Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONA TILI DARSLARIDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI
Sevinch Toshpulatova
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article discusses the importance of using an integrative approach in mother tongue lessons, highlighting its impact on students’ personal and social development. It explores how interdisciplinary connections enhance the effectiveness of language acquisition. The article also analyzes methodological strategies, project-based learning, the role of national values, and alignment with international educational standards. Keywords: mother tongue, integrative approach, interdisciplinary, language teaching, educational quality, competence, methodology, national values. Аннотация: В данной статье рассматривается значение использования интегративного подхода на уроках родного языка, его влияние на личностное и социальное развитие учащихся. Анализируются возможности повышения эффективности обучения через межпредметные связи. Также рассмотрены методические приёмы, проектная деятельность, интеграция с национальными ценностями и международными стандартами образования. Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 47 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ключевые слова: родной язык, интегративный подход, межпредметные связи, обучение языку, качество образования, компетенции, методика, национальные ценности. Zamonaviy taʼlim tizimi shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda pedagogik yondashuvlar ham yangilanib, takomillashib bormoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash, bilimlarni hayotiy holatlar bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, ona tili darslarida integrativ yondashuvdan foydalanish zamon talabi darajasidagi eng dolzarb masalalardan biridir. Integrativ yondashuv mohiyati. Integrativ yondashuv — bu ta’lim jarayonida turli fanlararo bog‘liqlik asosida o‘quv materialini yagona maqsad doirasida birlashtirib, tizimli yondashuvni shakllantirish usuli. Bu metod o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, dunyoqarashi, tanqidiy yondashuvi va ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, ona tili darsida so‘z yasalishi mavzusini o‘rganayotganda, o‘quvchilar tarixiy shaxslar haqida matn tuzishlari yoki biologik atamalarning tuzilishini tahlil qilish orqali nafaqat tilshunoslik bilimlarini, balki boshqa fanlar bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarni ham chuqurlashtiradilar. Ona tili fanida integrativ yondashuvdan foydalanish imkoniyatlari. Ona tili darslari o‘z mohiyati jihatidan juda keng ko‘lamli bo‘lib, u orqali o‘quvchilarning nutqiy madaniyati, tafakkuri, ijtimoiy ong darajasi shakllanadi. Shu bois ushbu fanga integrativ yondashuvni kiritish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1. Fanlararo bog‘liqlik asosida ta’lim Ona tili fani, ayniqsa, adabiyot, tarix, geografiya, biologiya, musiqa va texnologiya fanlari bilan bevosita uzviy bog‘liq. Misol uchun, matn tahlili vaqtida tarixiy voqealar bilan bog‘liq mazmunlar keltirilib, o‘quvchilarda tarixiy ong ham shakllanadi. Bu orqali o‘quvchining tafakkuri ko‘p qirrali asosda rivojlanadi. 2. Hayotiylik tamoyili asosida darslarni tashkil etish Darslarda hayotiy misollar, real voqealarga oid matnlar yoki interfaol topshiriqlardan foydalanish o‘quvchining o‘z fikrini mustaqil ifodalashi, o‘rgangan Выпуск журнала №-26 Часть–7_ Май –2025 48 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bilimini amaliyotda qo‘llay olishiga imkon yaratadi. Masalan, “Rasmiy va norasmiy uslub” mavzusi doirasida o‘quvchilarga ariza yoki ishchi xat yozish topshirig‘i berilishi ularni kundalik hayotga tayyorlaydi. 3. Texnologiyalardan integratsiyalashgan foydalanish Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (multimedia vositalari, internet manbalari, interaktiv doskalar va h.k.) foydalanish orqali o‘quvchilar nafaqat tilni, balki AKT kompetensiyasini ham rivojlantiradilar. Masalan, o‘quvchilarga grammatik mavzular asosida animatsion roliklar ko‘rsatish, ular asosida muhokama uyushtirish dars samaradorligini oshiradi. Integrativ yondashuvning o‘quvchilar rivojiga ta’siri. Integrativ yondashuv o‘quvchilar shaxsiyati va tafakkuriga quyidagicha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: 1. Muloqot kompetensiyasini rivojlantiradi: O‘quvchilar fikrini aniq, lo‘nda va asosli ifodalashni o‘rganadilar. 2. Ijodkorlik va tanqidiy fikrlash salohiyatini oshiradi: Fanlararo integratsiya yangi g‘oyalar yaratishga undaydi. 3. Ijtimoiy ong va fuqarolik tarbiyasini kuchaytiradi: Turli mavzularda bahs va tahlillar yuritish orqali o‘quvchilar voqelikka ongli munosabat bildirishni o‘rganadilar. 4. Mustaqil izlanishga undaydi: Har xil manbalar bilan ishlash, matnlarni tahlil qilish, mustaqil fikr bildirish kabi faoliyatlar o‘quvchini ilmiy-tadqiqotga yo‘naltiradi. Integrativ yondashuvda milliy qadriyatlar va madaniyatning o‘rni. Ona tili darslarida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, ajdodlar merosi va tilimizdagi madaniy qatlamlarni o‘rgatish – integrativ yondashuvning eng muhim jihatlaridan biridir. Darslarda maqollar, aforizmlar, xalq ertaklari, tarixiy shaxslar haqida matnlar orqali nafaqat til o‘rgatiladi, balki o‘quvchilar qalbida vatanpar
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance of using an integrative approach in mother tongue lessons, highlighting its impact on students’ personal and social development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance of using an integrative approach in mother tongue lessons, highlighting its impact on students’ personal and social development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mother tongue, integrative approach, interdisciplinary, language, integrativ yondashuv, metodika, til o‘rgatish, fanlararo bog‘liqlik, ta’lim sifati, kompetensiya, ona tili, milliy qadriyatlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025