Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI O’RGATISH METODIKASI
Allayeva Hafiza · Xurramova Aziza (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta'lim)
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, samarali metodikalarni va oʻyin texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini hamda savodini oshirishda tinish belgilari mavzusini o’rni va ahamiyati ochib beriladi. Shu o’rinda, 1-4-sinflarda tinish belgilariga oid mavzular va mashqlarning tahlili bayon etiladi. Kalit so’zlar: Boshlang’ich ta’lim, ta’lim tizimi, punktuatsiya, metodika, tinish belgilari, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, oʻyin texnologiyalari, interaktiv usullar, yondashuv, nuqta, soʻroq, undov, vergul. Bir soatgina ilm oʻrganish bir kechalik ibodatdan afzaldir. (Hadis) Bilamizki, har qaysi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimiga alohida e’tibor bergan va uni mukammal tarzda ishlab chiqqan. Taʼlim tizimi rivoj topsagina shu mamlakat ham ravnaq topadi. Zeroki, yosh avlod – yurt kelajagi. Shu jumladan, bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish, yurt ravnaq topishi hamda taraqqiy etgan mamlakatlar oʻrtasida bemalol raqobatlasha oladigan yoshlarni tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh avlodning ta’lim sifatini oshirish va ularning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qaror va farmonlari, jumladan, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni (2020) hamda davlat dasturlarida oʻquvchilarda adabiy til me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasiga hamda bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Shu oʻrinda, “Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol toptirishga, ta’lim oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, 154 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 saviyani shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak”1¹ kabi qarorlar belgilab qoʻyilgan. Endilikda, DTS asosida emas, MOʻD asosida darslar tashkillashtirilmoqda. Darsliklar qaytadan ishlab chiqildi. Ayniqsa, bugungi kunda yoshlarni nav-niholligidan poydevori mustahkam yoshlarni tarbiyalash uchun ham boshlangʻich taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlarni keltirib o‘tsak mubolagʻa boʻlmaydi. Jumladan, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirish, savodxonlik darajasini oshirish, fikrini grammatik va uslubiy jihatdan to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘llanilishi bolalarning savodli yozish ko‘nikmasini mustahkamlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Tinish belgilarini o‘zlashtirish - faqat grammatik qoida emas, balki matn mazmunini to‘g‘ri anglash va uni ifodalay olishga xizmat qiluvchi vositadir. Shu bois, boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish dars jarayonida izchil va tizimli metodik yondashuvni talab etadi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va amaliy mashg‘ulotlar muhim rol o‘ynaydi. Punktuatsiya — bu boʻlim yozma nutqda fikrni tushunarli, mazmunli, ravon va aniq ifodalashga xizmat qiluvchi tinish belgilarining tizimidir. Ushbu tizim yozuv madaniyatining ajralmas bir qismi bo‘lib, matnni mantiqiy va grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzishda muhim rol o‘ynaydi. Punktuatsiya yozma nutqni qismlarga ajratish, ohangni toʻgʻri belgilash va o‘quvchiga fikrni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Yozma nutqda tinish belgilarining asosiy vazifasi — gap tuzilmasini aniqlashtirish, fikrlar orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rsatish va o‘quvchiga ma’lumotni to‘g‘ri anglash imkonini berishdir. Masalan, undov belgisining mavjudligi gapdagi hayajonni, so‘roq belgisi esa savol ohangini bildiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun bu belgilar matnni osonroq anglashda yordam beradi. Boshlangʻich sinflarga tinish belgilarini oʻrgatish taʼlim jarayonining asosiy bosqichlaridan biridir. Dastlab boshlangʻich sinflarda tinish belgilarini oʻrgatish soddaroq, tushunarli va ularning yosh xususiyatlari inobatga olgan holda oʻrgatiladi. Jumladan, oʻquvchilar alifbo va soʻz boyligini oʻzlashtirish bilan birga yozma nutqda tinish belgilaridan toʻgʻri foydalanishni oʻrganadilar. Boshlangʻich sinflarda 1-sinf darsligining 3-qismida 27-mavzu: Gaplarning oxiriga qoʻyiladigan tinish belgilar mavzusi oʻtiladi. Bu darsda oʻquvchilar toʻrtta tinish belgilar nuqta, soʻroq, undov va vergul bilan tanishadi. Mavzu yuzasidan topshiriqlar, mashqlar ham bajariladi. “ 1-mashq: Gaplarni oʻqing. Gaplarning oxiriga kerakli tinish belgilarini qoʻyib koʻchiring. 1 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” gi qonuni OʻRQ-637son : 2020 155 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 • Qachon bahor keladi • Ey bahor, qanchalar goʻzalsan • Sizga qaysi fasl yoqadi • Bahorda qushlar is
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, samarali metodikalarni va oʻyin texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini hamda savodini oshirishda ti…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tinish belgilarini o‘rgatish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, samarali metodikalarni va oʻyin texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini hamda savodini oshirishda ti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Boshlang’ich ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025