Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MIS IONINI UV/VIS SPEKTROFOTOMETRIYADA MIQDORIY ANIQLASH METODIKASI
Kuchkorov O.A. · Erdanov F.F. · Ahmadova M.A. Abduraximova Sh.
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Mis (Cu²⁺) ionini UV/VIS spektral usulda miqdoriy aniqlash bo‘yicha metodika yoritilgan. Mis ionining rang hosil qiluvchi kompleks birikmalar hosil qilishi asosida uning konsentratsiyasini aniqlash imkoniyati ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda yoritilgan usul yuqori sezuvchanlik, qayta takrorlanish va analitik aniqlik bilan ajralib turadi. Shuningdek, namunalarni tayyorlash, reagentlar bilan o‘zaro ta’siri, to‘lqin uzunligi tanlash va kalibrlash grafigini tuzish bosqichlari ham keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: UV/VIS spektrofotometriya, mis ionlari, kompleks birikma, konsentratsiya aniqlash, kalibrlash grafigi. Kirish. Mis ionlari (Cu²⁺) ko‘plab sanoat, qishloq xo‘jaligi va ekologik tizimlarda keng tarqalgan bo‘lib, ularning ortiqcha miqdori inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, turli tabiiy va sun’iy muhitlarda mis ionlarining miqdorini aniqlash ekologik monitoring va sanitariya nazorati uchun dolzarb hisoblanadi. UV/VIS (ultrabinafsha va ko‘rinadigan nur diapazonida) spektrofotometriya oddiy, tezkor va aniq metodlardan biri bo‘lib, mis ionini aniqlashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur maqolada mis ionining rangli kompleks hosil qiluvchi reagentlar bilan reaksiyasiga asoslangan UV/VIS spektrofotometrik metodika tavsiflanadi. Tadqiqotning nazariy asoslari : UV/VIS spektrofotometriya moddalar tomonidan nur yutilishini o‘lchashga asoslangan usul bo‘lib, modda konsentratsiyasini Lambert-Beer qonuniga binoan aniqlash imkonini beradi. Mis ionlari ba’zi organik reagentlar bilan kompleks birikmalar hosil qilib, o‘ziga xos spektral xususiyatlarga ega bo‘ladi. Mis ionini aniqlashda eng ko‘p qo‘llaniladigan reagentlardan biri — neokuproin yoki PAR (4-(2-piridilazo)rezorsinol) hisoblanadi. Tajriba o‘tkazish tartibi: Asbob-uskunalar: UV/VIS spektrofotometr (300–800 nm oralig‘ida ishlovchi), analitik tarozi, pH-metr. Reagentlar: Mis(II) sulfat (CuSO₄·5H₂O), neokuproin yoki PAR, asetat bufer eritmasi. Namuna tayyorlash: Mis ioni standart eritmasi 1000 mg/l konsentratsiyada tayyorlanadi va kerakli miqdorlarda suyultirilib, 1–10 mg/l oralig‘idagi ishchi eritmalar olinadi. Kompleks hosil qilish: Har bir ishchi eritmaga reagent qo‘shiladi va 10 daqiqa davomida xona haroratida saqlanadi. O‘lchovlar: Absorbtsiya 510 nm (neokuproin) yoki 490 nm (PAR) to‘lqin uzunligida o‘lchanadi. Kalibrlash grafigi tuzish UV-5100 UV/VIS spektrofotometrining A (optic zichlikga bog’liqlik) REJIMI 1-qadam, Kirish oynasidagi (Interface) A rejimiga o'ting Asosiy interfeysda kursorni "A" ga o'tkazish uchun MODE tugmasini bosing, joriy namunaning Absorbsiya qiymatini ko'rasiz. Uzluksiz o'lchash interfeysiga o'tish uchun ENTER tugmasini bosing. (4-5.-rasm.); 169 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL 1.- rasm 2-5-bosqichlar T-rejimi bilan bir xil, iltimos, 4.1-banddagi tegishli operatsiyaga qarang. 4.3 C-Rejim (Standart egri chiziq-Standard Curve) 1) C-rejim kirish oynasiga o'tish Asosiy interfeysda kursorni "C" ga siljitish uchun strelka tugmachasini bosing, keyin ekranda 2- rasmdagi oyna ko’rinadi. Bu yerda siz yangi egri chiziq yaratishingiz yoki saqlangan egri chiziqni yuklashingiz mumkin. Agar saqlangan egri chiziqni o'chirmoqchi bo'lsangiz, shunchaki “Delete Curve” ni tanlang. 2) Create Curve (Egri chiziq hosil qilish) Agar siz bir nechta standart namunalar bo'yicha yangi standart egri chiziq yaratmoqchi bo'lsangiz, kursorni "Create Curve" ga siljitish uchun strelka tugmasidan foydalaning, so'ngra tasdiqlash uchun ENTER tugmasini bosing. Tizim sizdan standart namunalar miqdorini kiritishingizni so'raydi. (4-7-rasm) (3-rasm) 1-qadam, to'lqin uzunligini o'rnatish To'lqin uzunligini sozlash interfeysiga o'tish uchun GOTO tugmasini bosing va WL ni kiriting. Strelka tugmasi bo'yicha qiymatni kiriting va tasdiqlash uchun ENTER tugmasini bosing. (4-rasm); 170 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” (4-rasm) 2-qadam, standart namunalar miqdorini kiritish Standart namunalar miqdorini kiritish uchun strelka tugmasidan foydalaning, so’ngra tasdiqlash uchun ENTER tugmasini bosing. Tizim quyidagi interfeysga o'tadi. (5-rasm) (5-rasm) 3-qadam, 100%T/0Abs kalibrofkalash Taqqoslash (etalon) eritmani yorug'lik yo'liga qo'ying, so'ngra 100%T/0Abs kalibrofkalash uchun ENTER tugmasini bosing; 4-qadam, Standart namunalar konsentratsiyasini kiritish Yorug'lik yo'ligaa 1# standart namunani qo’ying va strelka tugmachasi bilan uning kontsentratsiya qiymatini kiriting, so'ngra tasdiqlash uchun ENTER tugmasini bosing. Tizim keyingi ekran menyusiga o'tadi. (6- rasm) (6- rasm) Yorug'lik yo'liga 2 # standart namunani qo’ying va uning konsentratsiyasini kiriting, so'ngra tasdiqlash uchun ENTER tugmasini bosing. Oxirgi namunaning konsentratsiyasi tugaguncha yuqoridagi amalni takrorlang. 5-qadam, darajalash grafigini ko'rish Oxirgi standart namuna tugagach, tasdiqlash uchun ENTER tugmasini ikki marta bosing, so'ngra standart darajalash egri chizig’i va uning tenglamasi avtomatik ravishda ekranda ko'rinadi. (7-r
Доказательный фрагмент
«Mis (Cu²⁺) ionini UV/VIS spektral usulda miqdoriy aniqlash bo‘yicha metodika yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMis (Cu²⁺) ionini UV/VIS spektral usulda miqdoriy aniqlash bo‘yicha metodika yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mis ionlari, UV, VIS spektrofotometriya, kalibrlash grafigi., kompleks birikma, konsentratsiya aniqlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026