К содержанию
РецензированоUZ2024

“KOʻHITANG BOTANIK GEOGRAFIK RAYON FLORASI TARKIBIDAGI CARYOPHYLLACEAE OILASINING AREAL TIPLARI BOʻYICHA TAHLILI”

Ibragimov Akram Javliyevich. · Murodullayev Nurali Zokir o’g’li. · talabasi. Termiz

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

This article analyzes the types of plant ranges belonging to the Caryophyllaceae family in the flora of the Kohitan botanical-geographic region. During the study, the territorial distribution of species and genera belonging to this family, their geographical ranges and phytogeographic characteristics were studied. Based on the results of the 203 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 analysis, it was determined that representatives of the Caryophyllaceae family mainly belong to the Eyrano-Turonian, Central Asian and West Asian elements. The level of endemism, ecological and biodiversity indicators were also considered. This work contributes to a deeper understanding of the formation of phytogeographic zones and the evolution of plant ranges in the Kohitan floristic region. Kalit so’zlar. Ko‘hitang, flora, Caryophyllaceae, oila, tur, areal, tog’, polimorf, takson, poya, barg. Ключевые слова. Растение, флора, Caryophyllaceae, семейство, вид, область, гора, полиморф, таксон, стебель, лист. Key words. Plant, flora, Caryophyllaceae, family, species, range, mountain, polymorph, taxon, stem, leaf. Oʻrta Osiyoning togʻli hududlari floralaridagi turlarning areal tiplari boʻyicha taqsimlanishini R.V. Kamelin [38] taklif etgan tasnif asosida amalga oshirish qabul qilingan. Ayni paytda turli tadqiqotchilar oʻrganilayotgan floraning joylashgan oʻrni, ishning maqsad va vazifalari, turlarning tarkibiga koʻra ayrim oʻzgartirishlar kiritishadi. Xususan, L.S. Krasovskaya va I.G. Levichevlar [45] areal tiplari kategoriyalarining berilishida ierarxiya prinsipiga amal qilish lozimligini koʻrsatishadi, yaʼni dastlabki tip hajmi jihatdan keyin keladigan tip tirkibiga kirish kerakligini keltirishadi. R.V. Kamelinning [38] fikriga koʻra esa areal tiplarining ajratilishida tur arealining umumiy konfiguratsiyasidan kelib chiqish maʼqulroq va mavjud tasniflarni turlarning ekologik xarakteristikasi, bir-biriga boʻysunish tizimini qabul qilish orqali murakkablashtirmaslik lozim. Shuning uchun, Surxon qoʻriqxonasi florasining geografik strukturasi Oʻrta Osiyoning togʻli hududlari uchun qulay boʻlgan va umum eʼtirof etilgan tavsif boʻyicha amalga oshirildi. Biz qoʻriqxonada uchrovchi turlarning tabiiy tarqalish chegarasini oʻrganish asosida 21 ta areal tiplariga ajratdik. 1. Koʻhitang tipi – bu tipga faqat Koʻhitang togʻ tizmasining sharqiy yonbagʻrida joylashgan Surxon davlat qoʻriqxonasining florasi tarkibidagi 1 ta tur endem oʻsimliklar kiradi: Silene nataliae F. O. Khass. et I.I. Malzev, boshqalar. 2. Janubiy pomiroloy tipi – janubiy Tojikiston va Oʻzbekiston togʻ tizmalarini (Koʻhitang tizmasidan Hazrati-Imomaskarid togʻigacha) qamrab oladi. Bu tip doirasida 1 ta tur mavjud: Dianthus baldshuanicus Lincz., boshqalar. 3. Janubi-gʻarbiy pomiroloy – Turkiston, Zarafshon, gʻarbiy va Janubi-Gʻarbiy Hisor tizmasidan Darvozgacha boʻlgan togʻ tizmalarini qamrab oladi hamda tarkibiga 204 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 2 tur kiritiladi: Silene plurifolia Schischk., Kughitangia popovii (Preobr.) Ovcz.TASH va boshqalar. 4. Pomiroloy tipi – butun Pomir-Oloyni (Turkiston, Oloyning sharqiy qismisiz, Zarafshon, Hisor, Qorategin, Petr I, Darvoz, Fanlar akademiyasi tizmatogʻlari) va Gʻarbiy Pomirni (Badaxshon) qamrab oladi. Bu tip 3 turni oʻz ichiga oladi. Buffonia oliveriana Ser. TASH, Dianthus tetralepis Nevski herb. Silene guntensis B. Fedtsch. va boshqalar. 5. K Gʻarbiytiyonshon-pomiroloy tipi – arealning bu tipi Gʻarbiy Tiyonshon (Chu-Iliy togʻi, Qoratogʻ, Qirgʻiziston tizmasining gʻarbiy qismidan Qurama va Fargʻona tizmasigacha) va Pomir-Oloyni qamrab oladi. Bu tipda 5 tur mavjud: Dianthus seravschanicus Schischk., Silene saravschanica Regel et Schmalh., Silene turkestanica Regel (=Melandrium turkestanicum) TASH., Silene nevskii Schischk., Silene kuschakewiczi Regel et Schmalh.herb., va boshqalar kiradi. 6. Togʻli oʻrtaosiyo tipi – bu tip Oʻrta Osiyo provinsiyasi chegarasida boʻlib, Gʻarbiy Tiyonshon va Pomir-Oloyni (Sharqiy Pomirdan tashqari) qamrab oladi. Arealning bu tipi 1 turni oʻz ichiga oladi: Silene tachtensis Franch. herb., va boshqalar. 7. Kopetdogʻ-togʻli oʻrtaosiyo tipi – Togʻli oʻrtaosiyo va togʻli Turkmaniston chegarasida boʻlib, Shimoliy Afgʻoniston va Sharqiy Eron hamda baʼzan Balxash boʻyigacha chiqadi. Areal tipi doirasiga 1 tur kiradi: Agrostemma githago L., Minuartia regeliana (Trautv.) Mattf. va boshqalar. 8. Tarbagʻatoy-togʻlioʻrtaosiyo tipi – Togʻlioʻrtaosiyo, Jungʻor Olatovi, Tarbagʻatoy, Qulja va Sinszyan chegarasini qamrab oladi. Tarkibida 1 tur mavjud: Tytthostemma alsinoides (Boiss. et Buhse) Nevski., va boshqalar. 9. Xoroson-togʻli oʻrtaosiyo tipi – bu areal tipi Xoroson-Kopetdogʻdan boshlab Oʻrta Osiyo togʻ tizmalarigacha bo

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the types of plant ranges belonging to the Caryophyllaceae family in the flora of the Kohitan botanical-geographic region.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the types of plant ranges belonging to the Caryophyllaceae family in the flora of the Kohitan botanical-geographic region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Plant, flora, Caryophyllaceae, family, species, range, mountain, tur, r. Ko‘hitang, oila, takson, barg, areal, tog’, poya, polimorf
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники