К содержанию
РецензированоUZ2024

O‘ZBEK MILLIY LIBOSLARIDA ATLAS VA ADRAS MATOLARINING QO’LANILISHI

Turdiyeva Shahzoda Eshdavlat qizi

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

The quality and beauty of clothes are the main requirements of fashion.Today, the art of weaving our Uzbek national fabrics and the production of natural silk fiber, which is a necessary raw material for these fabrics, is developing rapidly. "Performance"refers to the properties of fabrics such as air permeability, elongation and friction,durability, permeability, color fastness, shape retention. Key words: clothing, fabric, weaving, art, silk, beqasam.atlas,adras. Kiyimning sifati va ko’rki modaning asosiy talabidir. Xozirgi kunda o’zbek milliy matolarimizni to’qish san’ati xamda bu matolar uchun zarur xomashyo tabiiy ipak tolasini ishlab chiqarish, ya’ni ipakchilik tarmog’i jadal sur’atda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, birinchi Prezidentimiz I.Karimovning 2010 yil 30 martdagi “Xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni ushbu soxada va tarmoqlar taraqqiyoti uchun muxim omil bo’lmoqda. Xonatlas, adras, beqasam, shoyi, olacha singari milliy matolarimizning jilosi, ulardagi naqshlarning ko’zni quvnatishi, ranglarining uyg’unligi barchani lol 169 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 qoldiradi. Dunyoning turli mamlakqtlarida bu go’zallikka boy matolarimizdan zamonaviy uslubdagi liboslar tikilayotgan va ular kishilar egnida tovlanayotganixammamizni faxrlantiradi. Tabiiy ipak matolarimizdan foydalanib, liboslar kolleksiyasini yaratayotgan dizaynerlarning ishlarida zamonaviylik va milliylik ruxi uyg’unlashmoqda. Ma’lumki, tabiiy ipak tolalaridan tayyorlangan gazlamalar xamda ulardan tikilgan liboslar xar doim o’z chiroyi va yengilligi bilan e’tiborni tortadi. Yildan-yilga qayta ommalalashib borayotgan bu matolar zamonaviy libos ta’siriga tushushi barobarida, uzi xam ekspluatatsion va gigiyenik xususiyatlari, sifat ko’rsatkichlari orqali xozirgi libos dizayniga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ushbu milliy boyligimiz - matolarimizning ekspluatsion xususiyatlarini hisobga oladigan bo’lsak, ulardan doimiy kiyishga mo’ljallangan, kundalik liboslar tikish maqsadga muvofiq kelmaydi. Nima sababdan bunday to’xtamga kelganimizni izohlashdan oldin matolarning ekspluatatsion xususiyatlari muammosiga e’tibor qaratmoqchimiz. “Ekspluatatsion xususiyatlar” deganda matolarning havo o’tkazuvchanligi, uzayish va ishqalanishga ta’siri, chidamliligi, kirishuvchanligi, rangining chiqish darajasi, bichimda shakl saqlovchanligi kabi sifatlari nazarda tutiladi. Bu ko’rsatkichlar puxta o’rgangan holda, libos loyixasi yaratilishi lozim. Laboratoriyada matolarimizning ushbu sifatlarini o’rganib, ipak matolarimizning kundalik libos uchun noqulayroq, ekanligiga ishonch xosil qildik. Misol tariqasida, bir necha matolarimiz xususida alohida to’xtalib o’tamiz. Marg’ilon xonatlasi va ushbu atlas ko’rinishi va to’qilishi xon atlas tipidagi ipak gazlamalarimizning chidamlilik, “ishonchlilik” xususiyatlarini o’rgansak, bu mashxur va mato xavoni yaxshi o’tkazmasligi, yuvish jarayonidan so’ng rangining asl xolati saqlanib qolmasliga xamda yaxshigina kirishishi, ya’ni yuvilganidan keyin torayishi libos tikish vaqtida ma’lum qiyinchilik tug’dirishi birmuncha qulaysizliklar tug’diradi. Xonatlas yoki atlas matolaridan tayyorlangan liboslar, asosan, kimyoviy usulda tozalanganida go’zalligi va tovlanuvchanligini bir qadar saqlab qolishi mumkin. Biroq, kir yuvish mashinasida, uy sharoitida yuvilganda, agar unga aloxida avaylab yondashilmasa, mato o’z ko’rkini saqlab qololmaydi. SHuningdek, uning xavoni qiyin o’tkazishini xisobga olib, atlasdan kengroq bichimda kiyim tikilsa, bunday libos qizlarimiz, ayollarimizga unchalik ma’qul kelmaydi. Atlasdan tikilgan tor bichimli ko’ylakdan esa atigi bir necha bor kiyilgandan so’ng choklari va chokining atrofida tolalar ajrab qoladi. Shu bois atlasdan xar doim kiyiladigan kundalik liboslar emas, balki tadbirlarda, bayramlarda kiyiladigan kiyimlar loyihasi yaratilsa va tikilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolar milliy boyligimiz sanaladi. Unda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi, didi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. “Atlas” so‘zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan 170 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 ma’noni anglatadi. U tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan bir yuzlama silliq mato hisoblanadi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi. Shunga ko‘ra u tovlanib turadi. Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng a’lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilish hamda to‘qilish usulidadir. Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX asr boshlarida bu yerd

Доказательный фрагмент

«The quality and beauty of clothes are the main requirements of fashion.Today, the art of weaving our Uzbek national fabrics and the production of natural silk fiber, which is a necessary raw material for these fabrics…»

Образец извлечения

Демо-превью

The quality and beauty of clothes are the main requirements of fashion.Today, the art of weaving our Uzbek national fabrics and the production of natural silk fiber, which is a necessary raw material for these fabrics… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
clothing, fabric, weaving, art, silk, beqasam.atlas, adras, ipakchilik, to’qish, mato, kiyim, adras., san’at
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники