Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Α – GIDROSELENILMETILIDEN-2,3-TETRAMETILEN-3,4-DIGIDROXINAZOLIN-4-ONNI ELEKTROFIL O‘RIN ALMASHINISH REAKSIYALARI
Α – GIDROSELENILMETILIDEN-,-TETRAMETILEN-,-DIGIDROXINAZOLIN-- · Nasrullayev Azizbek Ozodovich · Qodirov Hakimjon Iskandarzoda Karimov Ilyosbek
Современная наука и исследования · 20–26 · 2025
Аннотация
Ilk marta α -gidroselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4- onning elektrofil oʻrin almashinish reaksiyalari (alkillash va atsillash) oʻrganildi. Bunda reaksiyalarning selen atomi boʻyicha kechib α –metilselenilmetiliden-2,3-tetrametilin-3,4- digidroxinazolin-4-on va α –asetoselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-onlar hosil boʻlishi aniqlandi Kalit so'zlar: α –gidroselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-on, metil yodid, ishqoriy muhit, α –metilselinilmetiliden-2,3-tetrametilin-3,4-digidroxinazolin-4-on, sirka angidridi, xona harorati, α –asetoselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-on. Geterosiklik birikmalar kimyosining jadal suratlar bilan rivojlanishi natijasida azaldan davosiz boʻlib kelgan kasalliklarni davolash imkoniyatlari vujudga keldi. Misol tariqasida, oʻtgan asrning 40-yillarida tarkibi asosan geterosiklik birikmalardan tashkil topgan antibiotiklarning kashf etilishi qanchadan qancha davosiz kasalliklarni davolash imkonini yaratganligiga tarix guvoh. Tarkibida piridin, izoxinolin va xinazolin halqalari tutgan geterosiklik birikmalar asosida yaratilgan dori- darmon vositalari (alkaloidlar, porfirinlar, terninoidlar, vitaminlar, korfermentlar) hozirgi kunda tibbiyot sohasida muvaffaqiyat bilan qoʻllanilib kelmoqda. Shuningdek geterosiklik birikmalar orasidan izlab topilgan pestisidlar qishloq xoʻjaligida keng va samarali miqyosda qoʻllanilib kelinmoqda. Yuqorida aytilgan yutuqlartga erishishga OʻzR FA Oʻsimlik Moddalar Kimyosi Instituti, OʻzR FA Bioorganik kimyo instituti, SamDU Kimyo fakulteti olimlarining ham hissalari beqiyosdir. Bizning jamoamiz ham bu yutuqlarga qoʻldan kelgancha oʻz hissamizni qoʻshib kelmoqda. Biz bundan ilgari 2,3-tritetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-on va –tionlarning sintezi boʻyicha bir qancha tadqiqot ishlarni olib borib yaxshi natijalarni qo`lga kiritgan edik [1-4]. Yuqoridagi mavzu boʻyicha ilmiy ishlarni davom ettirgan holda α –gidroselenilmetiliden-2,3- tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-onni elektrofil oʻrin almashinish (alkillash va asillash) reaksiyalarini oʻrganishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻydik. α –Gidroselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-onni metil yodid bilan reaksiyasini oʻrgandik. Reaksiya xona haroratida etil spirtining ishqorli eritmasida olib borilganda 40% unum bilan α –metilselinilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-on hosil boʻldi: 182 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” 1 2 Shunday qilib, α –gidroselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-onni (1) alkillash reaksiyalari selen atomiga ketishigi koʻrsatildi. Shuningdek α –gidroselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-onni (1) sirka angidridi bilan atsillash reaksiyasini ham oʻrgandik. Reaksiya suv hammomida 50-600C da qizdirib olib borilganda, bunda ham reaksiya selen atomi boʻyicha ketib 45% unum bilan α – asetoselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-on (3) hosil boʻldi 1 3 Sintez qilingan birikmalarning tuzilishi fizik tadqiqot usullari (IQ-, PMR-spektroskopiyalari va mass-spektrometriya) yordamida tasdiqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nasrullaev A. O., Tillaev S. U., Tukhtaev D. B., Gaibulaev Sh.Sh., Kadyrov Kh.I., Zakhidov K. A. Synthesis of some derivatives of 2,3‑trimethylene‑3,4‑dihydroquinazoline‑4‑thione // Universum: chemistry and biology. – No. 10(112). October, 2023. – P. 20–26. 2. Elmuradov B. Zh., Yakubov U. M., Zhurayev B. B., Tadjimukhamedov K. S., Zakhidov K. A. Selective Bromination of Tricyclik Quinazolines // World wide journal of multidisciplinary research and development. 2017. – 3(10). – P. 3. Gaibullaev Sh. Sh., Tukhsanov F. S., Asrorov D. A., Nasrullaev A. O., Tillaev S. U., Zakhidov K. A. Synthesis and nitration of 2,3‑polymethylene‑3, 4‑dihydroquinazoline‑4 ‑thiones// Scientific Bulletin of SSU. 3(133). 2022. – P. 61–64. 4. Nasrullaev A. O., Tillaev S. U., Tukhtaev D. B., Gaibullaev Sh. Sh., Zakhidov K. A. Synthesis and biological activity of α-arylidene(furfurylidene‑2)- 2,3‑polymethylene‑3,4‑dihydroquinazoline‑4‑thiones // Universum: Chemistry and biology. – No. 6 (108). June, 2023. –P. 14–20. 183
Доказательный фрагмент
«Ilk marta α -gidroselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4- onning elektrofil oʻrin almashinish reaksiyalari (alkillash va atsillash) oʻrganildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюIlk marta α -gidroselenilmetiliden-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4- onning elektrofil oʻrin almashinish reaksiyalari (alkillash va atsillash) oʻrganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- α –gidroselenilmetiliden-2, 3-tetrametilen-3, 4-digidroxinazolin-4-on, metil, sirka angidridi, 4-digidroxinazolin-4-on., xona harorati, metil yodid, 3-tetrametilin-3, ishqoriy muhit, α –asetoselenilmetiliden-2, α –metilselinilmetiliden-2
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025