К содержанию
РецензированоUZ2025

BUXORO AMIRLIGIDA XATTOTLIK SAN’ATI VA XATTOTLIK MAKTABI NAMOYANDALARI

Rajabova Rohila Zakirovna · Sitorabonu Sobirova

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Buxoro amirligida Xattotlik san’ati va Xattotlik maktabi namoyandalari haqida ma’lumotlar keltirilgan va manbalar asosida tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Xattotlik, Qur’oni Karim, san’at, qo’lyozma, Buxoro maktabi, arab tili, fors tili, islom. Buxoro amirligida yaratilgan mahalliy manbalarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, islom dini va islom ilmlarining qay darajada taraqqiy etganligiga guvoh bo‘lamiz. Islom dinining o‘lkamizga kirib kelishi natijasida mahalliy aholi o‘rtasida arab tilining mafkuraviy ahamiyati kuchayib borishiga sabab bo‘ldi. Bu davrgacha esa diyorimiz qadim zamonlardayoq turkiy va forsiy zabon aholi muloqot markaziga aylangan edi. XVIII-XIX asrgacha diniy manbalarning aksariyat qismi arab tilida yaratilgan. Keyingi asrlardagi manbalar ko‘proq fors tilida yozilgan va arab tilida yaratilgan asarlar esa fors tilida sharhlangan va hoshiyalar bitilgan. Qo‘lyozma manbalar xattotlar tomonidan yozilgan va har bir davrning o‘zining mashhur xattotlari bo‘lgan. XVIII-XIX asrlarga oid Buxoro amirligida yozilgan qo‘lyozma asarlar juda ko‘p bo‘lib, ularni fan va soha tarmoqlariga qarab turlarga ajratish mumkin. Bu davr qo‘lyozma asarlarining salmoqli qismini islom ilmlariga oid manbalar tashkil qiladi. Islom ilmlarining podshohi Qur’onshunoslik bo‘lib, Qur’oni karim islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlar hayotida va tarixida asosiy o‘rin tutgan kitobdir. Bu kitob mazkur xalqlarning ilm-ma’rifati, adabiyoti, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari va dunyoqarashlarida o‘zining salmoqli izini qoldirgan. Qur’oni karim o‘zining 14 asrlik tarixi davomida qanchadan-qancha mamlakatlar va allomalar taqdirida tutgan o‘rni, badiiy ta’sir sarchashmalari va nufuzi tufayli chuqur ilmiy, diniy tahlil va tadqiqodlarga sozovordir. Qur’on mavzulari islom dinini qabul qilgan xalqlar adabiyotiga singib, mahalliy diniy va adabiy aqidayu an’analar bilan uzviy ravishda bog‘landi. Shu nuqtai nazardan ularning ijodida milliy xususiyatlar Qur’onda o‘z ifodasini topgan umumislom va umuminsoniy bashoratlar bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Mang‘itlar davrida Buxoroda qo‘lyozma asarlar yozilish tarixini tadqiq qiladigan bo‘lsak, o‘zbek xalqining ming yillik tarixiga ega bo‘lgan Buxoro madaniy merosida xattotlik va kitobat san’ati ham alohida o‘rin egallaydi. Arablar istilosidan so‘ng O‘rta Osiyoga islom dini bilan bir vaqtda kirib kelgan arab yozuvi qisqa fursatda rasmiy yozuvga aylantirilishi natijasida arab alifbosi estetik zavq beruvchi san’at asari darajasiga ko‘tarildi. Bu yozuv namunalarida yozish xattotlik (kaligrafiya) nomi bilan keng shuhrat qozongan. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlarda xattotlik maktablari mavjud bo‘lgan. 1 28 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘z kasbining ustasi bo‘lgan mohir xattotlar davlat va xo‘jalik hujjatlari tayyorlashda, ilmiy-badiiy asarlar yozish va ko‘chirishda me’moriy inshootlarga turli yozuvlar (Qur’oni karim oyatlari, hadislar, hikmatlar)ni chiroyli naqshlar tarzida bitishda mashhur bo‘lganlar[1:78]. XVIII-XIX asrlarda Buxoro xattotlik maktabining namoyandalari haqida gap borganda, albatta ularning usullariga qarab turkumlash muhimdir. Buxoro xattotlari o‘z ijodlarida turli xat usullaridan foydalanishgan. Ayniqsa, Buxoro xattotlik maktabi vakillarida nastaliq xatini qo‘llash keng o‘rin tutgan. Buxoro tarixiga aloqador manbalarda XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Buxoroda yashab ijod qilgan 104 nafar xattotlarning nomlari keltirib o‘tilgan. Xattotlar kitob ko‘chirish bilan birga ustozlik qilishgan, madrasalarda ta’lim berishgan. Hattoki ular orasida kitobat san’ati bilan shug‘ullanuvchilari ham bo‘lgan. Mashhur mutafakkir olim, yozuvchi, shoir, astronom Ahmad Donish ham xattotlik bilan shug‘ullanganligi manbalarda keltirib o‘tilgan. U ko‘chirgan qo‘lyozmalariga o‘zi zarhal berib, sarlavhalar va miniatyuralar ishlagan. Bir oyda 24 juz’dan 30 juz’gacha (bir juz’ 16 betdan 24 betgacha) hajmli qo‘lyozmani ko‘chirib uni 20 tangadan 30 tangagacha sotganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ko‘chirgan qo‘lyozmalariga nasta’liq xati bilan yirik qalamda “Ahmad al-kotib, al- musavvir, al-muhandis, al-munajjim, al-Hanafiy al-Buxoriy” deb, o‘z asarlariga esa “Ahmad al- kotib, al-Buxoriy al-Hanafiy” va “Roqimuhu Ahmad ibn Nosir siddiq al-Hanafiy Buxoriy” deb turlicha imzolar chekkan. Mang‘itlar davrida nastaliq va nasx xatlarida kitob ko‘chiruvchilardan: Muhammad Yusuf Maxdum, Shahobiddin Maxdum Foziljon o‘g‘li, Nazrulloh Lutfiy, Hoji Nematulloh, Qori Ahmad Kotib Buxoriy, Maqsud Xo‘ja, Mirzo Abdulkarim, Mirzo Qamarjon, Hoji Abdusattor, Mirzo Abdulloh Kotib, Mirzo Rahmatulloh, Mirzo Sa’dullohiy Buxoriy, Mir Fayzulloh, Mir Rahmatulloh, Abdullohbek Kotib kabilarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Ular Buxoro amirligi tarixida o‘zlaridan madaniy meros qoldirish qatorida o‘zlarining nomlarini ham tarix zarvaraqlarida muhrlab ketganlar. Ular yaratgan xattotlik n

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Buxoro amirligida Xattotlik san’ati va Xattotlik maktabi namoyandalari haqida ma’lumotlar keltirilgan va manbalar asosida tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Buxoro amirligida Xattotlik san’ati va Xattotlik maktabi namoyandalari haqida ma’lumotlar keltirilgan va manbalar asosida tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qur’oni Karim, Buxoro maktabi, arab tili, Xattotlik, islom., fors tili, san’at, qo’lyozma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники