К содержанию
РецензированоRU2025

FORTEPIANO IJROSI VA MUSIQANING INSON ORGANIZMIGA IJOBIY TA’SIRI

IJOBIY TA’SIRI · Ma’murova Maftunaxon Maqsud qizi · Ro‘zimurodov Ilyos Azamat o‘g‘li

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В статье представлен анализ положительного когнитивного воздействия игры на фортепиано и музыки на организм человек а также теоретические научные исследования и изыскания ученых и мыслителей. Ключевые фразы. Фортепианное исполнение, когнитивная положительная эффективность, теоретические научные исследования, анализ. Annotation. The article presents an analysis of the positive cognitive impact of playing the piano and music on the human body, as well as theoretical scientific research and studies by scientists and thinkers. Key phrases. Piano performance, cognitive positive efficacy, theoretical scientific research, analysis. Kirish Fortepiano ijrosi – bu ajoyib va ko‘p qirrali mahorat bo‘lib, u insonning o‘z his tuyg‘ularini, ijodkorligini va aql-idrokini musiqa orqali ifoda etish imkonini beradigan vosita demakdir. Ushbu faoliyat kognitiv, jismoniy va hissiy jihatdan keng ko‘lamli imtiyozlarni taqdim etish bilan birga insonga quvonch va qoniqish keltiradi. Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 302 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Fortepiano bu nafaqat cholg‘u asbobi balki ijodkorlik va shaxsiy rivojlanish va o‘sish uchun poydevordir. Fortepiano ijrosi: - Diqqatni oshiradi, uni bir joyga jamlashda xizmat qiladi - Xotirani charxlaydi - Miyya faoliyati samaradorligini oshiradi - Irodani mustaxkamlaydi. - Intizomni shakllantiradi - Emotsional ruhiy holatni muvozanatga keltiradi. - Tasavvurni oshiradi - Tafakkurni kengaytiradi. Fortepiano ijrosi insonning nafaqat musiqiy iste’dodini, balki umumiy intellektual va emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan juda katta vosita hisoblanadi. Fortepiano - mukammal va universal cholg‘u asbobi hisoblanib, undagi ijro mobaynida inson miyyasining ikkala yarim shari baravariga faol ishlaydi. Bu esa miyaning umumiy ishlash samaradorligini keskin oshiradi. Fortepiano ijrosi bir vaqtning o‘zida ko‘plab vazifalarni bajarishni talab qiladi. Uning natijasida diqqat va xotirani kuchayib boradi va inson aqliy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fortepiano chalish nozik va aniqlikni talab qilganligi sababli, qo‘l harakatlari koordinatsiyasini yaxshilaydi, motorik harakatlarni muvofiqlashtiradi. Musiqaviy ritm va tuzilma, matematik va til tizimlariga o‘xshash bo‘lib, bu sohalardagi ko‘nikmalarni ham rivojlantiradi. Tadqiqotlarga ko‘ra fortepiano ijrosi bilan muntazam shug‘ullanuvchi bolalarda matematika fani va tillarni o‘rganish boshqa bolalarga nisbatan osonroq va tezroq kechadi. Boshqa bolalarga nisbatan o‘zlashtirishlari yuqoriroq bo‘ladi. Fortepiano ijrosi nafaqat inson miya faoliyatiga balki uning psixoemotsional holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa orqali inson ichki kechinmalarini so‘zsiz ifoda eta olishi mumkin. Fortepiano ijro etish yoki musiqa tinglash (ayniqsa mumtoz musiqalar) inson organizmidagi kortizol ya’ni stress gormonini pasaytiradi va tinchlanishiga yordam beradi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha musiqiy terapiya depressiya, Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 303 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ruhiy tushkunlik, tashvish va havotir holatlarini еngillashtirishda samarali vosita hisoblanadi. Fortepiano ijrosi insonning ijtimoiy ya’ni shaxs sifatida rivojlanishida ham ijobiy o‘rin egallaydi. O‘zini ifoda eta olish, o‘z-o‘zini anglash, nazorat qila olish ko‘nikmalarini oshiradi. Muntazam ravishda shug‘ullanishlar, mehnat natijasida insonda intizom va sabr jadal shakllanadi. Turli xildagi sahnaviy chiqishlar orqali o‘ziga ishonch shakllanadi. Ijrochilik mahorati albatta inson temperamenti va xarakteri bilan uzviy bog‘liq. Shundan kelib chiqib u individual ham demakdir. Mashhur polyak pianinochisi Ignasiy Paderevskiy, o‘zining ajoyib pianinochilik yutuqlarining siri nimada ekanligi haqidagi savolga «Bir foiz talant, to‘qqiz foiz omad va 90 foiz mehnat» deb javob beradi. Fortepiano turli madaniyatlar va musiqiy an’analarda chuqur ildiz otgan asbobdir. Fortepiano ijrosini o‘rganish insonni turli davrlar va madaniyatlarning boy musiqa merosi va repertuari bilan tanishtiradi. Bular insonda an’analarni qadrlashni, madaniy tushuncha va musiqiy didni kengaytirishni o‘rgatadi. Fortepiano ijrosi ijodkorlikni oshiradi. Ijrochi ijro mobaynida musiqani o‘z hayolotida tasavvur qilishni, musiqiy tasvir yaratishni o‘rganadi. Uning dunyoqarashi yanada kengayishni, nozik did egasini shakllantirishni boshlaydi. Musiqa har bir xalqning madaniy merosi bo‘lib, insoniyat tarixida qadim zamonlardan beri mavjud. Musiqa — bu tovushlar, ritm, ohang (melodiya), tembr va garmoniyaning muayyan tizim asosida tashkil topgan san’at turidir. Musiqa insonlarning his-tuyg‘ulari, kechinmalari, kayfiyati va fikrlarini ifoda etish va uzatish vositasi sifatida xizmat qiladi. Musiqa - falsafa va ilm fan olimlari nazdida. Musiqaning qalbga, ruhiyatga, kayfiyatga va eng asosiysi inson organizmiga ijobiy ta’siri masalalari borasida, o‘rta asr sharq buyuk mutafakkirlaridan bo‘lmish bobolarimiz Abu Nasr Farobiyning «Musiqa haqida katta kitob», Abu Ali ibn Sinoning «Kitob ash-shifo», «Kitob an-naj

Доказательный фрагмент

«В статье представлен анализ положительного когнитивного воздействия игры на фортепиано и музыки на организм человек а также теоретические научные исследования и изыскания ученых и мыслителей.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлен анализ положительного когнитивного воздействия игры на фортепиано и музыки на организм человек а также теоретические научные исследования и изыскания ученых и мыслителей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tahlil., Fortepiano ijrosi, kognitiv ijobiy samaradorlik, nazariy ilmiy izlanishlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники