К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MEHNAT TUSHUNCHASINI VA MEHNATGA MUHABBAT TUYG’USINI TO’G’RI SHAKILLANTIRISHNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Qo’chqorova Charos Furqat qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada o’quvchilarnig onida mehnatga muhabbat tuyg’usini shakillantirish hamda o’quvchilarda mehnatga bo’lgan salbiy fikrarini ijobiy fikrlarga almashtirish shu bilan bir qatorda o’quvchilarda mehnatning javobi har doim mukofot bilan tugashi haqidagi ijobiy fikrlarni shakillantirishni tashkil etish metodikasi haqida metod va usullar yoritiladi. Kalit so’zlar: kichik sinf o’quvchilari, mehnat, metod,usul, malaka, integratsiya, mukofot. O’zbek xalqining kelib chiqish tarixi va qadimdan band bo’lgan mashg’ulotlariga nazar tashlaydigan bo’lsak o’zbek xalqi bugun yoki kecha dunyo sahnasida namoyon bo’lgan milllat emasdir.Xalqimiz buyuk tarixi va matonati, sabrliligi eng muhimi mehnatsevarligi bilan bir qator yetakchi davlatlarga o’rnak bo’la olganligini bir qancha tarixga oid kitoblardan ko’rishimiz mumkin.Biroq vaqtlar o’tib borgani sari insoniyatning ongida va ma’naviyatida mehnatga nisbatan fikrlashi birmuncha o’zgarib borayotgani hamda insonlar mehnatdan o’zlarini olib qochayotgani barchamizga qorong’u emasdir. Buning yaxshi taraflari ham yo’q emas masalan: mehnat bozorida mehnatga talabning sustlashishiga zamonaviy texnikalarning va sun’iy intelektning glaballashuvi yoki bo’lmasam internet tarmog’ining ommalashganini sabab qilib ko’rsatadigan bo’lsak, bu sabablar orqali mehnatga talabning kamayishi arzirlidir, biroq mehnat qilmagan yosh avlodda shukur Выпуск журнала №-18 Часть–4_ Январь –2025 138 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT hissi, qanoat tuyg’usi va qadrsizlash odat tusiga kirib boradi. Buning natijasida esa bir muncha yo’qotishlar va har bir sohada tormozlanish (ya’ni qotib qolish) yuzaga keladi. Vaziyat shunday bo’lar ekan o’sib kelayotgan yosh avlodni to’g’ri tarbiyalash va ongida mehnatga nisbatan to’g’ri fikr uyg’otish biz pedagoglarning , ayniqsa biz boshlang’ich sinf o’qituvchilarining asosiy vazifamiz hisoblanadi deb o’ylayman. Buning yagona sababi shundan iboratki, maktabga ilk qadamini qo’ygan yetti yoshli bola eng birinchi navbatda o’qituvchining fikriga qo’shiladi va maqullaydi.Bundan ko’rinib turibdiki boshlang’ich sinf o’quvchilarining har bir fanida va har bir darsidagi mashg’ulotlar bo’ladimi masala yoki misollar bo’ladimi hamma-hammasini mehnat bilan integratsiyalash va mehnatning asl mohiyatini hamda tub ma’nosini tushuntirib borish zarur hisoblanadi.Biz hozir quyida boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’tiladigan bir qancha fanlarda va dam olish daqiqalarida mehnat tushunchasini ijobiy tushuntirish, tahlil qilish va mehnatga to’g’ri baho berishni ko’rib chiqamiz: Birinchi fanimiz bu asosiy mazmuni mehnatdan iborat bo’lgan “TEXNALOGIYA” fani .Fanning tub mohiyati ham mehnatdam iborat bo’lsada biz bu bilan qanoatlanmasligimiz shart. Texnalogiya darslarida o’quvchilarga bergan topshiriqlarimizni eng birinchi navbatda o’zimiz ham bajarishimiz bu o’quvchining psixalogiyasiga uda katta ta’sir o’tkazadigan omillardan biridir. Bu yo’l orqali o’quvchilar mehnatni doim bajarish kerakligini, mehnat qilishni yoshga ahamiyati yo’qligini hamda mehnat yillar o’tgani sari zerikarli bo’lmasligini ko’rsatib beramiz.Texnalogiya darslarida mavzuni boshlashdan oldin dunyodagi mashhur insonlarni ya’ni birin bir xalqarpo korxona raxbari, taniqli brend ostida faoliyat olib borayotgan biznesmenlar, kitoblari kitob do’konlarida eng talabchan bo’lgan yozuvchilar, she’rlari xalqning yuragidan joy egallagan shoirlar,vatanimizni himoya qilish maqsadida shaxid ketgan o’g’lonlar,tunu-kun xalq xizmatidan nafaqaga chiqgan nafaqaxo’rlarning hayot tarzidan parchalar ko’rsatish ham o’quvchilarning ongida qilingan mehnatning rag’batsiz qolmasligi haqidagi fikrni uyg’onishiga sabab bo’ladi. Mehnat tushunchasini “MATEMATIKA” fani bilan integratsiya qiladigan bo’lsak matematika fanida bajariladigan misol va masalalar ishlash davomida ham Выпуск журнала №-18 Часть–4_ Январь –2025 139 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT mehnatga urg’u berish orqali o’quvchilar ongiga ijobiy ta’sir o’tkazsa bo’ladi. Masalan: masalalar ishlaganimizda masala yechimini chiqarishning bir nechta usullari bo’ladi. Biz o’quvchilar bilan har bir usulni alohida masalaning yechimini topishlari va har birining javobini tekshirish usulida tekshirib ko’rishlari zarur. Bu metod orqali o’quvchilar mehnat qilishadi va qilgan amaliyoti sababli har bir bajargan ishiga ishonchi komil va hotirjam bo’lishadi.Masalalarninh har bir yechimini alohida ko’rish sababli mehnatdan zerikmaslik hamda mehnatga nisbatan to’g’ri fikrlash malakasi shakillanadi. Mehnat tushunchasini “ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI” fanlari bilan integratsiyalaydigan bo’lsak ona tili va o’qish savodxonligi darslarida biz eng ko’p yozma shakldagi mashg’ulotlar va vazifalarni bajarish bilan shug’ullanamiz . Bunday holatlarda o’quvchilarga mehnat tushunchasini tushuntirish va anglatish uchun hamda fanni mehnat ta’limi bilan integratsiyalash uchun yozma shakldagi diktantlar, matnlar, ijodiy bayonlar, topishmoqlar va maqollardan foydalanishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Na’muna sifatida ko’rsat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o’quvchilarnig onida mehnatga muhabbat tuyg’usini shakillantirish hamda o’quvchilarda mehnatga bo’lgan salbiy fikrarini ijobiy fikrlarga almashtirish shu bilan bir qatorda o’quvchilarda mehnatning javob…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o’quvchilarnig onida mehnatga muhabbat tuyg’usini shakillantirish hamda o’quvchilarda mehnatga bo’lgan salbiy fikrarini ijobiy fikrlarga almashtirish shu bilan bir qatorda o’quvchilarda mehnatning javob… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kichik sinf o’quvchilari, mukofot., malaka, metod, usul, mehnat, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники