Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“DUGOH XUSAYNIY – 4” ASARINING QISQA TASNIFI
Shukirillayeva Mehrinoz Sherzodbek qizi – (instituti, “Musiqa ta’limi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maqom san’atining tarixi, mazmuni va shakllanishi haqidagi tushunchalarni qamrab oladi. Maqom san’atining kelib chiqish tarixi, yo‘nalishlari va birinchi yo‘nalishi bayon etilgan. Kalit so‘zlar: maqom, maqom yo‘nalishi, ipak yo‘li madaniy almashinuvi, o‘n ikki maqom tizimi, badiiy an’analarning uyg‘unlashuvi, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘li Maqom (arab tilidan olingan bo'lib — joy makon oʻrin ma’nolarin anglatadi) — O‘zbek maqom san‘ati Sharq musiqiy madaniyatining noyob durdonalaridan biri bo‘lib, o‘zining boy tarixi, yuksak badiiy qiymati va xalqimiz madaniy merosida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu san‘at turi nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo xalqlari musiqiy an‘analari rivojida ham katta ahamiyat kasb etadi. TARIXIY RIVOJLANISHI. Maqom san‘ati o‘zining ildizlarini qadimiy davrlardan boshlab, xalq qo‘shiqlari va an‘anaviy musiqa turlariga borib taqaladi. XIII-XV asrlarda yashagan buyuk musiqashunoslar Al-Farobiy, Ibn Sino va Safiuddin Urmaviy maqomning nazariy asoslarini ishlab chiqqanlar. Ayniqsa, Alisher Navoiy davrida maqom san‘ati yuksak darajada rivojlangan. Navoiy maqom musiqasini nazariy jihatdan tadqiq qilib, uni ijodiy jihatdan rivojlantirishga hissa qo‘shgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida esa maqom san‘ati yangi bosqichga chiqdi. Xususan, Xorazm, Farg‘ona va Buxoro maqomlari shakllanib, o‘ziga xos Выпуск журнала №-18 Часть–4_ Январь –2025 198 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uslub va yo‘nalishlarga ega bo‘ldi. Bu davrda maqomchilar ijodiy jamoalari tashkil etilib, ular san‘atni keng ommaga tarqatishda muhim rol o‘ynadilar. O‘ZBEK MAQOMLARINING TUZILISHI. O‘zbek maqom san‘ati odatda ikki asosiy turga bo‘linadi: Shashmaqom - Buxoro va Samarkand mintaqalarida keng tarqalgan bo‘lib, olti asosiy bo‘limdan iborat. Har bir bo‘lim alohida usul va ohanglarga ega. Xorazm maqomi - Xorazm viloyatida shakllangan bo‘lib, u o‘ziga xos ohang va ijro texnikasi bilan ajralib turadi. Shashmaqom quyidagi qism va bo‘limlardan tashkil topgan: Rost, Dugoh, Segoh, Chorgoh, Bayot, va Navo. Har bir maqomning o‘ziga xos melodik shakllanishi va ritmik strukturalari mavjud. IJRO AN’ANALARI. Maqom ijrosi professional maqomchilar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu san‘at turini ijro etish katta mahorat va bilim talab qiladi. O‘zbek maqomlarida ijrochilar ikki guruhga bo‘linadi: Xonandalar - maqomni kuylaydigan ijrochilar. Cholg‘uchilar - tor, dutor, doira, nay kabi milliy cholg‘u asboblarida jo‘rlik qiladigan musiqachilar. Maqom ijrosi odatda teatr sahnalarida, madaniy tadbirlarda va milliy bayramlarda taqdim etiladi. Xonanda va cholg‘uchilarning muvofiq ishlashi va improvizatsion mahorati maq omning eng muhim xususiyatlaridan biridir. MAQOMNING NAZARIY ASOSLAR O‘zbek maqomlari musiqiy nazariyada “mug‘am” deb ataladigan tuzilma asosida shakllangan. Mug‘am musiqasi maxsus lad tizimiga asoslanib, ohang va ritm uyg‘unligini ta‘minlaydi. Maqomning tuzilishi va ijro uslublarini o‘rganishda buyuk musiqiy nazariyotchilar Abdurauf Fitrat, Boriy Rahimov va Yunus Rajabiylarning xizmatlari katta. Bugungi kunda, maqom san’atining hozirgi holati, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan maqom san‘atini rivojlantirish va saqlashga katta e‘tibor qaratilmoqda. 2018-yilda Shahrisabz shahrida birinchi xalqaro maqom festivali o‘tkazildi. Ushbu festival maqom san‘atini dunyo miqyosida targ‘ib qilish va yosh avlodni bu san‘atga qiziqtirishda muhim rol o‘ynadi. Respublika miqyosida maqom Выпуск журнала №-18 Часть–4_ Январь –2025 199 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT san‘atini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida maxsus ta‘lim muassasalari va maqom ansambllari tashkil etilgan. Shuningdek, UNESCO tomonidan O‘zbek maqomi insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Maqom yo‘nalishi Sharq musiqasining asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, dastlab torli cholg‘u asboblari pardalarida tovush balandligini belgilash uchun ishlatilgan. Keyinchalik u Sharq musiqa nazariyasida keng ma’noga ega bo‘lib, kuy-ohanglar tizimi, musiqa janri va ijro yo‘llarini anglatgan. Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy va Forobiydan tortib, turli davrlardagi Sharq musiqashunoslari, jumladan Safiuddin al- Urmaviy, maqomlarni tadqiq qilib, Oʻn ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Ushbu tizim va unda keltirilgan maqomlar o‘zbek, tojik, turkman, arab va boshqa xalqlarda turli nomlar va ijro uslublarida rivojlangan. Shuningdek, maqom san’ati O‘zbekistonning boy madaniy merosining bir qismi sifatida Temuriylar davridan buyon rivojlanib, Ipak yo‘lining madaniy almashinuvi orqali shakllangan. Sovet davrida ham bu san’at zamonaviy ijro uslublari bilan yangicha ifodaga ega bo‘lgan. Bugungi kunda esa O‘zbekistonda maqom san’atiga yangicha qiziqish bilan qaralmoqda, uni an’anaviy va zamonaviy uslublarda o‘rganish va ijro ularni qilish davom etmoqda. Farg‘ona-Toshkent yo‘lida ijro etiladigan “Dugoh Husayniy” yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilgan. Buxoro maqomlaridan farqli ravishda, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘lidagi bu asarlar kichik hajmda bo‘lib
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maqom san’atining tarixi, mazmuni va shakllanishi haqidagi tushunchalarni qamrab oladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maqom san’atining tarixi, mazmuni va shakllanishi haqidagi tushunchalarni qamrab oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy an’analarning uyg‘unlashuvi, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘li, maqom yo‘nalishi, o‘n ikki maqom tizimi, maqom, ipak yo‘li madaniy almashinuvi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024