К содержанию
РецензированоUZ2024

DAVLAT AGRAR SIYOSATINING KLASTERLASHUVGA YO‘NALTIRILGAN STRATEGIYASI

YO‘NALTIRILGAN STRATEGIYASI. · Turayev Diyorbek Niyatullayevich

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

Mazkur tezisda zamonaviy davlat agrar siyosatining yangi bosqichida klasterlashuv konsepsiyasi asosidagi strategik yondashuvlar tahlil qilinadi. Unda qishloq xo‘jaligi klasterlarini shakllantirish orqali resurslardan samarali foydalanish, mintaqaviy ixtisoslashuvni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yoritiladi. Tadqiqotda klasterlashuv orqali agrar tarmoqlarda innovatsion muhit, hamkorlik va raqobatbardoshlikni kuchaytirishga doir xalqaro va mahalliy tajribalarga ham tayaniladi. Shuningdek, klaster siyosatini amalga oshirishda institutsional va hududiy muvofiqlashtirish mexanizmlarining ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar. Qishloq xo‘jaligi, klasterlashuv, agrar siyosat, innovatsion yondashuv, kooperatsiya. Agrar klaster tizimi bu qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha ishlab chiqarishdan tortib, mahsulotni qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar o‘zaro uzviy bog‘langan tarzda faoliyat yuritadigan hududiy va funksional modeldir. Bu tizim davlat, xususiy sektor va ilmiy- tadqiqot muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirish imkonini beradi. Agrar klasterlar odatda hududiy ixtisoslashuvga asoslanadi. Ya’ni, har bir klaster o‘sha hududning agroiqlim sharoiti, yer resurslari va mahalliy tajribalarga mos ravishda shakllantiriladi. Masalan, Toshkent viloyatida asosan meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan klasterlar mavjud, Jizzax viloyatida donchilik yo‘nalishi ustuvor bo‘lsa, Qashqadaryo viloyatida esa chorvachilik bo‘yicha klasterlar faoliyat yuritmoqda. 94 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida davlatning agrar siyosatida klasterlashuv yondashuvi muhim o‘rin egallamoqda. Ushbu siyosatning mohiyati qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish, qayta ishlash, logistika va ilmiy- innovatsion faoliyatni bir zanjirda birlashtirish orqali mintaqaviy iqtisodiy salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan kompleks tarzdagi yondashuvdir. Bu strategiya davlat, xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida kooperatsiyani mustahkamlab, agrar sohaning yuqori samaradorlikda ishlashiga zamin yaratadi. Mazkur siyosat bir nechta nazariy paradigmalarga asoslanadi. Avvalo, regional rivojlanish nazariyasini esga olish joiz. Bu nazariyada Perroux va Myrdal kabi mutafakkirlar “rivojlanish qutblari” konsepsiyasini ilgari surgan bo‘lib, unga ko‘ra, ishlab chiqarishning bir hududda to‘planishi va uning atrofidagi iqtisodiy subyektlar bilan sinergiya hosil qilishi mintaqaviy taraqqiyotga turtki beradi[1]. Klasterlashuv ham xuddi shunday mexanizmlar asosida shakllanadi. Shuningdek, Michael Porter tomonidan ilgari surilgan klasterlashuv nazariyasi davlat agrar strategiyasining g‘oyaviy asoslaridan biridir[2]. Unga ko‘ra, klasterlar geografik yaqinlikda joylashgan, o‘zaro bog‘liq ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar va ilmiy muassasalardan iborat bo‘ladi. Klasterlar ichidagi raqobat va hamkorlik bir vaqtda innovatsiyalarni, samaradorlikni va raqobatbardoshlikni kuchaytiradi. Bundan tashqari, agro-industrial integratsiya nazariyasi ham agrar klasterlarning nazariy negizini tashkil qiladi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi jarayonlari - ya’ni xomashyo yetishtirishdan tortib, uni qayta ishlash, qadoqlash, logistika va sotishgacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlar – yagona tizim sifatida qaraladi. Bunday integratsiya mahsulotga qo‘shilgan qiymatni oshiradi va tarmoq ichidagi har bir ishtirokchining manfaatini muvofiqlashtiradi. Agrar klasterlashuv siyosatining amaliy afzalliklari esa quyidagicha izohlanadi: Birinchidan, ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarini birlashtirish orqali iqtisodiy samaradorlik ortadi va ishlab chiqarish tannarxi pasayadi. Bu resurslardan optimal foydalanish, yo‘qotishlarning kamayishi va mahsulot sifatining oshishini ta’minlaydi. 95 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 5 Ikkinchidan, klasterlar doirasida ixtisoslashgan ishchi kuchi shakllanadi. Bu esa mehnat bozorining malakali segmentini yaratadi, tajriba va bilim almashuvi esa jarayonlarni tezlashtiradi. Uchinchidan, klasterlar orqali texnologik yangiliklar va ilmiy yutuqlar tezda amaliyotga tatbiq etiladi. Fermerlar, ilmiy institutlar va sanoat vakillari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik natijasida innovatsiyalar joriy etiladi. To‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarilishi orqali eksport salohiyati oshadi. Klasterlar xalqaro talabga javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarish imkonini yaratadi, bu esa global

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda zamonaviy davlat agrar siyosatining yangi bosqichida klasterlashuv konsepsiyasi asosidagi strategik yondashuvlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda zamonaviy davlat agrar siyosatining yangi bosqichida klasterlashuv konsepsiyasi asosidagi strategik yondashuvlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion yondashuv, klasterlashuv, agrar siyosat, kooperatsiya., Qishloq xo‘jaligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники