К содержанию
РецензированоUZ2024

EXENATSEYA (ECHINACEA) GULINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI.

Boynazarova Sayyora Ro`zikulovna · Umbarova Muxlisa Muxiddin qizi · Namangan viloyatlarida, shuningdek

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

ushbu maqolada Exenatseya (Echinacea) gulining dorishunoslikda, parfimeriya va boshqa sohalarda dorivorlik xususiyati haqida to`liq ma`lumot berilgan. Exenatseya (Echinacea) gulining qaysi oilaga mansubligi, qaysi sharoitda yaxshi yetilishi ko`rsatib o`tilgan. Kalit so`zi: Exenatseya, dorivor, periparat, zararsiz, jahon,. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor o„simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda kasallilarni davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ- 251-son qarorining 2-ilovasida ―Bir tuman — bir mahsulot‖ tamoyili asosida dorivor o‗simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar‖ ro„yhatida bir qator dorivor va ozuqabob o„simliklar va xususan Exinatseya o„simligining plantatsiyalarini Toshkent, Farg„ona, Andijon, Namangan viloyatlarida, shuningdek Respublikamizning barcha tumanlarda tashkil etish chora tadbirlariga alohida e’tibor berilgan. Barchamizga ma‟lumki tabiiy dorivor o;simliklar xom–ashyosidan tayyorlanadigan preparatlari inson organizmiga zararsizligi, tarkibida mavjud vitaminlar, alkoloidlar, kumarinlar, glikozitlar, minerallar va boshqa moddalari bilan 260 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 odam organizmiga ijobiy ta‟sir etib uning umumiy holatini yaxshilaydi hamda immunitetini kuchaytiradi. Exenatseya (Echinacea) — bu Asteraceae (aylanagul) oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, asosan Shimoliy Amerikada o‘sadi. U odatda binafsha echinatsiya (Echinacea purpurea) nomi bilan mashhur. Asosiy xususiyatlari: Tashqi ko‘rinishi - Barglari uzunchoq, tishli bo‘lib, gullari ko‘pincha binafsha, pushti yoki oq rangda bo‘ladi. Gul markazi konussimon bo‘lib, to‘q sariq yoki jigarrang rangda bo‘ladi. Bo‘yi: O‘simlik odatda 60–150 sm gacha o‘sadi. Gullash vaqti: Yoz oylarida gullaydi (iyun–avgust). Dorivor xususiyatlari: Exenatseya qadimdan tabobatda ishlatiladi: Immunitetni mustahkamlash: Sovuq va grippga qarshi vosita sifatida qo‘llanadi. Yallig‘lanishga qarshi: Teridagi yallig‘lanishlar va jarohatlarni davolashda ishlatiladi. Antibakterial va antivirus xususiyatlarga ega. Ishlatilish shakllari: Quruq o‘simlik shaklida (choy yoki damlama tayyorlash uchun) Ekstraktlar (sirop, tomchi) Kapsula yoki planshetlar E'tiborli jihatlar: Allergiyasi bor odamlar ehtiyotkorlik bilan ishlatishi lozim. Homilador ayollar va bolalar uchun foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Exinatseya (Echinacea purpurea L. Moench) Qoqio„tdoshlar (Astraceae) oilasi vakili hisoblanadi. Asosiy vatani Shimoliy Amerikaning janubiy va sharqiy qismi bo„lgan bu o„simlikning asosan 9 ta turi uchraydi. Turning nomi yunoncha “kirpi” so„zidan olingan. Turning nomini Dastlab Karl Liinney tavsiflab ularni Rudbeckia deb nomlagan. Keyinchalik ularni nemis botanigi Kornard Moench turni aniq tavsiflab berishga erishgan. Ulardan ko„pchiligi yovvoyi va madaniy holatda dekorativ va dorivorlik xususiyatlari uchun foydalaniladi. Morfologik jihatdan bo„yi o„rtacha 1-1.5 metrga yetadigan ko„p yillik, tik o„suvchi o„simlik. Gullari yirik yakka holatda 261 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 joylashgan, ikki jinsli bo„ladi. Barglari yirik o„tkirsimon, poyada ketma-ket joylashgan. Ildizlari qisqa ammo kuchli rivojlangan. Turkum haqida dastlabki ma‟lumotlarni nemis olimi Konrada Menxema 1794 yildagi tadqiqotlari va K.S. Rafinesku-Shmalsaning 1819 yildagi Lepachis Rafin asarlarida uchratish mumkin. [2] Exinatseya tabiatda va ayniqsa asl vatani bo„lgan Shimoliy Amerikada keng tarqalgan va uni dastlabki madaniy holda yetishtirish ishlari 1692-yildan boshlagan. Rossiya Federatsiya xududlariga ushbu o„simlik faqatgina XIX asrning boshlarida manzarali o„simlik sifatida introduksiya qilingan. Exinatseya o„simligining introduksiyasi ustida olib borilgan ishlar dastlab 1946 yilda Ukrainaning (VILAR stansiyasi) da boshlangan. Tajriba uchun dstlabki materiallar yani o„simlik urug„i 1945-yilda Germaniyadan olib kelingan. Dorivor o„simliklarga bo„lgan talab doimo mavjud va bu talabni qondirish albatta mavjud tabiiy dorivor o‟simliklarni o‟rganish, tabiiy zahiralarini aniqlash, madaniy holatda yetishtirish va chet el florasiga oid o‟simliklarni introduksiya qilish bilan qondirish imkoniyatiga ega bo‟linadi. Bunday introdusent o‟simliklardan biri hisoblangan dorivor Exinatsiyaning asl vatani Shimoliy amerika xisoblanib, hozirgi kunda butun Yevropa, Rossiyava MDH davlatlarining ko‟pchiligida hamda yurtimizda madaniy holda yetishtirish ishlari olib borilgan va davom etmoqda. Ushbu o‟simlikkka bo‟lgan yuqori talabning asosiy sabablaridan biri bu o‟simlikning immunitetni kuchaytirish xususiyatining mavjudligidadir. Bundan tashqari ushbu o‟simli

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada Exenatseya (Echinacea) gulining dorishunoslikda, parfimeriya va boshqa sohalarda dorivorlik xususiyati haqida to`liq ma`lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada Exenatseya (Echinacea) gulining dorishunoslikda, parfimeriya va boshqa sohalarda dorivorlik xususiyati haqida to`liq ma`lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dorivor, zararsiz, Exenatseya, periparat, jahon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники