К содержанию
РецензированоUZ2024

FERULA TADSHIKORUM PIMENOV OʻSIMLIGINING URUGʻ BIOLOGIYASI

Insights Across the Disciplines · Mamatmo‘minova Dildora

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2024

Аннотация

This article explores the seed biology of Ferula tadshikorum Pimenov, focusing on germination characteristics, ecological requirements, and dispersal mechanisms. Understanding the seed biology of this species is essential for its conservation, propagation, and sustainable use. Special attention is given to the physiological dormancy of the seeds, environmental factors affecting germination, and strategies to overcome dormancy in order to enhance seed-based reproduction. Kalit so‘zlar: Ferula tadshikorum, urugʻ biologiyasi, unuvchanlik, ekologik omillar, endemik oʻsimlik, tabiiy tiklanish. Ключевые слова: Ferula tadshikorum, биология семян, всхожесть, экологические факторы, эндемичное растение, естественное восстановление. Keywords: Ferula tadshikorum, seed biology, germination, ecological factors, endemic plant, natural regeneration. Oʻzbekiston florasi noyob va endemik oʻsimliklarga boy. Bu oʻsimliklar orasida Ferula turkumiga mansub turlar alohida oʻrinni egallaydi. Ayniqsa, Ferula 129 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 tadshikorum Pimenov — dorivor xususiyatlarga ega, biokimyoviy tarkibi boy, ekologik jihatdan muhim oʻsimliklardan biri hisoblanadi. Tabiiy sharoitda ushbu turning populyatsiyasi sekin tiklanishi, ko‘payishning urug‘ orqali murakkabligi, bu o‘simlikning urug‘ biologiyasini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Urug‘ biologiyasini o‘rganish orqali sun’iy ko‘paytirish, in vitro usullar, muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish mumkin. Ferula tadshikorum Pimenov – Seldereylar (Apiaceae) oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik bo‘lib, asosan Oʻrta Osiyoning togʻli mintaqalarida, ayniqsa, Tojikiston va Oʻzbekistonning janubiy va janubi-gʻarbiy qismidagi toshloq yonbagʻirlarda uchraydi. Oʻsimlik balandligi 1,5–2,5 metrgacha yetishi mumkin. Barglari murakkab, chuqur parrakli; gullari soyabon shaklida joylashgan bo‘lib, may–iyun oylarida gullaydi. Mevalari yassi, qanotsimon va ikki bo‘lakli samara (merikarpiy) shaklida. Ushbu turning ekologik moslashuvi kuchli bo‘lishiga qaramay, u faqat cheklangan arealda tarqalganligi sababli himoyaga muhtoj. O‘sadigan joylarining iqlimi quruq, tuproqlari esa asosan toshloq va kam unumdor bo‘ladi. Urugʻlarning morfologiyasi va strukturasi Ferula tadshikorum urugʻlari ikki qismdan iborat bo‘lgan yassi, yelkasimon qanotli merikarplardan iborat. Ular yengil bo‘lib, shamol yordamida qisqa masofalarda tarqalishga moslashgan. Urugʻ yuzasi silliq, rangsiz yoki och jigarrang bo‘lib, qobigʻi zich va suvni qiyin o‘tkazadi. Ichki tuzilmasi embrion, endosperm va urugʻ po‘stidan tashkil topgan. Murakkab urugʻ tuzilmasi va qalin qobiq urug‘ning uzoq muddatli dormansiyasini (biologik uyqu holati) ta’minlaydi. Bu esa, urug‘larning tabiiy sharoitda uzoq vaqt davomida unmay yotishiga olib keladi. Urugʻ biologiyasi va unuvchanlik omillari Ferula urugʻlari fiziologik dormansiyaga ega. Bu degani, urugʻlar toʻliq pishgan va tashqi jihatdan sogʻlom koʻrinsa ham, ularni darhol unib chiqishi kuzatilmaydi. Bu holatni bartaraf etish uchun urugʻlar tabiiy (qishloq sharoitida) yoki sun’iy (laboratoriya sharoitida) stratifikatsiyadan o‘tishi kerak. Unishga taʼsir qiluvchi omillar: Harorat: Optimal unish harorati +5°C dan +15°C gacha. Yuqori harorat unishga salbiy taʼsir qiladi. Namlik: O‘rtacha namlikdagi tuproqda yuqori unuvchanlik kuzatiladi. Quruq sharoitda urugʻ poʻstlogʻi shishmaydi. Chuqurlik: Eng yaxshi natija 1–2 sm chuqurlikda ekilganda kuzatiladi. 130 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 5 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024 Tuproq turi: Quyi unumdor, lekin nam saqlovchi gilli va qumloq tuproqlar afzal. Yorugʻlik: Urugʻlar yarim soyali sharoitda ham unib chiqa oladi, ammo to‘liq soyada unish sekinlashadi. Tabiiy sharoitda urugʻlarning unish muddati 20–40 kunni tashkil qiladi. Urugʻlarning tarqalishi va tabiiy tiklanishi Ferula urugʻlari shamol yordamida tarqaladi. Urug‘lar yengil va qanotsimon tuzilmaga ega bo‘lgani sababli ularning maksimal tarqalish masofasi 5–10 metr atrofida bo‘ladi. Ko‘pincha, o‘simlikning ildiz atrofida ko‘plab nihollar paydo bo‘ladi. Bu esa populyatsiyaning joyida tiklanishini ko‘rsatadi. Ammo urugʻlarning dormansiyasi kuchli bo‘lganligi sababli tabiiy tiklanish surʼati juda sekin. Ba’zan, tabiiy sharoitda 100 urugʻdan atigi 5–10 tasi unib chiqadi. Bu esa populyatsiyani yoʻqolish xavfi ostiga qoʻyadi. Sun’iy ko‘paytirish va muhofaza strategiyalari Ferula urugʻlarini sun’iy ko‘paytirish orqali saqlab qolish va kengaytirish mumkin. Bunda quyidagi usullar qoʻllaniladi: Sun’iy stratifikatsiya: Urugʻlarni 4–6 hafta davomida +2...+5°C haroratda nam qum ichida saqlash. Tuproq tayyorlash: Urugʻlar uchun qumloq-gilli aralashmasi tavsiya etiladi. Vegetativ ko‘paytirish: Ildiz bo‘laklari yordamida ham koʻpaytirish mumkin, bu usul genetik bir xillikni saqlaydi. In vitro usuli: Steril lab

Доказательный фрагмент

«This article explores the seed biology of Ferula tadshikorum Pimenov, focusing on germination characteristics, ecological requirements, and dispersal mechanisms.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the seed biology of Ferula tadshikorum Pimenov, focusing on germination characteristics, ecological requirements, and dispersal mechanisms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ferula tadshikorum, seed biology, germination, ecological factors, endemik oʻsimlik, ekologik omillar, tabiiy tiklanish., unuvchanlik, urugʻ biologiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники