К содержанию
РецензированоUZ2021

COVID-19 KASALLIGIDA BUYRAKLAR EGRI-BUGRI KANALCHALARINING PATOLOGIK O‘ZGARISHLARINI MORFOLOGIK ASPEKTLARI

Badriddinov Oyatillo Usmonjon o‘g‘li · Erkinova Mohidil Ravshanjon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2021

Аннотация

This study examined 68 patients who died of COVID-19 in 2021 with pathomorphological changes in their kidney curves-bugri ducts. In this, it was observed that the affected kidneys of SARS-CoV-2 virus developed changes such as edema, dystrophy, necrobiosis and destruction in the basement intermediate tissue, as a result of which the ducts deformed, epithelium underwent dystrophy and destruction, interstitititia accumulated a lot of sour glycosaminglicans, increased hydrophilicity, fluid absorption, tissue structures trembled and destruct. Keywords: Covid-19, SARS-CoV-2 virus, kidneys, curved-bugri ducts, kong veins, blood burns, sclerotic changes. Dolzarbligi: SARS-CoV-2 virusining S-oqsili angiotenzinni o`zgartiruvchi 2tur fermenti (ACYe2) retseptorlariga o`xshash va uning ekspressiyalanishi SARS-CoV virusidan 10 barobar kuchlidir. SARS-CoV-2 virusi har qanday a’zo yoki to`qimani shikastlaganda uning kuchli replikatsiyalanishi viremiya, immun buzilishlar, gipoksiyaga sabab bo`ladi. Bu kasallikning tub patogenlik mohiyati destruktiv-produktiv trombovaskulit va giperkoagulyatsiyali sindrom, mikroangiopatiya va immun tizimning falajlanishi hisoblanadi [1,2,3,4]. 1236 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Ishning maqsad va vazifalari: COVID-19 kasalligidan vafot etganlarning kasallik tarixi va autopsiya bayonnomalari ma’lumotlari o`rganilib, retrospektiv taxlil o`tkazilib, buyraklarning buyraklar egri-bugri kanalchalarida yuzaga keladigan patomorfologik o`zgarishlarni o`rganish. Material va uslublar: 2021 yili baxor va yoz oylarida COVID-19dan vafot etgan va RPAM da tekshirilgan 68 nafar bemorlarni kasallik tarixi, autopsiya bayonnomasi ma’lumotlari tahlil qilindi. Autopsiyada a’zolardan olingan kesim bo`lakchalari 10% fosfat buferda tayyorlangan formalin eritmasida 72 soat qotirildi, gematoksilin – eozin usulida bo`yaldi. Natijalar: bemorlar bioptatlari o`rganilganda buyrak to`qimasida SARS-CoV-2 virusining S-oqsili ACYe2-fermentiga replikatsiyalanishi buyrak po`stloq qavati oraliq to`qimasi orqali qon tomirlari va kanalchalar devoridagi epiteliy hujayralarini shikastlashi kuzatildi. COVID-19 kasalligining asorati - o`tkir buyrak yetishmovchiligidan o`lgan bemorlar buyragi po`stloq qavati o`rganilganda to`qimasining barcha qismi kuchli shish va distrofiyaga uchraganligi kuzatildi. Kanalchalar gistotopografiyasi keskin buzilganligi, ayniqsa egri-bugri kanalchalarning proksimal qismi epiteliysi vakuolyar va gialin-tomchili oqsilli distrofiyaga uchraganligi aniqlandi (1-rasm). Ushbu kanalchalar epiteliysi distrofiya hisobiga bo`kib kattalashganligi, tsitoplazmasida rangsiz vakuolalar va eozinofilli oqsilli moddalar mavjudligi kuzatildi. Ayrim epiteliylarning kanalcha bo`shlig`iga qaragan yuzasi buzilganligi, tsitoplazmadagi moddalar bo`shliqga tushganligi aniqlandi. Kanalchalar orasidagi interstitsial to`qimada ham shish, dezorganizatsiya rivojlanganligi, ayrim sohalarida limfoid hujayralar paydo bo`lganligi aniqlandi. SARS-CoV-2 virusi o`zi shikastlagan to`qimada destruktiv-produktiv trombovaskulit va giperkoagulyatsiyali sindrom, mikroangiopatiya va immun tizimning falajlanishi qo`zg`atadi. Ushbu patogenetik ta’sirotlar oqibatida buyrak egri-bugri kanalchalarida ham kuchli darajada patomorfologik o`zgarishlar rivojlanganligi aniqlandi. Proksimal egri-bugri kanalchalar epiteliysi tsitoplazmasi vakuolizatsiyalanib, oqsillarining noto`g`ri to`planishidan har xil shaklga kirganligi kuzatildi. ayrimlari kuchli shishga uchrab, yuzasi buzilganligi, tsitoplazma moddalari bo`shlig`iga tushganligi aniqlandi (2-rasm). Epiteliy yadrolari betartib joylashgan va turli darajada kariopiknoz va kariolizis jarayonlariga uchraganligi kuzatildi. 1-rasm. Buyrak po`stloq qavati, koronavirus ta’sirida o`zgargan egri-bugri kanalchalar va kaptokchisining umumiy ko`rinishi. Bo`yoq: G-E. Kat: 10x40. 2-rasm. Buyrak po`stloq qavati, kanalchalar epiteliysining kuchli distrofiya va shishga uchraganligidan hajmi kengaygan, epiteliysi destruktsiyalangan. Bo`yoq: G-E. Kat: 10x40. 1237 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 COVID-19 kasalligida buyraklarning barcha qismlari shikastlanib, kaptokcha kapillyarlar to`rida filьtratsiya buzilib, birlamchi siydik tarkibiga oqsillar ko`proq o`tishi natijasida, kaptokcha bo`shlig`ida eozinofilli qumoq-qumoq shakldagi oqsilli modda to`planganligi kuzatildi. Morfologik jihatdan proksimal egri-bugri kanalchalar epiteliysi tsitoplazmasida gialin- tomchili oqsilli distrofiya rivojlanganligi aniqlandi (3-rasm). Koronavirus ta’sirida buyrak po`stloq qavat oraliq to`qimasida shish va dezorganizatsiya jarayonlari rivojlanganligi aniqlandi. Oraliq to`qimaning ayrim sohalarida limfoid infilьtratsiya paydo bo`lganligini buyrakning virusli shikastlanishini tasdiqlaydi. Mikroskopning katta ob’yektivida o`rganilganda egri-bugri kanalchalarning o`lchamlari va shakli o`zgarganligi, bo`shlig`ining oqsilli modda bilan to`lganligi aniqlandi (4-rasm). Koronavirusning bevosita ta’siri oq

Доказательный фрагмент

«This study examined 68 patients who died of COVID-19 in 2021 with pathomorphological changes in their kidney curves-bugri ducts.»

Образец извлечения

Демо-превью

This study examined 68 patients who died of COVID-19 in 2021 with pathomorphological changes in their kidney curves-bugri ducts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Covid-19, SARS-CoV-2 virus, kidneys, curved-bugri ducts, kong veins, blood, SARS-CoV-2 virusi, qon kuyilishlar, egri-bugri kanalchalar, buyraklar, kong tomirlar, sklerotik o`zgarishlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники