К содержанию
РецензированоUZ2020

KICHIK BIZNES UCHUN BUXGALTERIYA HISOBI STANDARTLARINI SODDALASHTIRISH MUAMMOLARI

SODDALASHTIRISH MUAMMOLARI · Ergashev Olloyor Furqat og’li · Bahronova Farangiz Nafas qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2020

Аннотация

ushbu maqolada kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi standarlarini soddalashtirish muammolarini atroflicha ko’rib chiqamiz va bu muammolarni oldini olish yo’llari bo’yicha qisqacha to’xtalib o’tamiz. Kalit so’zlar: kichik biznes, soddalashtirilgan hisob-kitob, hisob-kitobda avtomatlashtirish, soliq majburiyatlari O'zbekistonda kichik biznes uchun buxgalteriya hisobini soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar bir necha yildan beri joriy qilib kelinmoqda. Ushbu yo'nalishdagi ijobiy natijalarga erishilib o’z samarasini ko’rsatmoqda. O'zbekistondagi bu ijobiy o'zgarishlar kichik biznesning rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga, ularning yuridik va buxgalteriya masalalarida yanada samarali faoliyat yuritishiga imkon yaratmoqda. Hozirda, kichik biznes sub'ektlari uchun soddalashtirilgan tizimlar nafaqat soliqlarni to'lashda, balki umumiy ish yuritishda ham ko'plab qulayliklar yaratmoqda. Misol tariqasida quydagi malumotni keltirib o’tishimiz mumkin: Soddalashtirilgan hisobot tizimi-2020 yilda O’zbekistonda kichik biznes va mikro korxonalar uchun soddalashtirolgan buxgalteriya hisob tizimi joriy etildi. Bu esa komponiyalar murakkab buxgalteriya hisobi me’yorlaridan qochib,o’z ish o’rinlarini osonroq yurita olishga imokon yaratib berdi. Bundan tashqari elektron hisobot tizimlari, O’zbekiston Respublikasi davlat soliq qo’mitasi tomonidan qo’llab-quvvatlashlar, o’zgarishlar va https://scientific-jl.com/luch/ 6 2 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 yangiliklar haqida muntazam xabarnomalarning tadbiq etilishi o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. O'zbekistonda kichik va o'rta biznes sektorini rivojlantirish uchun buxgalteriya tizimini soddalashtirilgandan so’ng yanda ijobiy natijalar va foydalar keltirishi mumkin bular: Soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi kichik bizneslar uchun moliyaviy boshqaruvni osonlashtiradi va shu orqali ularga o'z faoliyatlarini kengaytirishga imkon yaratadi. Soddalashtirilgan standartlar kichik biznes egalariga kompleks buxgalteriya tizimlarini o'rnatish o'rniga, aniq va tushunarli sodda hisob-kitoblarni yuritishga yordam beradi. Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobini soddalashtirish O'zbekistonda ko'plab yangiliklarga olib kelsa-da, bu jarayon bir nechta muammolarni ham yuzaga keltirayotganini amaliyotda ko’rishimiz mumkin. -Normativ-huquqiy baza yetarli emasligi. Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobini soddalashtirishga qaratilgan normativ hujjatlar va me'yoriy asoslar to'liq va aniq bo'lmasligi mumkin. Ba'zan, yangi qoidalarning ko'pligi va murakkabligi kichik tadbirkorlarga tushunarsiz bo'lib qoladi, bu esa amaliyotda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi va kutilgan natijaga erishila olmaydi. Buxgalteriya tizimining murakkabligi va tushunarsizligi. Buxgalteriya hisobini soddalashtirishga qaratilgan yangiliklar ko'pincha murakkab hisoblash tizimlarini joriy etishga olib keladi. Masalan, soliq hisobotlarini oddiylashtirish uchun yangi formatlar, stavkalar va metodologiyalar uslublar joriy qilinsa, kichik biznesning ba'zi vakillari ularni to'liq tushunmasligi yoki ulardan samarali foydalanmasligi mumkin. -Texnologik yondashuvga moslashuv muammolari. Elektron tizimlarga o‘tish kichik biznes uchun qo’shimcha texnologik va moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Buxgalteriya hisobi uchun yangi elektron platformalarni o‘rganish va ulardan foydalanish kichik tadbirkorlarga, ayniqsa texnologik salohiyatni rivojlantirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ba'zi kichik biznes vakillari texnologiya bilan https://scientific-jl.com/luch/ 6 3 Часть-37_ Том-4_ Январь-2025 bog'liq muammolarga (masalan, internet aloqasi yoki dasturiy ta'minotning mosligi) duch kelishlari mumkin. -Soliq va boshqa majburiyatlarning o‘zgarishi.Kichik biznesning buxgalteriya hisobini soddalashtirish jarayonida soliq va boshqa moliyaviy majburiyatlarning tez-tez o'zgarishi, buxgalterlar va tadbirkorlar uchun qiyinchiliklar yaratadi. Soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar va yangilanishlarni tezda amalga oshirish zarurati ko'pincha xatoliklar yoki kechikishlarga olib kelishi mumkin. Bu esa korxona uchun moliyaviy barqarorlikni taminlay olmasligiga olib keladi. -Soddalashtirilgan tizimlar va amaliyotlar o'rtasidagi nomuvofiqlik. Soddalashtirilgan buxgalteriya tizimlari kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan bo'lsa-da, ba'zi hollarda ular o‘rtacha yoki katta bizneslar uchun moslashgan tizimlar bilan muammoli bo‘lishi mumkin. Kichik korxonalar uchun yaratilgan soddalashtirilgan hisobotlar va soliq to‘lovlari tizimlari ba'zan shaffoflikni ta'minlashda yoki yirik va o‘rta bizneslar bilan raqobatlashishda qiyinchiliklar yaratadi. Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobini soddalashtirishda bir qator ijobiy o'zgarishlar mavjud bo'lsa-da, yuqorida qayd etilgan muammolar hali ham o'z yechimini kutmoqda. Bizning fikrimizcha O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash va ularning buxgalteriya tizimini soddalashtirishni davom ettirish uchun yanada kengroq normativ-huquqiy va amaliy asoslarni ishlab chiqarsak maqsadga muvofiq bo’

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi standarlarini soddalashtirish muammolarini atroflicha ko’rib chiqamiz va bu muammolarni oldini olish yo’llari bo’yicha qisqacha to’xtalib o’tamiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi standarlarini soddalashtirish muammolarini atroflicha ko’rib chiqamiz va bu muammolarni oldini olish yo’llari bo’yicha qisqacha to’xtalib o’tamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hisob-kitobda avtomatlashtirish, soliq majburiyatlari, Kalit so’zlar: kichik biznes, soddalashtirilgan hisob-kitob
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники