К содержанию
РецензированоUZ2025

CsPbBr3/MAPbI3 TARKIBLI PEROVSKIT KVANT NUQTALAR SINTEZI VA SPEKTRAL TADQIQI

SPEKTRAL TADQIQI · Norboyev Qodirbek Mardonqul oʻgʻli · Tashpulatov Xurshid Shukurovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu ishda ABX tuzilishiga mos keluvchi CsPbBr va MAPbI perovskitlar 3 3 3 ligandlar yordamida qayta choʻktirish (LARP) usulida sintez qilindi hamda bu perovskitlar asosida aralash tarkibli perovskitlar sintezi oʻrganildi. Olingan aralash perovskitlarning kalloid holatdagi eritmasining spektral xossalarini tadqiq qilindi va spektrlar siljishlari oʻrganildi. Spektrlarning siljishi emission maksimumi 600 nm da hosil boʻlishi kuzatildi Kalit soʻzlar. CsPbBr /MAPbI , LARP usuli, kvant nuqtalar, spektral xossalar. 3 3 Organik-noorganik kationli qoʻrgʻoshin asosidagi galogenli perovskit materiallar oʻzining ajoyib optoelektronik xususiyatlari va eritma asosida olinadigan fotovoltik materiallar sifatida ishlatilishiga koʻra muhim jarayonlardan biri sifatida oʻrganilinmoqda [1]. Dastlab Gustav Rose Ural togʻlarida CaTiO tarkibli perovskit birikmani kashf qildi va bunday tuzilishli moddalarni 3 Alekseyivich von Perovski sharafiga perovskitlar deb nomlaydi[2]. Perovskit materiallarni sintez qilishning eng ommabop usullari issiq ineʻksiya usuli, ultratovush yordamida sintez usuli, gidrotermal usul va xona haroratida ligandlar yordamida qayta choʻktirish usullari kabilar kiradi. Bu usullar orasida xona haroratida ligandlar yordamida qayta choʻktirish usuli yuqori harorat hamda inert atmosfera talab qilmaganligi uchun eng keng foydalaniladigan usullar sirasiga kiradi. Issiq ineʻksiya usulida perovskitlar sintezida 140 °C-200 °C harorat orqligʻida azot atmosferasida jarayon amalga oshiriladi. Dastavval Cs-oleat prekursori tayyorlab olingan va yuqori harorat ostida PbX eritmasi qoʻshiladi. Ligandlar sifatida aniq 2 oʻlchamlarda oleyin kislota va oleyin amin qoʻshilgan. Maʻlum vaqtdan soʻng eritma muz hammomiga tushirilgan(1-rasm). Natijada yorqin yashil fluoressensiyali CsPbBr tarkibli perovskit 3 kvant nuqtalari kolloid holatida ajratib olingan [3]. 1-rasm. Issiq ineʻksiya usulida CsPbX tarkibli perovskit kvant nuqtalari sintezi 3 MAPbI tuzilishli perovskit kvant nuqtalarini xona haroratida ligandlar yordamida qayta 3 choʻktirish usulida sintez qilish uchun dastlab MAI va PbI tuzlari asetonitril erituvchisida eritilgan. 2 194 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Hosil qilingan eritmaga oleyin kislotasi va oleyinamin ligandlar sifatida qoʻshilgan. Antisolvent sifatida xloroformdan foydalangan holatda kolloid holatidagi MAPbI tarkibli perovskit kvant 3 nuqtalari sintez qilingan[4]. Tajribaviy qism Materiallar. CsBr (seziy bromid), PbBr (qoʻrgʻoshin (II)-bromid), MAI (metilammoniy 2 yodid), PbI (qoʻrgʻoshin yodid), DMF (dimetilformamid), Asetonitril, Toluol, Xloroform. 2 Aralash holatdagi CsPbBr /MAPbI tuzilishli perovskit kvant nuqtalari sintezi. 3 3 Xona haroratida ligandlar yordamida CsPbBr tuzilishli perovskit kvant nuqtalari sintez 3 qilindi. CsPbBr tuzilishli perovskit kvant nuqtalarini hosil qilishda antisolvent sifatida toluoldan 3 foydalanildi. MAPbI ham xuddi shu usul orqali sintez qilindi. Lekin MaPbI tuzilishli perovskit 3 3 kvant nuqtalar sintezi uchun esa antisolvent sifatida xloroformdan foydalanildi. Hosil qilingan Perovskit eritmalaridan 1:1 hajm nisbatida xona haroratida aralashtirildi va CsPbBr /MAPbI 3 3 tuzilishli perovskit kvant nuqtalari hosil qilindi. Natijalar va ularning tahlili CsPbBr tuzilishli perovskit kvant nuqtalarining emission maksimumi 510 nm da hosil 3 boʻlishi kuzatildi. Ya’ni CsPbBr tuzilishli perovskit kvant nuqtalari yorqin yashil fluorossensiyaga 3 ega ekanligini anglatadi. MAPbI tuzilishli perovskit kvant nuqtalarining emission maksimumi esa 3 740 nm da hosil boʻlishi aniqlandi. Bu natijaga asoslangan holatda MAPbI tarkibli perovskit kvant 3 nuqtalari yorqin qizil fluoressensiyaga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin CsPbBr va MAPbI 3 3 tarkibli perovskit kvant nuqtalari aralashtirib olingan perovskit kvant nuqtalarining emission maksimumi 600 nm da hosil boʻlishi kuzatildi (2-rasm). 2-rasm. CsPbBr /MAPbI aralash perovskit kvant nuqtalarining nurlanish spektri. 3 3 Demak aralash holatidagi CsPbBr /MAPbI tarkibli perovskit nurlanish spektri CsPbBr 3 3 3 ning spektriga qaraganda oʻngga siljigan. Biroq MAPbI tarkibli perovskit kvant nuqtalari nurlanish 3 spektriga qaraganda chapga siljishi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar: 195 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL 1. Sun, S., Yuan, D., Xu, Y., Wang, A., & Deng, Z. (2016). Ligand-mediated synthesis of shape-controlled cesium lead halide perovskite nanocrystals via reprecipitation process at room temperature. ACS nano, 10(3), 3648-3657. 2. Chen, T. W., Ramachandran, R., Chen, S. M., Kavitha, N., Dinakaran, K., Kannan, R., ... & Chitra, S. (2020). Developing low-cost, high performance, robust and sustainable perovskite electrocatalytic materials in the electrochemical sensors and energy sectors:“An overview”. Catalysts, 10(8), 938. 3. Pathipati, S. R. (2021). Vacuum-assisted low-temperature growth of perovskite nanocrystals reaching near-unity photoluminescence quantum yield. Journal of Lumines

Доказательный фрагмент

«Ushbu ishda ABX tuzilishiga mos keluvchi CsPbBr va MAPbI perovskitlar 3 3 3 ligandlar yordamida qayta choʻktirish (LARP) usulida sintez qilindi hamda bu perovskitlar asosida aralash tarkibli perovskitlar sintezi oʻrga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ishda ABX tuzilishiga mos keluvchi CsPbBr va MAPbI perovskitlar 3 3 3 ligandlar yordamida qayta choʻktirish (LARP) usulida sintez qilindi hamda bu perovskitlar asosida aralash tarkibli perovskitlar sintezi oʻrga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
spektral xossalar., kvant nuqtalar, MAPbI3, LARP usuli, CsPbBr3
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники