Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON YURAGINING ANATOMIK TUZILISHI VA UNING FUNKTSIONAL AHAMIYATI
Insights Across the · Hasanov Dilmurod Abduvahob oʻgʻli · Daminov Samandar Iskandar oʻg'li · Ibodullayeva Naxshona Nodirjon qiz · Nazarov Sirojiddin G'ani o'g'li · Yoʻldoshev Azizbek Najmiddin o'gʻli · Bahodirov Muhammad Alisher o’g’li · Synapses: Insights Across the Disciplines · Insights Across the
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2026
Аннотация
This article discusses the anatomical structure of the human heart, its chambers and layers, the valve system, and the physiological characteristics of cardiac activity. It covers the role of the heart in both systemic and pulmonary circulation, the generation and conduction of electrical impulses that regulate heart contractions, and the overall functional importance of the heart in the human body. The article also provides recommendations for maintaining heart health. It is intended to be useful for medical students and those interested in biology and human anatomy. Kalit so‘zlar: Yurak, anatomiya, qon aylanishi, miokard, klapanlar, bo‘lmacha, qorincha, yurak faoliyati, kislorod, sog‘liq. Keywords: Heart, anatomy, blood circulation, myocardium, valves, atrium, ventricle, cardiac function, oxygen, health. Kirish: Inson organizmining har bir a’zosi muhim funksiyalarni bajarsa-da, yurak alohida o‘ringa ega. Bu a’zo doimiy faoliyatda bo‘lib, hayot davomida bir soniya ham to‘xtamay ishlaydi. Yurak qon aylanish tizimining yuragi sifatida tananing barcha qismlarini kislorod va oziq moddalari bilan ta’minlaydi hamda karbonat angidrid va boshqa zararli moddalarni chiqarilishiga xizmat qiladi. Yurak faoliyatining to‘g‘ri ishlashi butun organizm salomatligining garovidir. Yurak erta embrional davrdan boshlab shakllanadi va inson tug‘ilgunga qadar ham, undan keyin ham uzluksiz ishlaydi. Bu a’zo yurak mushagi – miokard tomonidan tashkil topgan bo‘lib, boshqa hech qanday mushak to‘qimasi yurakning avtomatik qisqarish qobiliyatiga ega emas. Yurak qisqarishlarining ritmi yurakdagi maxsus elektr 11 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 5 impulslar hosil qiluvchi tuzilmalar tomonidan boshqariladi. Ushbu avtomatizm yurakning tashqi signalga bog‘liq bo‘lmasdan, mustaqil ishlashini ta’minlaydi. Yurakning to‘rt bo‘limli tuzilishi — ikkita bo‘lmacha va ikkita qorincha — organizmdagi qon aylanishning ikki doirasini, ya’ni katta va kichik qon aylanish doiralarini ajratib turadi. Yurakdagi klapanlar qon oqimining bir yo‘nalishda harakatlanishini nazorat qilib, uning orqaga oqishining oldini oladi. Bu tizimning har bir elementi o‘zaro uyg‘un va muvozanatda ishlaydi. Aynan shuning uchun yurak faqat mushak a’zosi emas, balki murakkab biologik nasos sifatida qaraladi. Bugungi kunda yurak kasalliklari nafaqat keksalarda, balki yoshlar, hatto bolalarda ham uchray boshladi. Notog‘ri ovqatlanish, stress, jismoniy harakatsizlik, zararli odatlar va irsiy omillar yurak salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun yurak anatomiyasi va uning funksional faoliyatini puxta bilish har qanday sog‘lom turmush tarzining asosi bo‘lishi kerak. Mazkur maqolada yurakning aniq anatomik tuzilishi, qon aylanishdagi o‘rni, elektr faoliyat mexanizmlari va yurakni sog‘lom saqlash yo‘llari ilmiy asosda yoritilgan. Maqola tibbiy ta’lim olayotgan talabalar, ilmiy tadqiqotchilar va yurak faoliyati bilan qiziqadigan keng kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan. Yurakning tashqi tuzilishi va joylashuvi: Inson yuragi ko‘krak qafasining markaziy qismida, o‘ng va chap o‘pka orasida, ko‘krak suyagi orqasida joylashgan. Uning yuqori qismi (asos qismi) yuqoriga va orqaga, pastki qismi esa chapga va pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Yurak konus shaklida bo‘lib, o‘rtacha og‘irligi erkaklarda 300–350 g, ayollarda esa 250–300 g ni tashkil etadi. Yurak tashqi tomondan yurak qopchasi — perikard bilan o‘ralgan. Perikard ikki qatlamli bo‘lib, uning orasida suyuqlik bo‘ladi. Bu suyuqlik yurak harakatida ishqalanishni kamaytiradi va himoya vazifasini bajaradi. Yurak devorining qatlamlari,Yurak devori uch asosiy qatlamdan tashkil topgan: Endokard — yurakning ichki qatlami bo‘lib, qon bilan bevosita aloqa qiladi. Miokard — yurak mushak qatlami bo‘lib, yurak qisqarishini ta’minlaydi. Miokardning qalinligi qorinchalarda, ayniqsa chap qorincha devorida eng katta bo‘ladi. Epikard — yurakning tashqi qatlami bo‘lib, perikardning ichki varaqlari bilan tutashgan. Miokard yurakning eng muhim funksional qismi hisoblanadi. Uning tolalari maxsus tuzilgan bo‘lib, yuqori chidamlilik va uzluksiz qisqarish xususiyatiga ega. Yurak bo‘limlari va klapanlar tizimi, Yurak to‘rtta bo‘limdan iborat: chap va o‘ng bo‘lmachalar (atriumlar) hamda chap va o‘ng qorinchalar (ventrikullar). Yurakdagi bo‘lmachalar yuqorida, qorinchalar 12 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 5 esa pastki qismda joylashgan. Bo‘lmachalar va qorinchalar orasida klapanlar joylashgan bo‘lib, ular qon oqimini faqat bitta yo‘nalishda o‘tkazadi: O‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha orasida — trikuspidal (uch eshikli) klapan; O‘ng qorincha va o‘pka arteriyasi orasida — pulmonal klapan; Chap bo‘lmacha bilan chap qorincha orasida — mitral (ikki eshikli) klapan; Chap qorincha va aorta orasida — aortal klapan. Ushbu klapanlar yurak ichida qonning to‘g‘ri harakatini ta’minlaydi va orqaga oqib ketishini oldini oladi. Yura
Доказательный фрагмент
«This article discusses the anatomical structure of the human heart, its chambers and layers, the valve system, and the physiological characteristics of cardiac activity.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the anatomical structure of the human heart, its chambers and layers, the valve system, and the physiological characteristics of cardiac activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Heart, anatomy, blood circulation, myocardium, valves, atrium, anatomiya, kislorod, bo‘lmacha, qon aylanishi, miokard, Yurak, klapanlar, qorincha, sog‘liq., yurak faoliyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024