Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARDA LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TAMOYILLARI.
PSIXOLOGIK TAMOYILLARI. · Usmanov Esanbay Shirmatovich.
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada liderlik va rahbarlik tushunchalari, ularning shakllanish jarayoni hamda o‘quvchilarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning psixologik tamoyillari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Liderlik qobiliyati, rahbarlik sifatlari, shaxslararo va rasmiy munosabatlar, obro‘ tushunchasi. Mamlakatimiz o‘z mustaqillligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishiga bog‘liqdir. Mamlakatimizdagi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir. Mamlakatimiz kelajagi raqobatbardosh kadrlarga bog‘liq bo‘lsa, kadrlar salohiyati esa avvalo o‘quvchilar shaxsiga,ularning yetuk shaxs sifatida kamolotga erishishiga bog‘liq. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni yoshlarning qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talablardan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish, ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim”[¹]deb ta’kidlagan edi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 0 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 Darhaqiqat,ta’lim va tarbiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar oldida nafaqat kadrlar tayyorlash, balki rahbar kadrlar tayyorlash vazifasi ham turadi.Bu vazifani bajarish uchun, o‘quvchilarda rahbar xodimlarga xos bo‘lgan shaxsiy sifatlarni shakllantirish masalasini hal etish zarur bo‘ladi. Mana shunday o‘quvchilar shaxsiga xos bo‘lgan va ularda rahbarlik salohiyatini paydo qilishi mumkin bo‘lgan psixologik sifatlardan biri - liderlik sifati hisoblanadi.Shu nuqtai-nazardan qaraganda rasmiy va norasmiy liderlik bir-biridan farqlanadi. Birinchi holatda xodimlarga ta’sir o‘tkazib-egallab turgan mansabi pozitsiyasidan turib amalga oshirilsa, ikkinchi holatda ta’sir jarayoni shaxsiy qobiliyatlar, malaka va boshqa resurslar orqali amalga oshiriladi. Demak ,,lider“ va ,,rahbar“ tushunchalari bajaradigan vazifalari nuqtai- nazaridan bir xil bo‘lsada, biroq mohiyati va mazmuni jihatidan ikki xil tushunchalardir.Hozirgi zamon ijtimoiy psixologik adabiyotlarda ,,lider“ va ,,rahbar“ tushunchalarining farqi keng tadqiq qilingan bo‘lib, rus psixologi B.D.Parigin o‘z asarlarida bu farqlarni quyidagicha ko‘rsatib bergan: 1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarish bilan shug‘ullansa, rahbar esa ma’lum ijtimoiy tashkilot hisoblangan guruhning rasmiy munosabatlarini boshqaradi; 2) liderlik mikromuhit sharoitida amalga oshirilsa, rahbarlik esa makromuhit, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning butun boshli tizimi bilan bog‘liq; 3) liderlik tasodifiy, stixiyali paydo bo‘ladi, rahbarlik esa maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy struktura elementlarining nazorati ta’sirida amalga oshiriladi; 4) lider hodisasi nisbatan kamroq turg‘un hisoblanadi, ya’ni guruh kayfiyatiga bog‘liq holda amalga oshadi, rahbarlik esa turg’un hodisa hisoblanadi; 5) liderlikda ma’lum sanksiyalarning tizimi yo‘q, rahbarlikda esa mavjud bo‘ladi; https://scientific-jl.com/luch/ 2 9 1 Часть-37_ Том-2_ Январь-2025 6) rahbarlikda qaror qabul qilinishi jarayoni murakkab jarayon hisoblanib, turli xil vaziyatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, liderlikda esa guruhiy faoliyatga bog’liq bo‘lgan bevosita qaror qabul qilinadi; 7) lider faoliyati sferasi-asosan kichik guruh hisoblansa, rahbar faoliyati kichik guruh faoliyati doirasidan tashqariga chiqadi. Shu nuqtai nazardan liderlar chiqaradigan qaror uchun katta mas’uliyat talab qilinadi. Liderning guruhdagi faoliyati doimiy holat hisoblanmaydi, ma’lum sharoitlarda liderlik imkoniyatlari ortishi, boshqa sharoitlarda esa u kamayishi mumkin.Ba’zida „lider“ tushunchasi „obro‘“ tushunchasi bilan bog‘lab tushuntiriladi. Bu doim ham to‘g’ri hisoblanmaydi, yani har qanday obro‘li guruh a’zosi ham lider bo‘lavermaydi. Lider guruhning qandaydir masalasini yechishni tashkil etishi zarur, obro‘li a’zo esa bunday vazifani bajarolmaydi, u ideal kishi bo‘lishi mumkin, lekin bunday qaror chiqarish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni uddalolmaydi.Shuning uchun ham liderlik fenomeni o‘ta spetsifik hodisa hisoblanadi.O‘quvchilarda liderlik sifatlarini shakllantirish, kelajakda ularning rahbar xodimlar bo‘lib shakllanishi uchun muhim psixologik imkoniyat hisoblanadi.Har qanday jamoadagi tashkiliy muhit, o‘sha jamoadagi liderning boshqaruv va liderlik uslubiga bog‘liq, yani liderning xulqi,odob-axloqlari, xarakteri, qadriyatlari, bilim va ko‘nikmalari muhitga tasir qiluvchi eng muhim faktor hisoblanadi.Zero, har qanday jamoaning mehnat faoliyati jarayonida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishi va muvoffaqiyatga erishishi, o‘sha jamoaga yetakchilik qilayo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada liderlik va rahbarlik tushunchalari, ularning shakllanish jarayoni hamda o‘quvchilarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning psixologik tamoyillari haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada liderlik va rahbarlik tushunchalari, ularning shakllanish jarayoni hamda o‘quvchilarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning psixologik tamoyillari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- obro‘ tushunchasi., Kalit so‘zlar: Liderlik qobiliyati, rahbarlik sifatlari, shaxslararo va rasmiy munosabatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024