Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TABIIY, ANIQ HAMDA MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA FANLARINI O’QITISHDA ILG’OR TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Qayumova Zilola Furqat qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Mazkur maqola zamonaviy ta’limda tabiiy, aniq va muhandislik- texnologiya fanlarini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati yoritiladi. Talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilimlarni chuqur o‘zlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalar shakillantirishda innovatsion metodlar asosida ta’lim berishning samaradorligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: muhandislik, texnologiya, zamonaviy, mustaqil, intelektual, kontsepsiya, islohot, innovatsiya. Bugungi kunga kelib ta’lim tizimida yangilanishlar, raqamli texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘zgartirmoqda. Ayniqsa tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, fizika), aniq fanlar (matematika, informatika) va muhandislik-texnologiya yo‘nalishidagi fanlar hozirda zamonaviy pedagogik yondashuv va tajribalarni talab qilmoqda. O‘qituvchilar nafaqat an’anaviy bilimlarni yetkazish, balki innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida fanlarni tushunarli, qiziqarli va amaliy asosda o‘rgatish kutilmoqda. Ta’lim tizimida yurtboshimiz tomonidan ko‘plab islohotlar olib borilmoqda. Jumladan Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 179 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayoniga keng joriy etish, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini ta’minlash hamda innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kuchaytirilib, ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha tizimli choralar belgilandi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning intellektual salohiyatini yuksaltirish va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Jamiyat rivojining bugungi kundagi bosqichi bevosita, texnologiyalarning takomillashuvi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga о’z ta’sirini о’tkazmoqda. Ayniqsa, axborot uzatish tizimida tobora yangi о’zgarishlar texnologoyalari kuchayib bormoqda. Axborot va kommunikatsion texnologiyalar hamda kompyuter texnologiyasidan foydalanish rivojlanmoqda. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish bugungi kun talabiga aylandi. Muhandislik-texnologiya fanlarini o‘qitish jarayonida yangicha uslub va texnologiyalardan foydalanishimiz, yosh avlodning bilim saviyasini yuqori darajaga olib chiqadi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bugungi kunda pedagoklar uchun yangicha imkoniyat yaratdi. Texnologiya so‘zi yunonchada “techne”-san’at, “logos” – o‘qish (bilim, ta’lim) degan ma’nolarini anglatadi. Texnologiya so‘zining keng ma’noda tariflaganda, bilimlar hajmi, tor ma’noda- borliqni qayta tuzish usullari nazarda tutiladi. Muhandislik fanlarini o‘qitish jarayonida turli yondashuvlar asosida darsni tashkil qilish mumkin. Bunga misol tariqasida muammoli ta’lim tizimi, loyiha asosida Выпуск журнала №-26 Часть–5_ Май –2025 180 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT o‘qitish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, STEAM va reflektiv yondashuvlar shular jumlasidan. Muammoli ta’lim: Mazkur ta’lim yondashuvida talabalarning o‘zlari mustaqil ravishda muammoni tahlil qilib borishadi. Masalan: chizmachilik fanini o‘qitishda qanday metodikalardan foydalanish ta’lim sifatini oshiradi. Bunday savollarga har bir talaba o‘zining fikrini bildirib o‘tishi orqali pedagok kadrlarning kasbiy tajribasi oshib boradi. Loyiha asosida o‘qitish texnologiyasi: Loyihalash texnologiyasida o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘lingan holda muayyan bir loyiha ustida ish olib borishdi va amaliyotga tadbiq qilishadi. Bu, albatta, muhandislik-texnologiya fanlarini va dasturlash bo‘yicha darslarda samarili natijani beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan foydalanish: AKTda onlayn platformalardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarni shakillantiradi, simulyatsiya dasturlari va laborotiya orqali talabalarda dasturlash ko‘nikmasi shakillanadi. STEAM (S-science, T- technology, E-
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola zamonaviy ta’limda tabiiy, aniq va muhandislik- texnologiya fanlarini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola zamonaviy ta’limda tabiiy, aniq va muhandislik- texnologiya fanlarini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intelektual, mustaqil, texnologiya, muhandislik, islohot, kontsepsiya, zamonaviy, innovatsiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025