К содержанию
РецензированоUZ2025

HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILIDA PORTLOVCHI VA QORISHIQ UNDOSHLARNING FONOLOGIK TAVSIFI

UNDOSHLARNING FONOLOGIK TAVSIFI · Irodaxon Agzamova · Oʻqituvchi: Shahnoza Muxtarova

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi portlovchi va qorishiq undosh tovushlarning fonologik xususiyatlari, ularning tasnifi, talaffuzi va fonematik ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Har ikki turkum undoshlarga xos fonetik va fonologik jihatlar tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar. Portlovchi undoshlar, qorishiq undoshlar, fonologiya, oʻzbek tili, artikulyatsiya. Kirish. Fonologiya (fono... va ...logiya) — tilshunoslikning til tovush qurilishining strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) qonuniyatlarini, tilning eng mayda, maʼno bildirmaydigan birliklari — boʻgʻinlar, fonemalarning tuzilishi va amalda qoʻllanishini oʻrganuvchi boʻlimi. Undosh tovushlarning fonologik xususiyatlariga yuzlab ishdan avval undosh tovushlarga toʻxtalsak. Undosh tovushlar — ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan birbiridan farqli Undosh tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos undoshlar tizimiga ega. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm (lotincha: consonans — undosh tovush) deyiladi. Undosh tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Masalan, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Undosh tovushlar soni 24 ta boʻlsa, boshqa tillarda bundan kam (mas, turk tilida 17 ta) yoki ortiq boʻlishi mumkin. Bu miqdor rus tilida 34 tani, fin tilida 14 tani tashkil etadi. Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 70 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Undosh tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi: 1) ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra; 2) hosil boʻlish oʻrniga (nutq aʼzolarining ishtirokiga koʻra;3) hosil boʻlish usuliga koʻra; 4) palatalizatsiyaga (tilning qattiq tanglay tomon koʻtarilishiga) koʻra. Ushbu tasniflarni hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi 24 ta [b, v, g, d, j (jyuri), j (joʻja), y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, s, ch, sh, q, gʻ, h] Undosh tovushlar misolida koʻrib chiqish mumkin. Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra, Undosh tovushlar 2 asosiy turga boʻlinadi: sonorlar va shovqinlilar. Sonorlar (m, n, ng, l, r) tarkibida shovqinga nisbatan ovoz ustunlik qiladi. Sh o v qinlilar esa faqat shovqindan yoki shovqinga ovoz qoʻshilishidan qosil boʻladigan Undosh tovushlardir. Ovozning qatnashishi yoki qatnashmasligiga koʻra, shovqinli undoshlar ham 2 ga: jarangli undoshlar va jarangeiz undoshlarga boʻlinadi. Jarangli undoshlar (mas, b, v, g, d, z, y) shovqinga ovoz qoʻshilgan undoshlardir. Jarangsiz undoshlar esa (p, f, k, t, s, sh) faqat shovqinning oʻzidan iborat boʻladi. Hosil boʻlish usuliga koʻra, Undosh tovushlar 4 ga boʻlinadi; portlovchilar — nutq aʼzolarining jipslashuvi va havo oqimi bosimining shu aʼzolarni yorib oʻtishi natijasida hosil boʻladigan p, b, t, d, k, g kabi undoshlar; sirgʻaluvchilar — nutq aʼzolari birbiriga yaqinlashib, havo oqimi shu tor oraliqdan sirgʻalib chiqishi natijasida hosil boʻladigan v, f, z, s, j, sh, x, gʻ kabi undoshlar; titroq tovush — til uchining yuqori milkka tegibtegmay titrashidan hosil boʻlgan r undoshi; affrikata — portlovchi tovush bilan sirgʻaluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishidan hosil boʻlgan ch(t+sh), j(d+j), s(t+s) tovushlaridir. Undosh tovushlarning tasnifi va talaffuzi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar ularning tilshunoslikdq qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Undosh tovushlarning aniq va to‘g‘ri talaffuzi, til o‘rganish jarayonining samaradorligini oshiradi. Buning uchun til o‘rgatishda maxsus metodologiyalar va usullarni qo‘llash zarur. Portlovchi undoshlar (shuningdek ploziv undoshlar yoki eksploziv undoshlar ) – okklyuziv undoshlar, ularning artikulyatsiyasi paytida yumshoq tanglay pardasi ko’tariladi va havo og’iz bo’shlig’iga o’tadi (burun undoshlaridan farqli o’laroq) va Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 71 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT to’siqning ochilishi keskin sodir bo’ladi va portlashga o’xshaydi ( affrikatlardan farqli o’laroq). Portlovchi undoshlar dunyo tillarida eng keng tarqalgan tovushlar. Barcha tillarda portlovchi tovushlar mavjud va kamida [p], [t], [k] tovushlari mavjud bo’ladi. Asosiy portlovchi tovushlar P / b – lablab (bilabial) T / d – til oldi (koronal) C / ɟ - til o’rta (palatal) K / g – til orqa (velar) Q / ɢ - chuqur til orqa (uvular) ʡ - faringal portlovchi ʔ - to’xtash tovushi (glottal portlovchi) Sirg‘aluvchi tovushlar talaffuz qilinganda nutq a’zolari havo oqimi, yo‘lini to‘sadi-yu, lekin orada qolgan kichik tirqishdan havo sirg‘alib chiqadi, natijada sirg‘aluvchi tovushlar hosil bo‘ladi. Qorishiq undoshining ya’ni ch undoshining qorishi deb atalishiga sabab shuki, u tarixan ikki tovushning ( t va sh) birikivudan iborat bo‘lib, biri portlovchi va biri sirg‘aluvchi tovushni o‘z ichiga oladi. Demak, u nutq a’zolarining bir yerda paydo bo‘lgan, ajratilmay aytiladigan tovushni bildiradi. Xulosa. Portlovchi va qorishiq undoshlar oʻzbek adabiy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi portlovchi va qorishiq undosh tovushlarning fonologik xususiyatlari, ularning tasnifi, talaffuzi va fonematik ahamiyati haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi portlovchi va qorishiq undosh tovushlarning fonologik xususiyatlari, ularning tasnifi, talaffuzi va fonematik ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oʻzbek tili, Portlovchi undoshlar, qorishiq undoshlar, fonologiya, artikulyatsiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники