Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QO’QON XONLIGIDA BA’ZI SOLIQ TURLARI (BUXORO VA XIVA XONLIGIDAGI SOLIQ TURLARIGA QIYOSIY TAXLIL)
Mirzaodilova Nigora Avazjon qizi · Obidjonova Gulchexra Mamirjon qizi.
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqola orqali Qo‘qon xonligidagi soliqlarning turlari ularning miqdori va soliqlar yukining dehqonlar gardaniga juda og‘ir tushishi, soliq yig‘ishdagi suiistemolliklar, Xudayorxon davridagi yangi soliqlarni joriy etilishi, Qo‘qon xonligining soliq tizimi va boshqa O‘rta Osiyo xonliklaridan farq qilishligini bilib olasiz. Kalit so‘zlar: soliq, majburiyat, zakot, xiroj, ushr, xossachi, beklik, tanobona, tagi joy, tarozi puli, tamaki puli, Xudoyorxon. O‘rta Osiyoda qadimdan paydo bo‘lib, davlatchilikning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan barcha davlatlar yosh O‘zbekiston davlat qurilishining asosini tashkil qiladi. Boy tariximizni o‘rganishdan asosiy maqsad, ularning davlatchilik siyosatini o‘rganib, sinalgan tajribalarni yangi zamonga moslab tadbiq etishdir. Davlat qurilishining poydevorini moliya sohasidag islohatlar tashkil etadi. Moliya sohasida davlatning daromadini ko‘paytiruvchi soha bu - soliq sohasidir. Tarixdan ham malumki, soliqlar davlatlarning asosiy daromad manbai bo‘lgan. Soliq sohasida islohatlar hukumdorlar[4:5-6-b] va aholi o‘rtasidagi munosabatlarni yaqqol ko‘rsatib beradi. Davlatchilik siyosatida soliq sohasi shunday o‘ringa egaki, agar bu soha shartli tartiblar asosida shakllantirilsa, adolat mezonlariga, qonun-qoidalariga amal qilinib olib borilsa, albatta bu davlatning ravnaqi, kelgusi taraqiyoti ta’minlangan bo‘ladi. Davlatchiligimizda muhim o‘rin tutgan soliq siyosatining rivojlantirish uchun ham bu Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 271 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sohadagi izlanishlarni davom ettirish kerak. Chunki bu soha hozirgi kunda jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaganligi bois, biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzu o‘z dolzarbligiga ega. Xonliklardagi soliq tizimimni o‘rganishda barcha sohalar qatori, bu yo‘nalishning tarixiy ildizlarni chuqquroq bilish uchun ham tarixiy manbalarning o‘rni beqiyos. Ushbu yo‘nalishdagi manbalarni to‘rtta guruhga ajratishimiz mumkin. Qo‘qon xonligi soliq tizimiga oid manbalar to‘liq emas ya‘ni aynan shu mavzuga bag‘ishlab mahlliy muarrixlar ham, xonlikka tashrif buyurgan xorijiy sayohlar alohida manba yaratishmagan. Bu haqida Z.N.Xatomovaning “Qo‘qon xonligida soliq tizimi” nomli disertatsiyasida ham fikrlar yuritiladi.[4:9-12b] Qo‘qon xonligi soliq turlari haqida so‘z yuritar ekanmiz O‘rta Osiyodagi boshqa xonliklardan farq qilmagan, Xudoyorxon davriga kelganda esa xonlikda boshqa xonliklarda (Buxoro amirligi, Xiva xonligi) mavjud bo'lmagan yangi soliq turlarini joriy qiladi. Dastlab biz O‘rta Osiyoda mavjud b‘lgan Qo‘qon va Buxoro xonliklaridagi ayrim soliq turlarining o‘xshash va farqli jihatlariga to‘xatlmoqchimiz Xonlikda asosiy davlat xazinasini boyitadigan manba bu aholidan yig‘iladigan soliqlar edi. A.L.Kunining ma’lumotlariga qaraganda Xonlikda rasmiy soliqlar quydagilardan iborat bo‘lgan: natural xiroj yoki 1/10 soliq, zakot - tovardan olinadigan savdo solig‘i va hayvonlar hisobidan olinadigan soliq, bozorda savdogarlardan olinadigan soliq turi, tarozi solig‘i, daryodan o‘tkazib qo‘ygani uchun soliq, tuz boji va yana maxsus soliqlar ham bo‘lgan.[3:125-126-b] X.N.Bobobekov xonlikdagi soliqlarni ikki turga: xossachi va beklikka bo'lgan. Xossachi- daromad xon xazinasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushgan. Beklik – yig‘ilgan soliq beklik xazinasiga tushgan va beklik uning ma’lum bir qismini xon xazinasiga yuborilgan [3:126-b]. Xazinaga barcha soliqlar kelib tushgan. XIX-asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligining daromadi natura va puldan iborat edi. (Buxoro xonligida ham huddi shunday tartib joriy etilgan bo‘lib Buxoro xonligida mahsulot ko‘rinishidagi soliq xirmon ko‘tarish payitiga to‘g‘ri kelgan).Ularning bir qismi viloyat xokimlari qo‘lida saqlangan bo‘lib ular bu mablag‘lar xisobiga qo‘shin taminotini o‘z bo‘yinlariga olishgan edi, qolgan qismi xon xazinasiga tushgan. Xudoyorxonning (1805-1875-yy.) so'ngi hukmronlik yillarida xon xazinasiga har yili 1,5 mln rublga teng soliq tushardi [7: 5-8-b]. Sholi, bug‘doy, jo‘xori va boshqa donli ekinlardan g‘allaning 1/5 soliq sifatida olingan. Mevazor bog‘lardan [1: Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 272 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 37-b], uzumzor , sabzavot, paxta va boshqa o‘simliklar ekiladigan yerlardan esa uning satxi maydoniga nisbatan soliq to‘lanardi. Bunday yerlardan olinadigan soliq turi tanobona deb ataladi, shu bilan birga tanobona solig‘i ekilgan narsalarni e’tiborga olgan xolda uning miqdori bilan belgilangan. Masalan: X.N.Bobobekov fikriga ko‘ra terak va qayrog'och ekilgan bir tanob yerdan 50 tiyin, qovun, tarvuz ,bodring, beda, tut, piyoz va bahorgi sabzi ekilgan bir tanob yerdan bir so‘m, uzumzorlar va mevali daraxtlar ekilgan bir tanob yerdan ikki so‘mdan soliq olingan[8:55-78- b]. Shu o‘rinda shuni takidlab o‘tish joizki Buxoro xonligida ham Tanobona solig‘i mavjud bo‘lib u xonlikdagi boshqa soliqlar zakot va qo‘sh puli (Buxoro xonligida xirojning bir turi polizlarga bozorning yaqinligiga qarab olingan) qatorida faqat naqt pul ko‘rinishida olingan. Hosilni o‘lchashda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola orqali Qo‘qon xonligidagi soliqlarning turlari ularning miqdori va soliqlar yukining dehqonlar gardaniga juda og‘ir tushishi, soliq yig‘ishdagi suiistemolliklar, Xudayorxon davridagi yangi soliqlarni jori…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola orqali Qo‘qon xonligidagi soliqlarning turlari ularning miqdori va soliqlar yukining dehqonlar gardaniga juda og‘ir tushishi, soliq yig‘ishdagi suiistemolliklar, Xudayorxon davridagi yangi soliqlarni jori… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ushr, xiroj, tarozi puli, soliq, tanobona, majburiyat, tagi joy, tamaki puli, xossachi, beklik, zakot, Xudoyorxon.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025