Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIYOSIY PARTIYALAR NAZORATINI SAMARALI QILISH YО‘LLARI
Aliyev Ulug’bek Bekmurotovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Maqolada nazorat tizimining muhim vositasi bо‘lgan siyosiy partiyalar nazoratini samarali qilish masalasi о‘rganilgan. Unda nazorat faoliyatini samarali qilish borasida ikkita asosiy muammo ya’ni nazorat faoliyatiga doir bilimni yetarli emasligi va befarqlik kayfiyati borligi qayd qilingan. Ushbu muammolarni yechimi ijtimoiy nazoratga doir bilimni berish va daxldorlik hissini shakllantiradigan ma’naviyatni yuksaltirish bilan bog‘liqligi asoslab berilgan. Kalit so’zlar: Siyosiy partiyalar, ijtimoiy tartib, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy taraqqiyot, buyrokratiya, nominak demokratiya, real demokratiya, ijtimoiy nazorat, deputatlar korpusi, ijtimoiy fikr, parlament, daxldorlik hissi, befarqlik kayfiyati, fuqorolik jamiyati, ijtimoiy tartibsizlik, korrupsiya, harakatlar strategiyasi, jamoatchilik nazorat. О‘zbekiston mamlakati dadil qadamlar bilan rivojlanib dunyoda о‘zini munosib о‘rniga ega bо‘lib bormoqda. Lekin bugungi kunga kelib mamlakatimizni yanada rivojlantirishda ayrim muammolar tо‘siq bо‘lmoqda. Bunda eng asosiy muammo ijtimoiy tartibning barqarorligi tо‘liq ta’minlanmaganligi bilan bog‘liq. Ijtimoiy tartibni barqarorligiga asosiy tо‘siq bu buyrokratiya va korrupsiya illatidir. Buyrokratiya va korrupsiyaning asosiy sababi demokratiyaning kuchsizligi natijasida qonunni buzish imkoniyatiga ega bо‘lgan mansabdor shaxsning mavjudligi. Ushbu xususda gapirib О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Bizda bugun nominal demokratiya bor biz uni real demokratiyaga aylantirishimiz kerak”1 deb ta’kidladilar. Qonunni buzish imkoniyati borligining sababi esa, demokratiyaning muhim elementi bо‘lgan nazorat faoliyatining zaifligi bilan bog‘liq. Nazorat faoliyati qonun ustuvorligi va jazoni muqarrarligini ta’minlashga qodir bо‘lishi uchun nazorat tizimli xarakterda bо‘lishi bо‘lishi lozim. Nazorat tizimi davlat va jamiyatning sheriklikdagi nazoratidan iborat bо‘lib ularning vositalari yagona mexanizm sifatida ishlab turishi lozim. Bunday nazoratni ya’ni davlat va jamiyatning birgalikdagi nazoratini ijtimoiy nazorat degan tushuncha bilan ifodalash mumkin. Bugungi kunda bizlarda davlat nazorati nisbatan kuchli, jamiyat nazorati esa nisbatan kuchsiz. Jamiyat tomonidan nazoratni amalga oshiradigan asosiy vositalar bu siyosiy partiyalar, deputatlar korpusi va mahalla instituti hisoblanadi. Shuning uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev yuqorida qayd qilingan ma’ruzalarida asosiy e’tiborni siyosiy partiyalar va deputatlar nazoratini kuchaytirish masalalariga qaratdilar.2 Ushbu mavzuda gapirishdan oldin siyosiy partiyalarni funksiyalarini aniqlab olish kerak. Ma’lumki siyosiy partiyalarning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan uchta asosiy funksiyasi bor. Bular nomzodlar bilan ishlash, deputatlar bilan ishlash va ijtimoiy fikrni shakllantirish funksiyalaridir. Ushbu funksiyalarni amalga oshirilishi nazorat faoliyati bilan bog‘liq hisoblanadi. Chunki nomzod bilan, deputat bilan ishlash deganda jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash orqali ijtimoiy fikrni shakllantirishga qodir bо‘lgan Parlament nazoratini shakllantirish tushuniladi. 1 Mirziyoyev SH.M. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent 2017 yil 2 Mirziyoyev SH.M. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bо‘lishi kerak. Toshkent 2017 yil 1154 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Umuman yana shuni e’tirof etish kerakki ijtimoiy fikrni shakllantirishni о‘zi nazoratning muhim elementi hisoblanadi. Siyosiy partiyalar va deputatlar nazorat faoliyatining pastligini asosiy sabablaridan biri ularda nazorat faoliyatiga doir bilimning yetarli emasligidir. Ikkinchi muhim sabablardan biri bu befarqlik kayfiyatini tо‘liq jilovlanmaganligi va daxldorlik hissini yetarli darajada shakllanmaganligi. Shuning uchun muhtaram Prezidentimizning ma’ruzalari Parlament haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va ijrochisi bо‘lishi kerak deb nomlangan. Parlament demokratiya maktabiga aylanishi uchun uni nazorati kuchli bо‘lishi kerak, chunki demokratiya bu nafaqat hokimiyat xalq tomonidan shakllanishi balki xalq tomonidan nazorat qilinishi hamdir. Parlament islohotlarning tashabbuskori va ijrochisi bо‘lishi uchun eng avvalo unda befarqlik kayfiyati jilovlanib daxldorlik hissi shakllangan bо‘lishi lozim. Befarqlik kayfiyati jilovlanib daxldorlik hissi shakllanishi insonning ma’naviy yuksalishiga bog‘liq. Ushbu fikr mulohazalardan kelib chiqib muhtaram Prezidentimizning ma’ruzalarida kо‘tarilgan ikkita muammoning yechimi ikkita narsaga bog‘liq deb aytish mumkin. Birinchi muammo, siyosiy partiyalar va deputatlar korpusining nazorat faoliyatini demokratiya talabi darajasidan orqada qolayotganligi. Ikkinchi muammo, siyosiy partiyalar va deputatlardagi befarqlik kayfiyatini jilovlanmaganligi va daxldorlik hissining zaifligi. Ma’ruzada befarqlikni dushmanlikka tenglashtirilishi ushbu muamm
Доказательный фрагмент
«Maqolada nazorat tizimining muhim vositasi bо‘lgan siyosiy partiyalar nazoratini samarali qilish masalasi о‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada nazorat tizimining muhim vositasi bо‘lgan siyosiy partiyalar nazoratini samarali qilish masalasi о‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy taraqqiyot, jamoatchilik nazorat., ijtimoiy nazorat, ijtimoiy tartibsizlik, parlament, nominak demokratiya, buyrokratiya, befarqlik kayfiyati, korrupsiya, harakatlar strategiyasi, ijtimoiy fikr, daxldorlik hissi, ijtimoiy tartib, deputatlar korpusi, real demokratiya, Siyosiy partiyalar, fuqorolik jamiyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025