К содержанию
РецензированоUZ2026

ALIZARIN REAGENTIDAN FOYDALANIB MIS(II) VA RUX(II) IONLARINI SELEKTIV ANIQLASHNING ANALITIK ASOSLARI.

ANIQLASHNING ANALITIK ASOSLARI. · Xamdamova Shahnoza Baxtiyor qizi · Abdaxatova Odina Usmon qizi · Kosimova Xurshida Rajabboyovna

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada alizarin reagentidan foydalanib mis(II) (Cu²⁺) va rux(II) (Zn²⁺) ionlarini selektiv aniqlashning analitik asoslari tadqiq etildi. Tadqiqot doirasida alizarin– metal ionlari o‘rtasida hosil bo‘ladigan kompleks birikmalarning xossalari, optimal pH muhit, reaksiyaning rangli mahsulotlar hosil qilishi va ularning spektrofotometrik xossalari o‘rganildi. Mis va rux ionlariga xos yutilish maksimumlari aniqlanib, ularning konsentratsiyasiga nisbatan to‘g‘ri bog‘liqlik grafigi qurildi. Tadqiqot natijalari alizarinning selektiv indikator sifatidagi imkoniyatlarini yoritib berdi va turli sanoat yoki atrof-muhit namunalarida Cu²⁺ va Zn²⁺ ni aniqlashda samarali vosita sifatida qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: Alizarin, mis(II) ionlari, rux(II) ionlari, selektiv aniqlash, spektrofotometriya, kompleks birikma, indikator reagent. Kirish: Zamonaviy analitik kimyoning muhim yo‘nalishlaridan biri bu og‘ir metall ionlarini aniqlashning tez, aniq va arzon usullarini ishlab chiqishdan iborat. Ayniqsa, mis(II) va rux(II) ionlari biologik va ekologik jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli ularni aniqlash bo‘yicha samarali reagentlar izlanmoqda. Alizarin — rangli organik birikma bo‘lib, metall ionlari bilan kompleks hosil qilish xususiyatiga ega. Ushbu maqolada alizarin yordamida Cu²⁺ va Zn²⁺ ionlarini selektiv aniqlash imkoniyatlari o‘rganiladi.[1, 52-54 b.] Bu metod atrof-muhit monitoringi va sanoat chiqindilarini tahlil qilishda qo‘llanilishi mumkin. Adabiyotlar tahlili: Og‘ir metall ionlarini, xususan mis(II) va rux(II) ionlarini aniqlash sohasida ko‘plab klassik va zamonaviy analitik usullar mavjud. Xromatografiya, atom-absorbsiya spektroskopiyasi va induksiyalangan plazmali massaspektrometriya kabi usullar yuqori aniqlikka ega bo‘lsa-da, ularning uskunaviy talablarining yuqoriligi va xarajatdorligi amaliy tahlilni cheklaydi.[2, 83 b.] Organik reagentlar asosida kolorimetrik va spektrofotometrik aniqlash metodlari esa oddiy, arzon va tezkorligi bilan ajralib turadi. Alizarin (1,2-digidroksiantraxinon) molekulasi fenolik guruhlari orqali metall ionlari bilan barqaror rangli komplekslar hosil qiladi. Shu sababli u indikator sifatida keng tadqiq qilinmoqda.[3, 6 b.] Oldingi tadqiqotlarda alizarin mis ionlari bilan qizg‘ish kompleks, rux ionlari bilan esa to‘q sariq-yashil tusli komplekslar hosil qilishi kuzatilgan va ularning yutilish maksimumlari aniqlangan. Ko‘pgina ilmiy ishlarda alizarin asosidagi reagentlar selektivlik darajasi, pH muhitiga bog‘liqligi va kompleks hosil bo‘lish kinetikasi asosida tahlil qilingan.[4, 20 b.] Biroq, ko‘plab reagentlar o‘zaro interferensiyaga ega bo‘lganligi sababli selektivlik darajasini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar hanuz davom etmoqda. Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada alizarin asosidagi selektiv tahlilning nazariy va eksperimental asoslarini chuqurroq yoritish maqsad qilingan.[5, 58 b.] 179 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Metodologiya: Tadqiqot ishining metodik asosi spektrofotometrik analiz usullariga tayangan bo‘lib, bunda alizarin reagentining Cu²⁺ va Zn²⁺ ionlari bilan hosil qiladigan komplekslarining optik xossalari o‘rganildi. Ish quyidagi bosqichlarda olib borildi: 1. Reaktivlar tayyorlanishi: Analitik tozalikka ega alizarin, mis(II) sulfat (CuSO₄·5H₂O) va rux(II) sulfat (ZnSO₄·7H₂O) eritmalari tayyorlandi. Alizarin eritmasi etanolda 0,1% konsentratsiyada eritildi. 2. Kompleks hosil qilish reaksiyasi: Har bir metal ion eritmasiga alizarin eritmasi qo‘shilib, pH muhit fosfat-tamponlar yordamida 5–8 oralig‘ida sozlandi. Rangsiz va rangli eritmalar orasidagi farq vizual hamda spektrofotometrik kuzatildi.[6, 77 b.] 3. Spektrofotometrik tahlil: Hosil bo‘lgan komplekslarning yutilish spektri 400–700 nm diapazonda UV-Vis spektrofotometrda o‘lchandi. Har bir ion uchun maksimal yutilish to‘lqin uzunligi (λmax) aniqlandi.[7, 35-36 b.] 4. Kalibrlash grafigi: Turli konsentratsiyadagi Cu²⁺ va Zn²⁺ ionlariga alizarin qo‘shilib, ularning optik zichligi o‘lchandi va konsentratsiyaga nisbatan grafik chizildi. Bu grafiklar yordamida aniqlash chegarasi va sezuvchanlik baholandi.[8, 30 b.] 5. Selektivlik baholanishi: Boshqa ionlarning (Na⁺, Mg²⁺, Fe³⁺) mavjudligida alizarinning mis va rux ionlariga nisbatan sezuvchanligi va interferensiya ta’siri aniqlandi.[9, 117 b.] Ushbu metodologiya asosida olingan natijalar reagentning selektivligi va analitik foydaliligini aniqlashga xizmat qildi. Natijalar: Ushbu chizmada alizarin reagentining mis(II) ionlari bilan reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan kompleksning yutilish spektri tasvirlangan. Spektrda maksimum yutilish λ = 520 nm da kuzatiladi. Bu to‘lqin uzunligi Cu²⁺–alizarin kompleksi uchun xos bo‘lib, uning optik faolligi selektiv aniqlash imkonini beradi. Rux(II) ionlari bilan hosil bo‘lgan kompleksning yutilish spektri 470 nm atrofida maksimumga ega. Zn²⁺ va Cu²⁺ ionlari uchun yutilish maksimumlari bir-biridan farq qilgani sababli, ularni spektral usulda ajratish imkoniyati mavjud. Opt

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada alizarin reagentidan foydalanib mis(II) (Cu²⁺) va rux(II) (Zn²⁺) ionlarini selektiv aniqlashning analitik asoslari tadqiq etildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada alizarin reagentidan foydalanib mis(II) (Cu²⁺) va rux(II) (Zn²⁺) ionlarini selektiv aniqlashning analitik asoslari tadqiq etildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mis(II) ionlari, Alizarin, selektiv aniqlash, indikator reagent., spektrofotometriya, rux(II) ionlari, kompleks birikma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники