Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OZIQ-OVQAT SANOATIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY · MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH · Turayeva Jasmina Sanjar qizi
Современное образование и развитие · 1 · 2025
Аннотация
Maqolada Oʻzbekistonda oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari bilan bog‘liq boʻlgan dolzarb muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda oziq-ovqat sanoati korxonalarida klasterli boshqaruv mexanizmini rivojlantirish, unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ushbu sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab quvvatlash muhim sanaladi. Kalit so‘zlar: klaster, oziq-ovqat sanoati, boshqaruv, boshqarish mexanizmi, boshqaruv obyekti, boshqaruv usullari. O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi o‘sib borgan sari, oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlikning ahamiyati yanada kuchayib bormoqda. Chunki bugungi kunda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarning aksariyati qismi hissadorlik jamiyatlariga aylangan, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa to‘liq xususiy hisoblanadi. Biroq, mamlakatimiz o‘zo‘zini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatiga erishmoqda, ammo respublikada ishlab chiqarilmaydigan ayrim turdagi mahsulotlar chetdan import qilinmoqda. Binobarin, har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo‘lishidan qat’iy nazar, jahon xo‘jalik aloqalariga jalb qilmasdan to‘laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Bizga ma’lumki iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar esa har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etmay qolmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, «...milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va Выпуск журнала №-18 Часть–5_ Январь –2025 168 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllan-tirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish; tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish darkor»[1]. Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirishda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi “Oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlari bozorlarida taklifni oshirish va mavsumiy taqchilliklarni bartaraf etish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va narxlar barqarorligini ta’minlash, 2026- yilga borib oziq-ovqat mahsulotlari hajmini 7,4 mln tonnaga, qayta ishlash darajasini sut bo‘yicha 32 foiz, go‘sht – 25 foiz, meva-sabzavot – 28 foizga yetkazish, oziq- ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish va ichki bozorda intervensiya qilish hajmlari ko‘rsatkichlari, hududiy hokimliklarning ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi vazifalarini aniq belgilash, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha choralarni nazarda tutish” alohida vazifalar belgilangan. Hozirgi kunda oziq-ovqat sanoati korxonalarida boshqaruvning klaster tizimi, raqamli texnologiyalar, bozor talablariga moslashuvchan innovatsion yondashuvlarga asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini yaratish, korxonalar Выпуск журнала №-18 Часть–5_ Январь –2025 169 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT faoliyatini boshqarishda klasterlarni shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar va ularga turli asosiy va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatuvchi tizimlar faoliyatini klasterli yondashuv asosida tashkil etish va boshqarishda davlat xususiy sherikchilik mexanizmi asosida klasterning moddiy oqim jarayonlarini samarali nazorat qilishning yagona tizimiga integratsiya qilish soha korxonalarining faoliyat rentabelligini yanada orttirishning samarali usullaridan sanaladi. Klaster faoliyatida ishtirok etuvchi bir necha hamkorlar, biznes muhiti elementlarini o‘z ichiga olgan klaster tarkibidagi biznesjarayonlarni boshqarish tashkiliy hamkorlik asosida hal etiladigan asosiy masalalardan biri
Доказательный фрагмент
«Maqolada Oʻzbekistonda oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari bilan bog‘liq boʻlgan dolzarb muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Oʻzbekistonda oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari bilan bog‘liq boʻlgan dolzarb muammolar aniqlangan va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- boshqaruv obyekti, klaster, boshqaruv usullari., boshqaruv, boshqarish mexanizmi, oziq-ovqat sanoati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026