К содержанию
РецензированоUZ2023

OZIQ-OVQAT TRANSMILLIY KORPORATSIYALARI VA GEOSIYOSIY SUVERENITET, NESTLE MODELI ASOSIDA.

Insights Across the · Diyorbek Niyatullayevich Turayev

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2023

Аннотация

Ushbu tezisda Nestle transmilliy korporatsiyasining zamonaviy global geosiyosiy tizimdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Nestle dunyodagi eng yirik oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi korporatsiyalardan biri sifatida nafaqat iqtisodiy aktor, balki muayyan regionlarda siyosiy va ijtimoiy dinamikaga ta’sir ko‘rsatuvchi geosiyosiy subyekt sifatida qaraladi. Ishda Nestlé’ning suv resurslariga egalik qilish, oziq-ovqat zanjirlari orqali mintaqaviy bozorlarni nazorat qilish, shuningdek, hukumatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosati xususan, hokimiyatga va siyosiy qarorlar qabul qilishga ta’sir mexanizmlari o‘rganiladi. Kalit so‘zlar. Transmilly korporatsiyalar, oziq-ovqat, geosiyosiy ta’sir, suv resurslari, siyosiy qarorlar qabul qilish. Transmilliy oziq-ovqat korporatsiyalari (TOOK) - bir nechta davlatlarda faoliyat yuritadigan, global oziq-ovqat tizimiga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan yirik kompaniyalardir. Ular nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va ijtimoiy jihatdan ham muhim rol o‘ynaydi. Transmilliy oziq-ovqat korporatsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, mahalliy daromadlar, ta'lim, bandlik, mehnat sharoitlari, atrof-muhit, mahalliy firmalar, texnologiya, ovqatlanish va iste'mol kabi sohalarga sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda [1]. Xususan, Nestle transmilliy korporatsiyasi ham o‘zining sifatli mahsulotlari, raqamli marketing shuningdek kuchli PR orqali yer yuzining har bir burchagining rastalarini egallashga ulgurdi. Ushbu kompaniya 189 ta mamlakatda o‘z mahsulotlarini sotadi va 340 ta zavodga egalik qilmoqda. 2023-yilda kompaniya umumiy 93 milliard Shveytsariya 98 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 5 franki (CHF) miqdorida savdo hajmiga erishdi. Uning global oziq-ovqat va ichimlik sanoatidagi ulushi taxminan 10% ga teng. 30 000 dan ortiq mahsulotni ishlab chiqaradi, 2000 dan ortiq global va mahalliy brendlarga egadir.[2] Korporatsiya nafaqat iqtisodiy jihatdan balki geosiyosiy tomonlama ham o‘zining ma’lum bir pozitsiyasiga egadir. Nestle transmilliy korporatsiyasi Shimoliy Amerika, ayniqsa AQSh va Kanadada o‘zining faoliyatini nafaqat oddiy tijoriy foyda keltiruvchi kompaniya sifatida, balki institutsional va geoiqtisodiy aktor sifatida olib boradi. Nestle bu mintaqada faqat oziq-ovqat va ichimliklar bilan shug‘ullanuvchi kompaniya emas - u kapital harakati, resurslar ustidan nazorat, siyosiy ta’sir va normativ muhitga bosim orqali o‘zining geosiyosiy strategiyasini amalga oshirmoqda. Korporatsiyaning eng katta ulushi Shimoliy va Janubiy Amerika qit’asiga to‘g‘ri keladi. Bu yerdagi logistika ham ancha qulay hisoblanadi. Masalan, avtomobil logistikasi orqali asosan davlat ichidagi qisqa masofali talablarni qondirishga qaratiladi. I-70 trassasi orqali St. Louis (Missuri)ga undan Allentown (Pensilvaniya) shtatiga Purina brendi ostidagi hayvonlar uchun oziq-ovqat yetkaziladi. Temir yo‘l asosan katta hajmdagi va uzoq masofali yuklar uchun foydalaniladi. Masalan, Guelph (Ontario, Kanada) dan Chicago (Illinois)ga Umumiy oziq-ovqat mahsulotlari, konservalar, bolalar ovqati yetkazib beriladi. Dengiz va daryo transportlari asosan ichki suv yo‘li va xalqaro darajadagi eksport uchun. Los Angeles, Savannah, New York portlari orqali Osiyo (masalan, Yaponiya, Xitoy), Yevropa (masalan, Germaniya, Buyuk Britaniya), Janubiy Amerika (masalan, Braziliya) bozorlariga mahsulot eksport qilinadi. Havo yo‘llari orqali asosan tez ayniydigan , tez sifati buziladigan mahsulotlar butun dunyoga yetkazib beriladi. Ushbu TMK ning Amerika qit’asidagi geosiyosiy xarakteriga yuzlansak, birinchi o‘rinda zaxiraga boy hudud masalasi ko‘zga tashlanadi. Xususan, korporatsiyaning bosh ofisining o‘zgartirilganligining o‘zida ham juda katta geosiyosiy manfaat yotadi. Ya’ni uning dastlabki bosh ofisi Virjiniya shtatida edi keyinchalik u Vashingtonga ko‘chiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad faqatgina logistik yoki operatsion samaradorlik emas, balki aniq siyosiy-geoiqtisodiy strategiya yotadi. Bunda federal siyosiy markazga yaqinlashish - lobbilash kuchini oshirish. Nestle uchun Vashingtonga yaqin joylashish Kongress, FDA (Food and Drug Administration), EPA (Environmental Protection Agency) va boshqa federal regulyator organlar bilan bevosita ishlash imkoniyatini kengaytirdi. 99 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 5 Bu esa siyosiy qaror qabul qilish tizimlariga yaqin turish orqali qonunchilik, ekologik me’yorlar va oziq-ovqat reglamentatsiyasini o‘z manfaatlariga moslashtirish imkonini beradi. Masalan, Nestleda faol ishlovchi lobbi firmalar orqali suv reglamentatsiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi qonunlarining o‘ziga qulay versiyalarini ilgari surgan. Shuningdek, kompaniya boshqa geosiyosiy bosim va manfaatlar yuzasidan ham markazini o‘zgartirgan. Masalan, Kaliforniyada soliq tizimi juda qattiqligi, ekofaollarning keng noroziliklari, ichimlik suvi ustidan qat’iy reg

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Nestle transmilliy korporatsiyasining zamonaviy global geosiyosiy tizimdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Nestle transmilliy korporatsiyasining zamonaviy global geosiyosiy tizimdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
siyosiy qarorlar qabul qilish., geosiyosiy ta’sir, Transmilly korporatsiyalar, suv resurslari, oziq-ovqat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники