Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AJRASHGAN OILALARDA OTA-ONA MUNOSABATLARINING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR HISSIY-EMOTSIONAL HOLATINING ADABIYOTLARDAGI TAHLILI
ADABIYOTLARDAGI TAHLILI · Dexkanova Aziza Shokirovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the effects of parental relationships in divorced families on children's psychology based on a review of scientific literature. The study explores how divorce-related family dynamics impact the emotional and psychological well-being of school- age children. The literature analysis is conducted from philosophical, psychological, and ethnopsychological perspectives, with special attention to the cultural context of Uzbek family values and traditions. Keywords: divorce, parental relationships, child psychology, emotional state, ethnopsychology, family environment, literature review. Bugungi kunda jahon miqyosidagi taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida oila institutini mustahkamlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, er-xotin o‘rtasidagi oilaviy rol va masʼuliyat taqsimoti, ayollarning oiladagi o‘rni, turmush o‘rtoqlarning o‘zaro tushunishi, hissiy yaqinligi hamda shaxslararo munosabatlarning oilaning barqarorligiga taʼsir darajasi ilmiy jihatdan chuqur o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, oilaviy barqarorlikni taʼminlovchi ijtimoiy- psixologik omillar, oilaviy munosabatlar psixologiyasi, oila qadriyatlari va turmush qurish motivlarining etnopsixologik xususiyatlarini tadqiq etishga ham katta ahamiyat berilmoqda. 1 22 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Afsuski, so‘nggi yillarda oilalarning ajralish holatlari ortib borayotgan bir paytda, oila institutini mustahkamlash borasida ilmiy, amaliy, innovatsion va zamonaviy yondashuvlar asosida samarali echimlarni ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Oila inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Aynan oiladagi munosabatlar va muloqotlar orqali odamlar o‘z ehtiyojlarini qondiradilar, ya’ni guruhga mansublik, o‘zini-o‘zi tasdiqlash, mehr va o‘z-o‘zini anglash zaruriyatlarini amalga oshiradilar. Oila a'zolari o‘rtasidagi o‘zaro iliqlik va o‘zaro tushunish bola shaxsining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, oilaviy munosabatlar va bola tarbiyasi bilan bog‘liq tajriba qadim zamonlardan beri jamlanib, shakllangan. Ushbu maqola oilada bola va ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish uchun asosiy falsafiy va psixologik-pedagogik yondashuvlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Freydning klassik psixoanalizida ota-onalarning bolaning aqliy rivojlanishiga ta’siri asosiy o‘rinni egallaydi. Ota-onalar, ayniqsa ona, bolaning eng erta va eng muhim tajribalarini beradi. Bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirishning to‘liq amalga oshirilishi o‘zaro ishonch va faollikka asoslanadi. Erikson psixososial rivojlanish nazariyasiga ko‘ra, shaxsning o‘sish jarayonida psixosotsiol ziddiyatlarni hal qilish zarur, bunda sog‘lom shaxsni shakllantirishda avtonomiya, ishonch va tashabbus muhim o‘rin tutadi1. Byutner oilaviy ta’lim va ijtimoiy omillar, jumladan, o‘yin sanoati va internetning shaxsiyatni shakllantirishga ta’siri haqida so‘z yuritadi. Tranzaktsion tahlil nazariyasi esa insonlarning o‘z taqdirini o‘zi hal qilishga, o‘zgarishga qodir bo‘lishiga ishonadi va bu nazariyaning asosi sifatida shartnoma usuli va ochiqlik prinsiplarini taqdim etadi. Skinner esa xulq-atvorni o‘rganish va unga ta’sir ko‘rsatish uchun ikkita asosiy turdagi xulq-atvorni ajratadi: respondent va operant. Adlerning shaxsiyat nazariyasiga ko‘ra, har bir insonda ijtimoiy manfaatlar va o‘ziga xoslikni amalga oshirishga intilish mavjud. U odamlarni ijtimoiy tuyg‘u va shaxsiy mukammallikka intilish bilan tavsiflaydi2. Bugungi zamonning o‘zgaruvchan ijtimoiy-madaniy sharoitlari oilaning rivojlanishiga, uning a'zolarining qadriyatlar, rollar va xulq-atvor shakllarini qanday o‘zgartirishi haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu jarayonlar, o‘z navbatida, ota-onalarning bolaning tarbiyasi va uning hayotdagi roli haqida qarashlarini shakllantiradi. Hozirgacha oila muammolari turli soha mutaxassislarining ilmiy izlanishlarida chuqur o‘rganilgan. Xususan, xorijlik psixologlar, jumladan, D. Mayers, V. Kvinn, F. Zimbardo kabi olimlar oila va oilaviy munosabatlarni tadqiq qilgan. Shuningdek, rus va fransuz olimlari ham o‘z ilmiy ishlarida oilaning shaxs shakllanishidagi rolini o‘rganishga alohida e’tibor qaratganlar. Xorijiy psixologlar orasida R. Brazington, T. Dumitrashku, F. Galton, U. Toumen, R. Richordson, R. Zayons, G. Xomentauskas kabi olimlar oilaviy munosabatlar va shaxsiyat shakllanishiga ta’sirni o‘z madaniy muhiti sharoitida o‘rganishgan. Sh. Judi ajrashgan oilalarda ota-ona munosabatlarining bolalar psixologiyasiga qanday ta’sir qilishini o‘rganib, ajrashuv jarayonining bolalarga stress, xavotir va depressiyani keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatgan. U, shuningdek, ota-ona o‘rtasidagi muloqot sifatining 1 Ibaydullayeva U.R. Ota-ona va farzandlar o’rtasidagi nizolarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari. Psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori diss. - T.: 2022. – 5 b. 2 Kadirova A.T. O‘smirlarda oilaviy nizolar to‘g‘ricida ijtimoiy tasavvurl
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the effects of parental relationships in divorced families on children's psychology based on a review of scientific literature.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the effects of parental relationships in divorced families on children's psychology based on a review of scientific literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- divorce, parental relationships, child psychology, emotional state, adabiyotlar tahlili, ota-ona munosabatlari, bolalar psixologiyasi, ajrashuv, hissiy holat, etnopsixologiya, oilaviy muhit.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026