Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
METANDAN MEZOG’OVAKLI UGLEROD SINTEZINI AMALGA OSHIRISHDA QO’LLANILGAN UZLUKSIZ ISHLOVCHI REAKTORINING MATEMATIK MODELI
Mamirzayev Mashrab Abdumalikovich.
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Maqolada tabiiy gazdan mezog‘ovakli faollashtirilgan uglerod olish jarayoni va samarali katalizatorlarni tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar yoritilgan. 15%Ni5%Co5%Fe5%Cu2%Mo/MG’S katalizatori eng yuqori unumdorlik va samaradorlik ko‘rsatgan. Kalit so‘zlar. Mezog‘ovakli uglerod, tabiiy gaz, katalitik piroliz, faollashtirilgan uglerod, katalizator samaradorligi, reaktor modellashtirish, d-elementlar, MG’S, metan pirolizi, energiya tejamkor texnologiya. Dunyoda mezog’ovakli faollashtirilgan uglerod olish jarayoni bo’yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo’nalishlarda: tabiiy gazdan mezog’ovakli uglerod olish reaksiyasi uchun yuqori unumdorlikka, selektivlikka, faollikka va barqarorlikka ega bo’lgan katalizatorlar yaratish hamda jarayonning kinetikasi va mexanizmini batafsil o’rganish bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Tabiiy gazdan mezog’ovakli uglerod olishga doir jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: mezog’ovakli uglerod olish, tabiiy gazdan mezog’ovakli faollashtirilgan uglerod olish uchun mo’ljallangan katalizatorlar samaradorligini oshirish va mezog’ovakli uglerod ishlab chiqarish imkoniyatlari, mezog’ovakli uglerod ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo’yicha tadqiqotlar bajarilgan bo’lib, jarayonlar uchun istiqbolli katalizatorlar tarkibida d-elementlar saqlagan birikmalar ekanligi aniqlangan [1]. Bugungi kunda mezog’ovakli uglerod ishlab chiqarishning eng muqobil va istiqbolli usuli tabiiy gazni havosiz joyda qizdirish jarayoni bo’lib, yuqori faollik va unumdorlikka ega bo’lgan barqaror katalizator yaratilmaganligi sababli sanoatga joriy etilgan emas. Shuning uchun tabiiy gazdan maksimal unum bilan mezog’ovakli uglerod olish maqsadida yuqori unumdorlikka ega bo’lgan katalizatorlar tanlash hamda energiya va resurstejamkor texnologiya yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda [2]. Metan katalitik piroliz mezog’ovakli uglerod olish uchun mo’ljallangan reaktorining uzluksiz ishlash rejimi katalizator qatlamining qurilma uzunligi bo’yicha gaz fazasiga nisbatan qarshi oqim bilan ko’chirish orqali amalga oshiriladi. 1-jadval Reaktorni matematik modellashtirish orqali olingan natijalarini laboratoriya ma’lumotlari bilan solishtirish (jarayon harorati 600°C). tajriba№ Unumdorlik, g/soat Mahsulot unumi, g/g taj. hisob. xato.,% taj. hisob. xato.,% Mezog’ovakli uglerod olish uchun tanlangan katalizator 15%Ni*5%Co*5%Fe*5%Cu/MG’S 1 1,4 1,4 2,14 3,0 2,9 4,33 2 3,0 3,1 3,23 6,0 6,3 4,76 3 5,1 5,3 3,04 3,3 3,5 5,71 4 3,2 3,0 6,25 3,3 4,0 17,50 188 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” 5 1,1 1,0 9,09 4,0 3,6 10,00 6 3,4 3,2 5,59 4,8 4,6 4,17 7 5,0 4,9 2,80 7,0 6,5 7,14 Mezog’ovakli uglerod olish uchun tanlangan katalizator 15%Ni*5%Co*5%Fe*5%Cu*2%Mo /MG’S 8 2,7 2,7 0,11 13,6 13,2 3,01 9 6,5 6,5 0,15 .5,6 5,6 0,54 10 6,8 6,7 1,03 12,9 12,7 1,47 11 7,5 7,4 1,47 12,3 12,0 2,60 12 7,2 7,0 2,36 15,4 15,0 2,66 13 6,0 5,9 2,17 15,9 15,5 2,45 14 5,5 5,5 0,55 13,9 13,8 0,79 15 8,3 8,3 0,36 13,4 13,4 0,30 16 7,0 7,0 1,00 14,5 14,6 0,41 1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, tajribadan o’tkazilgan eng yaxshi ko’rsatkich 15%Ni*5%Co*5%Fe*5%Cu/MG’S uchun 5.1 g/soat (3-tajribada) va 15%Ni*5%Co*5%Fe*5%Cu*2%Mo/MG’S uchun 8.3 g/soat (15-tajribada) ekanligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, ushbu tajribalar uchun uglerod unumdorligi mos ravishda 3.3 g/g va 13.4 g/g ni tashkil etadi. Bunday sharoitda 15%Ni*5%Co*5%Fe*5%Cu*2%Mo/MG’S mezog’ovakli uglerod olish uchun tanlangan katalizatoriga ustunlik berish kerak, chunki uni ishlatishda 15%Ni*5%Co*5%Fe*5%Cu/MG’S ga nisbatan yuqori unumdorlik bilan bir vaqtda katta mezog’ovakli uglerod olish uchun tanlangan katalizator tejalishiga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Tabiiy gazdan hosil bo‘lgan mezog‘ovakli uglerodning morfologiyasi. Tabiiy fanlar sohasidagi dolzarb muammolar va innovatsion texnologiyalar Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Materiallar toplami 4-5 aprel 2024. Toshkent 51-52 betlar 2. Fayzullayev N.I., Tillayev S.U., Mamirzayev M.A. Metandan nanouglerod va vodorod olish reaksiyasi tezligiga turli omillarning ta’siri. SamDU axboratnomasi 2023 yil 1/137son 95-101 bet 189
Доказательный фрагмент
«Maqolada tabiiy gazdan mezog‘ovakli faollashtirilgan uglerod olish jarayoni va samarali katalizatorlarni tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada tabiiy gazdan mezog‘ovakli faollashtirilgan uglerod olish jarayoni va samarali katalizatorlarni tanlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tabiiy gaz, reaktor modellashtirish, katalizator samaradorligi, Mezog‘ovakli uglerod, katalitik piroliz, d-elementlar, energiya tejamkor texnologiya., faollashtirilgan uglerod, MG’S, metan pirolizi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025