Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SPORT HUQUQIDA SHARTNOMAVIY MUNOSABATLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Rustamov Xojiakbar Raufjon o‘g‘li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Contractual relations are a broad concept and can be analyzed in various forms depending on social relations, subjective and objective aspects. At the same time, they can be regulated normatively, taking into account the above. By analyzing the specific aspects of contractual relations in the field of sports, as well as their types, status and a number of other circumstances, it is possible to bring out the different aspects of contractual relations in one sports field from other relations. Keywords: sports contracts, professional athlete, athlete, bookmaker contracts, creditor, debtor, coach, FIFA organization, transfer right. ОСОБЕННОСТИ ДОГОВОРНЫХ ОТНОШЕНИЙ В СПОРТИВНОМ ПРАВЕ Аннотация. Договорные отношения представляют собой широкое понятие и могут анализироваться по-разному в зависимости от социальных отношений, субъективных и объективных аспектов. В то же время его можно регулировать нормативно, принимая во внимание вышеизложенное. Анализируя специфику договорных отношений в сфере спорта, а также их виды, статус и ряд других обстоятельств, можно выделить аспекты договорных отношений в одной сфере спорта, которые отличаются от других отношений. Ключевые слова: спортивные контракты, профессиональный спортсмен, легкоатлет, букмекерские контракты, кредитор, должник, тренер, организация ФИФА, права передачи. Ma’lumki, sport nafaqat jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish quroli sifatida bilinadi, shu bilan birga odamlarning muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo‘lgan havaskorlik asosidagi va professional asosdagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar sifatida ham tushuniladi.1 1 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 04.09.2015 yildagi O‘RQ-394-son 1 24 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Fuqarolik huquqiy munosabatlarida sport shartnomalari o‘ziga xos jihatlar bilan alohida o‘rin egallaydi. Chunki shartnomaviy munosabatlar fuqarolik munosabatlarining tarkibi hisoblanadi, shunday ekan sport faoliyati ya’ni sportdagi shartnomaviy munosabatlar fuqarolik huquqi, hamda shu doiradagi normativlar hamda tartiblar bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, sport huquqida yagona maxsus normalar yig'indisi mavjud emas, aksincha, inson faoliyatining boshqa ko'plab sohalarida bo'lgani kabi, turli sohalardagi qonunning ko'plab tarmoqlari singari ma'lum holatdan kelib chiqib ishlatilishi mumkin. Misoli o‘rnida, ma'muriy va ommaviy huquq tamoyillari, xalqaro xususiy huquqqa nisbatan ishlab chiqilgan maxsus qoidalar, savdoni cheklash to'g'risidagi umumiy huquq doktrinasi, jinoiy huquq va qonunlar, masalan, 1974 yildagi Savdo amaliyotlari to'g'risidagi qonun va 2001 yildagi Korporatsiyalar to'g'risidagi qonun kabilarni keltirishimiz mumkin. Biroq, hech qanday shubha yo'qki, shartnoma qonuni sport huquqining poydevorini yaratadi, shartnomaviy munosabatlar sport va qonun o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik mavjud bo'lgan ko'pgina sohalarda birinchi darajali ahamiyatga ega hisoblanadi.2 Shartnoma - fuqarolik munosabatlarida ikki yoki bir necha subyektlar tomonidan huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish, yoki bekor qilishga asos bo’lib xizmat qiluvchi taraflarning o‘zro xohish irodasini ifodalovchi kelishuvga nisbatan tushunilishi mumkin. Ijtimoiy munosabatlarda fuqarolik subyektlari tomonidan ma’lum bir ko’zlangan maqsad asoslangan taraflar kelishuvi yani bitimning bir turiga nisbatan shartnoma atamasi ishlatiladi. Bundan kelib chiqadiki sport shartnomasi ham fuqarolik munosabatlarining bir qismi hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, agarda chet el elementi aralashuvi bilan munosabatlarning murakkablashuvi yuzaga kelgan taqdirda xalqaro xususiy huquq elementlari bilan o’zaro bog’liqlik yuzaga keladi hamda bunday shartnoma xalqaro shartnoma sifatida ko’riladi. Taraflar o’rtasida shartnomaviy munosabat vujudga kelishi bilan bir vaqtda ular o‘zlari uchun ma’lum bir huquq hamda majburiyatlarga ham ega bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, taraflar o‘rtasidagi ularning xohish irodasini ifodalovchi kelishuv natijasi shartnoma natijasida taraflar ma’lum bilan majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmalariga oladi Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari Fuqarolik kodeksining 234- moddasida yoritib o‘tilgan bo‘lib unga ko‘ra: majburiyatfuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.3 Fuqarolik munosabatining bir qismi bo’lgan mehnat munosabatlari sport shartnomalariga ham o‘zining sezilarli dara
Доказательный фрагмент
«Contractual relations are a broad concept and can be analyzed in various forms depending on social relations, subjective and objective aspects.»
Образец извлечения
Демо-превьюContractual relations are a broad concept and can be analyzed in various forms depending on social relations, subjective and objective aspects. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sports contracts, professional athlete, athlete, bookmaker contracts, creditor, qarzdor, sportchi, sport shartnomalari, kreditor, murabiy, professional sportchi, transfer huquqi., bukmekerlik shartnomalari, FIFA tashkiloti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014