Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QARINDOSHLIK TERMINLARINING LEKSIK- SEMANTIK XUSUSIYATLARI
LEKSIK- SEMANTIK XUSUSIYATLARI · Abdusattorov Mavlon Sherali o‘g‘li
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
This article discusses the analysis of the lexical-semantic properties of kinship terms in English and Uzbek from a linguistic perspective. Keywords: Grandfather, uncle, aunt, parents, wife, kinship, closeness, children, lineage, tradition, culture. Har bir tilning leksik qatlami uning fonetik va morfologik qurilishiga nisbatan o’zgaruvchan bo’lib, asrlar osha har bir davrga xos o’zgarishlarni o’zida aks ettira boradi. Lekin qarindoshlik terminlari leksikaning boshqa terminlariga nisbatan turg’un va konservativ bo’lib, ma`nodagi siljishlar/ torayish, kengayish/ni hisobga olmaganda yaratilgan davrdagi shakllarini deyarli saqlab qolgan. Tilshunos olimlarning tadqiqot natijalariga ko’ra, ibtidoiy jamiyatning dastlabki bosqichlarida qarindoshlik terminlari umumiy tushuncha ( katta, ulug’, buyuk ayol yoki erkakligini farqlamay) ma’nosini ifodalab, so’ng hayot taraqqiyotining ma’lum davrlaridan so’ng ular differensiyalasha borgan. Qarindoshlik terminlarining umumiylikdan xususiylikka qarab bo’lgan harakati ingliz va o‘zbek tillari materiallarida ham o’z ifodasini topgan. Qarindoshlik terminlarini bu ikki tilda qiyoslab o‘rganib chiqamiz. OTA/ FATHER. Ota termini o’zbek adabiy tili va uning shevalarida bo’lganidek, boshqa tillarda ham keng qo’llanuvchi ota terminidan anglatgan ma’nosi farq qilmagan holda, fonetik farqi bilan ajralib turadi. Etimologiyaga bag’ishlangan ilmiy adabiyotlarda ata, dada qarindoshlik terminlari haqida turli xil fikr-mulohazalar bayon qilingan. Jumladan, ata, ada, dada variantlari bilan to//ta so’zi asosida yaratilgan. Tarixan to// ta so’zi qarindoshlik munosabatini ifodalamay, katta, ulug’, buyuk ma’nolarini anglatgan va yillar osha qarindoshlik termini maqomini kasb etgan. Ingliz tilida Father termini qadimgi german tillaridagi fadar,vater (nemischa) va hatto sanskrit tilidagi pitar so‘zlariga borib taqaladi. Ingliz tilida father https://scientific-jl.com/wsrj 3 0 8 Volume-39_Issue-1_May-2025 World scientific research journal terminining turli shakllarini father, dad, daddy,papa, old man ko‘rishimiz mumkin. Father termini bolaning erkak biologik otasi, diniy etakchi, millat yoki biror harakat asoschisi kabi ma’nolarni anglatadi. ONA/ MOTHER. O’zbek qarindoshlik sistemasida va uning shevalarida ona termini ana /opa / va ena /anna/ ma’nosida keng qo’llaniladi. Ana termini fonetik qurilishi va anglatgan ma’nosiga ko’ra qadimgi yozma yodgorliklarda qayd qilingan ana terminiga mos keladi. Lekin, o’zbek tili va uning sheva xususiyatlariga ko’ra, uning turli xil variantlari yuzaga kelgan, shevalarda uning ona, ana, enke, ene, buva, ebe, aye shakllari ishlatiladi. Ingliz tilida mother qadimgi inglizcha modor so‘zidan kelib chiqqan. Ingliz tilida mother, mom,mum,mommy,mummy shakllari keng qo‘llanadi. BOBO/ GRANDFAHTER. Adabiy tilda ota va onalarning otalarini ifodalovchi bobo buva tushunchasi o‘zbek shevalarida oppoqdeda, oppo: dada , opo: da, oppodda kabi termin variantlari bilan ifodalanadi. O‘zbek tilida saqlangan variantlari ikki mustaqil qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi aba+dada terminlarini birikuvidan iborat bo`lib, rang tus ifodalovchi oq leksemasi sifatida emas, balki, yillar osha ular so`z formalarining torayishi qonuniga muvofiq aba- dada- apa dada- oppoda- oppo:da shakliga kelib qolgan. Ta`kidlaganimizdek, qarindoshlik terminlarini jinsiy farqlash xususiyatlarini kasb eta bo`lmagandan keyin bobo bilan momoni farqlash kerak bo`lganda, oppoq dada termini orqali bobolarni, oppog` acha orqali momo ma`nosini anglata boshlagan. Shunday qilib opa/ aba/ acha , dada terminlarining birikuvidan bir qator terminlari yasala boshlangan. Hozigi ingliz tilida bobo tushunchasi grandfahter, granddad, grandpapa kabi so‘zlar bilan ifodalanadi. Grandfahter xuddi o‘zbek tilidagidek ingliz tilida ham ota yoki onaning otasi, ya’ni bobosi degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida grandfather so‘zi ikki qismdan iborat: Grand (eski fransuzcha grant- “katta, muhim”), Fahter (eski inglizcha fader- “ota”) bu so‘z taxminan XV asrda ingliz tiliga kirib kelgan va asl ma’nosi “katta ota”, ya’ni “ otamning yoki onamning otasi” sifatida shakllangan. TOG`A/UNCLE. O`zbek adabiy tilida tog`a qarindoshlik termini, boshqa tillarda bo`lganidek, anglatgan ma`nosiga ko`ra turg`un hisoblanib, onaning akasi – ukalarini ifodalash uchun ishlatiladi. Tog‘a terminining etimologiyasi haqida ham olimlar turli xil fikr mulohazalarni bayon qilishgan. L.A. Pokorovskayani fikricha, turkiy tillardagi tog`a terminini fonetik variantlari bosqichma- bosqich shakllangan bo`lib, uning tadrijiy takomili: ta`ga – tag`ay// daay- day- dayin- dayi yo`nalishi bo`ylab yuzaga kelgan. Bularning variantlari tog`a bo`lishi mumkin. Lekin yillar osha jamiyatdagi formatsiyalarning o`zgarishi, qarindoshlik davrasining kengayib borishi ota va ona tomonidagi qarindoshlarini bir-biridan farqlash, jinsiy ajratib https://scientific-jl.com/wsrj 3 0 9 Volume-39_Issue-1_May-2025 World scientific research journal atash zarurati sezila borishi bilan har bir avlodn
Доказательный фрагмент
«This article discusses the analysis of the lexical-semantic properties of kinship terms in English and Uzbek from a linguistic perspective.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the analysis of the lexical-semantic properties of kinship terms in English and Uzbek from a linguistic perspective. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Grandfather, uncle, aunt, parents, wife, kinship, closeness, children, tog‘a, madaniyat., amma, ota-ona, farzandlar, yaqinlik, urf- odat, xotin, urug‘chilik, qarindoshlik, Kalit so‘zlar: Bobo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026