Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VAQF INSTITUTINING MUSULMON JAMIYATIDAGI TUTGAN ROLI VA AHAMIYATI
ROLI VA AHAMIYATI (VAQF INSTITUTINING MUSULMON JAMIYATIDAGI TUTGAN) · Xolmaxmatova Kamola (VAQF INSTITUTINING MUSULMON JAMIYATIDAGI TUTGAN)
Современное образование и развитие · 20 · 56-62 · 2025
Аннотация
Vaqf - islom moliyasi tizimining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. U ixtiyoriy xayriya shaklida namoyon bo‘lib, islom huquqida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy omil jamiyat taraqqiyotini qo‘llab- quvvatlashda va rivojlanishida samarali bo‘lgani isbotlangan. Vaqf tizimi kambag‘allikni kamaytirish, ta’lim, tarbiya, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va boshqa ko‘plab sohalarda farovonlikni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan. Mazkur maqolada vaqf tushunchasi va mohiyati, shuningdek, uning jamiyatdagi roli va barqaror rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Asrlar davomida mavjud bo`lgan vaqflar va ularni musulmon dunyosiga qo`shgan hissasi ochib beriladi. Kalit so`zlar: Vaqf, iqtisodiy barqarorlik, tarix. Vaqf shunday bir tizimki, u orqali ko`plab moliyaviy muammolarga yechim topilgan. Musulmon davlatlarning asosiy moliyaviy manbayi sifatida xizmat ko`rsatgan. U bilan masjid, madrasa, ko`priq, shifoxona, kutubxona, do‘kon, mehmonxona va quduqlar qurilgan, aholi uchun bog‘lar va xiyobonlar, kir yuvish joylari, hammom, bozor, ziyoratgohlar, oshxonalar, sayohatchilar uchun karvonsaroylar tashkil etilgan, piyodalar yo‘lagi, beva va yetimlar uchun uylar, mayoq, kamon va kurash maydonlari, qal’alar, mudofaa inshootlari barpo etilgan. Maktab o‘quvchilariga oziq-ovqat va maktab anjomlari bilan yordam berish, masjid va ko‘chalarni yoritish va tozalatish, xizmatkorlarning xo‘jayinlari tomonidan tanbeh Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 308 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT eshitmasligi uchun ular sindirgan idishlarning o‘rniga yangisini olish, qarz sababli qamoqqa tushganlarning qarzini to‘lash, tog‘larda yo‘llar ochish, yetim qizlarga sep tayyorlash, qarzdorlarning qarzlarini to‘lash, bevalarga va muhtojlarga yordam berish, bahor faslida ochiq havoda bolalarni sayr qildirish, kambag‘al va qarindoshi yo‘q kishilarning jasadini dafn qilish va barcha dafn xarajatlarini qoplash, bayramlarda bolalar va yetimlarni turli sovg‘alar bilan xursand qilish kabi xayrli ishlar moliyalashtirilgan. Qolaversa, vaqf mulklari orqali aksar davlat askarlari qurol-aslaha va kiyim-kechak bilan ta’minlangan, asirlar ozod qilingan1. Dastlab, vaqf xayriya, sadaqa sifatida ko`rilgan bo`lsada, keyinchalik huquqiy va ijtimoiy tizim sifatida rivojlangan. Vaqf lug`atda “tutib turish”, “to`xtatish” degan ma’nolarni anglatadi. Masalan, agar hayvonni tutib turilsa, “vaqofta dabbata”, ya’ni “hayvonni to`xtatding” deyiladi. Vaqf bu – ma’lum bir narsani belgilangan shaklda tutib turish va ma’lum maqsadga yo`naltirishdir. Vaqf – mulkning foydasini sadaqa sifatida berishdir. Mulk vaqfga aylangach uni sotish, sadaqa qilish va meros qoldirish mumkin bo`lmaydi. Vaqf – mulkning o‘zini vaqf qiluvchining mulki sifatida ushlab turish va uning foydasini sadaqa qilishdir. Ba’zi manbalarda “vaqf” atamasi “al-habs” tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Bu esa, mulk ustidan erkin muomala qilish – uni sotish, hadya qilish yoki meros qilib qoldirish kabi huquqlarni to‘xtatish orqali uning faqatgina foydasidan belgilangan maqsadlar yo‘lida foydalanishni bildiradi. Vaqflar Rasululloh (s.a.v.) va sahobalar davridan mavjud bo`lgan. Garchi o`sha davrda ular vaqf deb atalmagan bo`lsa ham hadislarda ular haqida tarixiy ma’lumotlar uchraydi. Vaqf tizimi shakllanish va rivojlanishida asos sifatida olinadigan hadislar bor. Ulardan biri Abu Hurayra (r.a.) dan rivoyat qilinadi: Nabiy (s.a.v.): “Odam bolasi vafot etganda, uning amallari kesiladi. Faqat uch narsadan: sadaqai joriyadan, manfaatlanadigan ilmdan va uning haqqiga duo qilib turadigan solih farzanddan kesilmaydi” dedilar2. 1 Dr. İsmail Kurt. Para vakıflarının muhasebesi. – S. 6. 2 Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. Savdo, ziroat va vaqf kitobi. 11-juz. – Toshkent, 2025. – 276.- b Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 309 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Vaqf institutlarining faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular nafaqat ta’lim tizimining rivojlanishiga xizmat qilgan, balki sog‘liqni saqlash muassasalari — shifoxonalar barpo etish, yo‘l va ko‘priklar qurish, turar joylar tashkil etish orqali infratuzilmani mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynagan. Shu bilan birga, vaqflar aholining ijtimoiy farovonligini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va kambag‘allik darajasini kamaytirishda ham samarali vosita bo‘lgan. Vaqf insonlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga turli va keng qamrovli hissasi bilan muhim rol o‘ynagan. Uning roli deyarli barcha sohalarga — qishloq xo‘jaligi, sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga - chuqur kirib borgan3. Islom iqtisodiy tizimida, ko‘ngilli xayriya ishlari va vaqflar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar barchasi farovonlikning ajralmas qismi sifatida qabul qilinadi. Vaqflar ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi muassasalarni tashkil etish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshirilgan. Jumladan, maktablar, madrasalar, boshqa
Доказательный фрагмент
«Vaqf - islom moliyasi tizimining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюVaqf - islom moliyasi tizimining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iqtisodiy barqarorlik, Vaqf, tarix.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026