. Ushbu roman orqali yozuvchi nafaqat tarixiy haqiqatlarni qayta badiiy talqin etgan, balki o‘zbek xalqining ma’naviy boyligini, urf-odatlari va og‘zaki ijodiy merosini ham jonli tasvirlagan. 1. Folklor unsurlarining turlari. Romanda quyidagi folklor shakllari uchraydi: Afsona va rivoyatlar — Asar davomida ko‘plab xalq orasida yuradigan afsona va dostonlarga ishora qilinadi. Bu afsonaviy tasvirlar orqali Toshboyev xalqning tarixiy xotirasini uyg‘otishga harakat qilgan. Lafz va hikmatli so‘zlar — Qahramonlar og‘zidan chiqadigan ko‘plab hikmatli so‘zlar, maqol va matallar xalq ruhiyatining aksidir. Ular orqali personajlarning xarakteri, hayotiy qarashlari chuqurroq ochiladi. Marosim va rasm-rusumlar — Romanda tasvirlangan to‘y marosimlari, dafn marosimlari, bolani beshikga solish kabi sahnalar milliy rituallarga tayangan holda yoritilgan. Xalq qo‘shiqlari va ohanglari — Ba’zi sahnalarda xalq qo‘shiqlari (masalan, “alla”, “yallalar”) eslatib o‘tiladi yoki ular https://scientific-jl.com/wsrj 4 2 4 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal orqali muhitga milliylik ruhi beriladi. 2. Folklor obrazlarining talqini. Romandagi obrazlar ko‘pincha folkloriy arxetiplarga asoslangan: Kurash — xalq dardini yuragiga jo qilgan qahramon sifatida epik dostonlardagi qahramon — Alpomish tipiga yaqinlashtirilgan. Uning ezgulik yo‘lidagi kurashi xalq qahramoni sifatidagi maqomini belgilaydi. Dushman obrazlari — salbiy qahramonlar ham ko‘p hollarda folklordagi yovuz kuchlarning timsoli sifatida talqin etilgan: ular o‘z manfaati yo‘lida xalqni ezishga urinadi. Donishmand va oqsoqollar — ba’zi sahnalarda ko‘zga tashlanadigan oqsoqollar, ota-bobolar ruhi, tushlar orqali beriladigan maslahatlar xalqning donishmandlik maktabini eslatadi. 3.Timsollar va metaforalar orqali folklor ruhi. Romanda xalqona timsollar va metaforalar keng qo‘llangan. Masalan: Qorong‘ulik va yorug‘lik — zulm va adolat o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida xizmat qiladi. 4.Xalqning tarixiy xotirasi va kollektiv ong. Romanda aks ettirilgan voqealar — ijtimoiy zulmga qarshi kurash, milliy qadriyatlarni saqlab qolish harakati — o‘zbek xalqining tarixiy xotirasida muhrlangan. Bu xotira esa asosan folklor orqali avloddan-avlodga o‘tgan. Toshboyev bu ruhni roman orqali qayta uyg‘otishga harakat qiladi. 5. Folklor – xalqning kuchi va najot manbai sifatida. Romanda og‘zaki ijod faqat estetik bezak emas, balki xalqning ma’naviy qarshilik vositasi sifatida ham talqin etiladi. Qahramonlar hayotining og‘ir pallalarida aynan xalq donishmandligi, ertaklar va maqollar ularga yo‘l ko‘rsatadi, ruhiyatlarini tiklaydi. “Alpomish” dostoni bilan badiy bog‘liqlik“. Ultontoz” romanida “Alpomish” dostoni bilan bevosita badiiy va ma’naviy bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu bog‘liqlik faqat syujet darajasida emas, balki ruhiy, g‘oyaviy va timsollar tizimi orqali ham ifodalanadi. Olim Toshboyev “Alpomish”ni bevosita tilga olmasa-da, romanning g‘oyaviy asosida dostoniy dunyoqarash ustuvorlik qiladi. Avvalo, “Alpomish” dostoni o‘zbek xalqining eng qadimiy va boy epik meroslaridan biri bo‘lib, u xalq qahramoni obrazi, adolat uchun kurash, el-yurtga sadoqat, do‘stlik va muhabbat singari umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etadi. Aynan shu qadriyatlar “Ultontoz” romanining asosiy mazmunini belgilaydi. “Ultontoz”da bosh qahramon Kurash va Sherdon obrazlari “Alpomish”dagi Alpomish obrazining zamonaviy, ijtimoiy-siyosiy sharoitga moslashtirilgan timsoli sifatida talqin qilinadi. Har ikkala asardagi ushbu obrazda ham vatanparvarlik, o‘z xalqiga, o‘z nasliga, e’tiqodiga sadoqat, g‘urur va ezgulik uchun kurashish asosiy fazilat sifatida ilgari suriladi. Alpomish dostonida qahramon uzoq yillik yo‘ldan o‘tib, surgunga uchraydi, sevgilisi Barchin uchun, oilasi va yurtining obro‘si uchun kurashadi. U xalqining najotkori sifatida maydonga chiqadi. Xuddi shunday, “Ultontoz” romanida Kurash ham mustamlaka va zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi, jamiyatda adolat va
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается связь романа Олима Тошбоева «Ултонтоз» с узбекским фольклором.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается связь романа Олима Тошбоева «Ултонтоз» с узбекским фольклором. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- In English: folklore, Ultontoz, Alpomish, folk hero, epic thought, og‘zaki ijod., Kalit so‘zlar: folklor, epik tafakkur, xalq qahramoni, marosim, arxetip, ramz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025