Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASAVVUF ILMIDA ODOB VA HOL MAQOMI
Abbosov Abbosali
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Tasavvuf ilmida odob va hol maqomlari uning darajalari manbalar asosida tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: odob, hol maqomi, qurb, muhabbat, jazba, sahvq, uns, mujohada, mushohada. Odob bu – go‘zal xulq, nafsi zohir va nafsi botinni tarbiya qilishdir. So‘fiylarning anglashlariga binoan odob to‘rtga bo‘linadi: 1.Shariat odobi. Bu – Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) shariati va sunnatiga amal qilish. 2.Tariqat odobi. Bu – bir tariqatga bog‘lanib, odob va arkonini o‘rganib, shu bo‘yicha harakat qilish. 3.Ma’rifat odobi. Bu – nafsi ammorani mag‘lub qilib, ilmi ilohiyni o‘zlashtirish. 4.Haqiqat odobi. Bu – Allohdan boshqasidan yuz burib, vahdat mayidan qonmoq. Ibodat, zikr va fikrning sunnatga muvofiq bo‘lishi uchun himmat ko‘rsatardilar. U zot sunnatga muvofiq suhbat yo‘li bilan muridlarni etishtirardi. U kishining quyidagi so‘zlari mashhur bo‘lib ketgan: “Bizning yo‘limiz suhbatdir. Xilvatda shuhrat, shuhratda esa ofat bordir. Xayr jamoat bilandir”1. Hol ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun u tasavvufda maxsus ilm - ilmi hol orqali o‘rganilgan. Tasavvuf ahli orasida «ilmi qol» va «ilmi hol» degan tushunchalar bo‘lgan. «Ilmi qol» til bilan ifodalasa bo‘ladigan ilmlar, ya’ni zohiriy ilmlar, chunonchi shariat ilmi ham shunga kirgan. «Ilmi hol» esa insondagi so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydigan g‘aroyib ruhiy kechinmalar, favqulodda fe’l-atvor, xislatlarning namoyon bo‘lishidir. Xuddi maqomotning bosqichlari bo‘lganiday, holning ham tasnif-ta’rifga keltirilgan bosqichlari mavjud: 1. Qurb 2. Muhabbat 3. Shavq 4. Uns 5. Mujohada 6. Mushohada 7. Mukoshafa Qurb (yaqinlik) – solikning o‘zini Alloh taologa yaqinlashganini his etish holati, Xudoning huzurini bevosita sezish, Xudo nigohining tushishini ham anglatadi. Qurbni so‘fiylar ko‘pincha Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamning Me’roj tuni Alloh huzuriga etganlari bilan qiyoslaydilar. Muhabbat maqomi qalbda kuchli tug‘yonning ko‘tarilishi, betoqat va bezovta bo‘lib, barcha go‘zalliklar manbai, qudratu nusrat, ne’matu rohat egasi Alloh tomon talpinishdir. Shavq – muhabbatning zo‘rayishi. Uns – (do‘stlashuv) esa ko‘nikish, Xudo mehriga, shafqatiga odatlanishni anglatadi. 1 Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy. Vasiyatnoma. – Toshkent. “Sharq”, – 1993y. – B.57. 1248 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Mujohada – nafsni mahv etishga qat’iy intilish, tanaga mashaqqatni ravo ko‘rib, ma’naviyat uchun jihod, ya’ni jangga kirish va g‘alaba qilish demak. Mana shunday jiddu jahd, shiddatli ruhiy iztiroblardan keyin solik Haq jamolini mushohada eta boshlaydi2. Mushohada (ko‘rish) esa o‘z navbatida g‘ayb pardalarining ochilib, ilohiy sirlarning kashf etilishiga yo‘l ochadi – mukoshafa martabasi hosil bo‘ladi. Albatta, bu martaba – manzillarning ketma-ketlik tartibini shartli, deb bilmoq kerak. Chunki bu holatlar solikda navbatma-navbat yuz berishi ham yoki birdaniga bir necha xislat sohibiga aylanishi ham mumkin. Tariqat maqomotlari bilan hol martabalari orasidagi aloqalar xususida shu gapni aytish mumkin. Voqean, ba’zi olimlar, jumladan, E.E.Bertels xavf, rajo kabi biz maqomot manzillari sifatida ko‘rsatib o‘tgan maqomlarni hol martabasi deb qayd etadi. Umuman, bu o‘rinda bir narsani aytib o‘tish joiz, ya’ni so‘fiylik iste’dodini nazarda tutish kerak. CHunki har bir sohada bo‘lganiday, so‘fiylikning ham o‘ziga xos iste’dodi bor. Buni tasavvufda jazba deb yuritganlar (ba’zilar buni ishq, junun so‘zlari bilan ham ifodalaganlar). Jazba – bu insondagi alohida ilohsevarlik mayli, ruhiy va tafakkuriy-shuuriy bir tavajjuhdir. Hazrati Bahouddin Naqshbanddan bu martabaga qanday qilib erishdingiz, deb so‘raganlarida, ul zot mana bu arabcha jumla bilan javob bergan ekanlar: “Jazbatun min jazabotil haqqi yuvazil amalis saqalayni”, ya’ni: “Odamzot va jinlarning amali uchun Haqning jazbalari – tortishlaridan bir tortish kifoya”. Demak, jazba – tortish, Haqning bandalariga va bandalarning Haqqa intilishi, irodani Ilohga bog‘laydigan dard. U ko‘ngilni betoqat etib, faqru fano yo‘liga etaklayveradi. Jazba qancha kuchli bo‘lsa, solik shuncha tez tariqat odobini o‘zlashtirib, qalb ko‘zi ochiladi, holga kiradi. Maqomot xususida gap ketganda, shuni ham ta’kidlamoqchimizki, ayrim nazariyotchilar maqomlar bilan hol martabalarini qo‘shib, tilga oladilar, ya’ni tariqatni “maqomot” va “hol” deb ikki qismga bo‘lmasdan, ikkalasini birga olib qaraganlar. CHunonchi, “Piri Hirot” laqabini olgan atoqli shayx Abdulloh Ansoriy “Manozil us-soirin” (“Sayr etuvchilarning manzillari”) nomli kitobida yozadiki, “Haq yo‘liga kirgan soliklar turfa holatlarda bo‘ladilar va har bir holatning o‘z sayri, bu sayrning boshlanish (ibtido) jarayoni va intihosi bo‘ladi”. Muallif bu holatlarni “abvob”, ya’ni “eshiklar” deb ataydi, chunki har bir holatning kiradigan eshigi bo‘lishi muqarrar, eshikdan kirgan odam esa o‘z holiga muvofiq muomala-munosabat, fe’lu atvor ko‘rsatadi3. Shunday qilib, tariqat manzillari Abdulloh Ansoriy nazdida o‘nta holatdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomlanadi: 1. Ibtid
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Tasavvuf ilmida odob va hol maqomlari uning darajalari manbalar asosida tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Tasavvuf ilmida odob va hol maqomlari uning darajalari manbalar asosida tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mujohada, sahvq, muhabbat, hol maqomi, mushohada., uns, jazba, qurb, odob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024