Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR OLIMXON VA AMIR OMONULLOXON HUKMRONLIGI YILLARIDA BUXORO-AFG‘ON MUNOSABATLARI
BUXORO-AFG‘ON MUNOSABATLARI · Ahmadov Ahmadjon Asror o‘g‘li · Kalit so’zlar: Amir Olimxon · Buxoro, diplomatiya
Современная наука и исследования · 2 · 1917
Аннотация
Ushbu maqolada Buxoro so’ngi amiri Amir Olimxon va Afg’on amiri Amir Omonulloxon hukmronligi davridagi Buxoro va Afg’oniston munosabatlari ilmiy tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Amir Olimxon, Omonulloxon, Afg’oniston, Buxoro, diplomatiya, munosabat, Rossiya, harbiy mutaxassis, Amudaryo. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro va Afg’oniston o’rtasidagi munosabatlar tarixini tahlil qilinsa amir Olimxon va amir Omonullaxon davrida ikki davlat o’rtasidagi aloqalarda ijobiy jihatlar kuzatiladi. Ayniqsa, Buxoroning so‘nggi amiri bo‘lgan Olimxon ham o‘z hukmronligi davrida bir necha bora Afg‘oniston amiri Habibulloxondan yordam so‘ragan. Olimxon Afg‘oniston davlati bilan asosan Rossiyada inqilob sodir bo‘lgandan keyin, 1917 yildan boshlab yaqin munosabatlar o‘rnatishga uringan. Habibulloxon amir Olimxonga yozgan maktublarining birida, bir qancha afg‘on zobitlarini yuborayotganligini, ular ikki musulmon davlati o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishini maktub orqali ma’lum qiladi[1]. Bu esa, Habibuloxon va amir Olimxon o‘rtasida Rossiya imperiyasiga qarshi kurashda ittifoqchilik aloqalari zimdan olib borilganligini ko‘rsatib beradi. Ikkinchi bir tomondan birinchi jahon urushi va Rossiyada boshlanib ketgan inqilob Buxoroda iqtisodiy taraqqiyotni yanada orqaga ketishiga sabab bo‘layotgan omillardan biri edi. Tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlarga qaraganda, 1918 yilga kelganda Buxoro amirligi omborlarida million pud paxta, 1 mln dona qorako‘lteri, 200 ming pud jun, 80 ming dona oshlangan qo‘y terisi, 80 ming pud quruq mevalar, yana turli-tuman mahsulotlardan 300 ming pudi yig‘ilib qolgan bo‘lib, ularni tashqi bozorga olib chiqib sota olmayotgandi. Afg‘oniston bilan yaqin aloqalar o‘rnatish orqali Buxoro amiri bu mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqib sotmoqchi edi[2]. Afg‘oniston davlati tutgan siyosiy yo‘l shundan iborat ediki, Angliyaga qaramlik va mustaqillik uchun kurash olib borish jarayonida sovet davlati bilan ham aloqalarni yomonlashtirishni istamagan. Chunki, sovet davlati ham Afg‘onistonni Angliyaga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlovchi mamlakat yagona mamlakat ekanligi ham bunga sabab edi. Shu sababli bo‘lsa kerakki 1918 yilda Buxoro amirligida sodir bo‘lgan “Kolesov voqeasi”dan so‘ng Kogon (Yangi Buxoro)dan jami 8 ming o‘zga din vakillari va Evropa millatlari vakillari qochadi. Ularning aksariyat qismi Afg‘oniston hududiga qochadi. Buxoro amirining ularni tutib berish borasidagi talablarini Afg‘oniston amiri bajarmay, Buxoro amirligi va sovet davlati o‘rtasidagi munosabatlar izga tushib ketmaguncha ularni o‘z himoyasiga oladi[3]. Habibullaxon o‘ldirilib, Afg‘oniston taxtiga amir Omonulloxon o‘tirgan va uning hukmronligi dastlabki davrida Afg‘oniston bilan Buxoro davlati o‘rtasida harbiy sohalarda hamkorlik avj oladi. Omonulloxon o‘z maktublarining birida karneyl Fazl Ahmadxon degan kimsani 60 kishilik harbiy instruktorlarga bosh qilib jo‘natayotgani, ikkita harbiy mutaxassis usta Fatx Muhammad va Qurbon Alilarni Buxoroda qurol ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida jo‘natayotganligini, Buxoro davlatiga sovg‘a sifatida 6 ta to‘p yuborayotganligini, ulardan 2 tasi og‘izdan o‘qlanadigan, 2 tasi tog‘ artileriyasi, 2 tasi tezotar to‘p ekanligi, bundan tashqari 600 kishidan iborat afg‘on askarlarining muntazam qo‘shinlarida xizmat qiluvchi otriyadlarini 1198 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 yuborayotganini ma’lum qiladiki, bu Omonullaxon hukmronligining dastlabki davrida Buxoro amirligini milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishiga ko‘mak berishga uringanligini ko‘rsatadigan faktlardan biri bo‘lib hisoblanadi[4]. Afg‘oniston yordamida Buxoro amirligi ham bir qadar o‘zining harbiy salohiyatini ham ko‘tarib olish imkoniga ega bo‘ladi. Afg‘onistondan kelgan harbiy ustalar yordamida tayyorlangan va “Qilich” deb nomlangan to‘p Buxoroda ishlab chiqarila boshlanadi. Shuningdek, afg‘on ustalari yordamida Buxoro davlati o‘z miltiqlarini ham ishlab chiqarila boshlanganligi tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlarda keltirib o‘tilganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin[5]. Omonullaxon taxtga chiqach, dastlabki davrda Buxoro bilan aloqalar yaxshilangandi. Buxoroda Afg‘oniston elchixonasi, Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida Buxoro amirligi elchixonasi ochilgan. Buxoroga bir qancha afg‘on harbiy instruktorlar yuboriladi. Ularning katta qismi qurol ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislar edi. Bir nechta to‘p ham jo‘natilgan. Taniqli olim A.I. Pilyov Rossiya arxiv manbalariga tayanib keltirgan ma’lumotlarida Omonulloxon Buxoro amirligiga har qancha yordam bermasin baribir Buxoro bilan ehtiyotkorona munosabat olib borganligi xususidagi fikr-mulohazalarni keltirib o‘tganligini ko‘rishimiz mumkin. Bizning fikrimizcha, Angliyaga qarshi kurash va tashqi siyosatda qudratli ittifoqchiga ega bo‘lish maqsadida keyinchalik Afg‘oniston va sovet davlati o‘rtasida o‘zaro yaqinlik munosabatlari vujudga kelgan. SHu sababli 1920 yilda Omonulloxon Buxoro amiriga yo‘llagan maktubida Buxoro Afg‘onistonn
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Buxoro so’ngi amiri Amir Olimxon va Afg’on amiri Amir Omonulloxon hukmronligi davridagi Buxoro va Afg’oniston munosabatlari ilmiy tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Buxoro so’ngi amiri Amir Olimxon va Afg’on amiri Amir Omonulloxon hukmronligi davridagi Buxoro va Afg’oniston munosabatlari ilmiy tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Buxoro, munosabat, Afg’oniston, Rossiya, diplomatiya, Omonulloxon, Amudaryo., harbiy mutaxassis, Amir Olimxon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025