Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ATROF – MUHIT OB’YEKTLARINING EKOANALITIK MONITORINGI
Tuxsanov Feruz Sadullayevich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Oqava suvlarning atrof-muhit ob’yektlarining sofligiga ta’siri g’oyat kattadir. Ushbu maqolada Siyob va Obi-Mashat ariqlarining shaharga kirish va chiqish joylaridan olingan oqava suv namunalarining kimyoviy, elektrokimyoviy va fotometrik analiz natijalari metrologik jihatdan matematik – statistika usullari yordamida baholanish asosida muhokama qilingan. Kalit so’zlar: Atrof-muhit, ob’yekt, kimyoviy, elektrokimyoviy, tuproq, suv, qishloq xo’jaligi, sanoat korxonalari, monitoring, ftorid, xlorid, fosfat, nitrat Ekologik muammolar hozirgi davrda atrof – muhit muhofazasi va tabiiy resruslardan oqilona foydalanish kabi muammolarni o’z ichiga olib, yer yuzidagi har bir insonning unga nisbatan ma’suliyatini oshirmog’i zarur. Ekologik muammolarning murakkabligi, turli – tuman rejalarga asoslanganligi, ularning bir – biriga zidligi davlatlar o’rtasida umuminsoniy ekologik strategiyani ishlab chiqish imkonini bermaydi. Bugungi kunda ushbu ekologik muammolar sifatida: biologik; kimyoviy; texnikaviy; sotsial-iqtisodiy omillarni keltirish mumkin. Qayd etilgan jihatlar yuzasidan dunyo mamlakatlari aholisi bir to’xtamga, bitimga ega emaslar. O’zbekiston Respublikasi hukumati mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ekologiya va atrof – muhit muhofazasiga e’tibor berib, uni ham birinchi navbatdagi vazifalaridan biri qilib qo’ydi. Bunga sabab, bizning mamlakatimizning asosiy milliy boyligi yerning tuzilishi tarkibiga ichimlik, sug’orishda ishlatiladigan va oqova suvlarning hamda atmosferamizning sofligiga juda ko’p jihatdan bog’liqdir. Tuproq tarkibi nafaqat kimyolashtirish natijasida buzilib bormoqda, balki unga ko’rsatilayotgan ekologik ta’sir natijasida ham o’zgarib borayotir. Bunga esa atmosfera havosi va sug’orish tizimi orqali tushayotgan (oqova suvlar natijasida) turli kimyoviy moddalar ham sabab bo’lmoqda. Bunday o’zgarish nafaqat insonlar uchun, balki barcha tirik organizmlar uchun ham katta xavf tug’diradi. Qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan yerlarning unumdorligini oshirish va yuqori hosil olishning asosiy omillaridan biri ham uning ekologik muammolarini hal qilishdan iboratdir. Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda asosan, turli mineral va mahalliy o’g’itlardan foydalaniladi va ular mahsulot sifatini yaxshilaydi. Lekin dehqonchilikda foydalanilayotgan yerlarga doimiy ravishda har yili bir xil o’g’itlardan foydalanish mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hatto ekin maydonlarini himoyalashda qo’llanilayotgan bir xil turdagi gerbitsid, pestitsid va fungitsidlar ham ba’zi bir kimyoviy elementlar, birikmalar miqdorining to’planishiga sabab bo’lmoqda. Sug’orish tizimlari orqali ham ba’zi mineral moddalarning tuproqda to’planishi va ko’p hollarda me’yordan ortib ketishi sodir bo’ladi. Xo’jaliklarda ishlatilayotgan suvning miqdori va sifat ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash ham analitik monitoringning bir bosqichi hisoblanadi. 166 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Sanoat korxonalari va shahar hududiga yaqin tumanlarning qishloq xo’jaligida sug’orish uchun foydalanilayotgan daryo, ariq suvlariga ko’p miqdorda (yil fasllariga qarab) oqova suvlarning qo’shilayotganligi bugungi kunda sir emas. Oqova suvning intensiv ta’sir zonasida suv va tuproq tarkibidagi biologik va biokimyoviy jarayonlar ham buziladi, zaharli moddalar konsentratsiyasi esa ba’zan ruxsat etilgan me’yor darajasidan ortib ketadi. Shuning uchun yerdan unumli foydalanishni xohlagan dehqon – fermer yerning agrokimyoviy va sanitar holatidan xabardor bo’lishi hamda tuproqning analitik kartasiga ega bo’lishi zarur. Yerga ishlov berayotgan fermerlar atrofidagi xo’jaliklar yerlarining holatiga ham e’tibor berishi va xo’jalik yerlarining tuproq tarkibi har xil bo’lib qolmasligiga juda ehtiyot bo’lmoqlari kerak. Analitik ma’lumotlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, hatto sug’orishda qo’llanilayotgan suv manbalarining va tuproqning kimyoviy tarkibini doimiy tahlil qilib turish ba’zi mineral va organik o’g’itlardan foydalanishni cheklab, iqtisodiy samara berishi mumkin. Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasida ham ko’p yillardan beri viloyat, shahar hududidagi oqova suvlar, tuproq, atmosfera havosi tarkibidagi turli zaharli moddalarni doimiy analitik nazorat qilish yo’lga qo’yilgan. Shaharga kirish va chiqish joylardan olingan oqova suv namunalariga qarab, ariq va daryo suvlarining ifloslanish darajasi ham ortayotganligi to’g’risida [1] xulosa qilish mumkin. Quyidagi jadvallarda Siyob va Obi – Mashat ariqlarining shaharga kirish va chiqish joylaridan olingan oqova suv namunalarining kimyoviy tahlil natijalari keltirilgan. Jadval – 1. Obi – Mashat arig’idan olingan oqova suv tahlili. 2014 yil, may n=3, p=0.95 № Ingrediyentlar Ko’rsatkichlar, mg/l Shaharga Shahardan Farqlar kirish chiqish 1 Nitrat azoti 0.11 0.13 0.02 2 Xloridlar 31.4 42.1 9.7 3 Sulfatlar 122 148 26 4 Fosfatlar 0.16 0.19 0.03 5 Ammoniy azoti 0.75 3.57 2.82 6 Nitrit azoti 0.03 0.16 0.13 7 Muallaq zarrachalar
Доказательный фрагмент
«Oqava suvlarning atrof-muhit ob’yektlarining sofligiga ta’siri g’oyat kattadir.»
Образец извлечения
Демо-превьюOqava suvlarning atrof-muhit ob’yektlarining sofligiga ta’siri g’oyat kattadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fosfat, suv, monitoring, ftorid, tuproq, xlorid, kimyoviy, ob’yekt, sanoat korxonalari, qishloq xo’jaligi, Atrof-muhit, elektrokimyoviy, nitrat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025