К содержанию
РецензированоUZ2026

OG’IZ BO’SHLIG’I SHILLIQ QAVATI KASALLIKLARINI DAVOLASHDA ANTIFUNGAL PREPARATLAR

ANTIFUNGAL PREPARATLAR · Latifov Husan Muzaffar o’g’li · Tibbiyot Fakulteti Stomatologiya yo’nalishi talabasi. · Xayitova Mohinur Djurayevna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklarini davolashning zamonaviy tamoyillari va innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda og’iz bo’shlig’i kasalliklarini davolashda antifungal preparatlardan keng foydalanib kelinmoqda. Chunki og’iz bo’shlig’ida mikroorganizmlar, ayniqsa, zamburug’lar, turli infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday infeksiyalar orasida eng ko’p uchraydiganlardan biri Candida albiсans zamburug’i bilan bog’liq kandidoz hisoblanadi. Jumladan, O’tkir gerpetik stomatit, Gingivit va Periodontit kabi kasalliklar ham ushbu infeksiyalardan kelib chiqadi. Antifungal preparatlar bilan davolash regenerativ va reparativ jarayonlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqola stomatologiyada kelib chiqadigan kasalliklarni innovatsion yondashuvlar yordamida davolashga qaratilgan hisoblanadi. Kalit so’zlar: Antifungal, gingivit, periodontit, gerpetik stomatit, candida, ekzogen, autoimmun, aftoz stomatit, orolaringeal kandidoz, leykoplakiya, endokrinopatiya, nistatin, paradontoz, geliomitsin, interferon, prodigiozon, skarlatina. Kirish: Hozirgi kunda og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklarini davolashda antifungal preparatlar, asosan, kandidoz kabi infeksiyalarni bartaraf etishda foydalaniladi. Agar mahalliy dorilar yetarlicha ta’sir qilmasa yoki infeksiya tarqalgan bo’lsa, og’iz orqali ichiladigan yoki vena ichiga yuboriladigan antifungallar qo’llaniladi. Jumladan, og’iz bo’shlig’i shilliq qavati og’izning ichki qismini qoplaydigan himoya qavati bo’lib, u bir nechta muhim funksiyalarni bajaradi. Og’iz shilliq qavati tuzilishi bo’yicha epiteliy qavati, biriktiruvchi to’qima, bezlar joylashgan hisoblanadi. Agar og’iz shilliq qavatida qizarish, yara, quruqlik yoki shish bilan namoyon bo’lsa, bu infeksiya, allergiya yoki turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, og’iz bo’shlig’i shilliq qavati va lablarning yuqori va past boshqa jarohatli ta’sirlardan shikastlanish infeksiyasi kasalliklari: A) O’tkir va surunkali yuqumli kasalliklarda shilliq qavatning jarohatlanishi. B) Faqat og’iz shilliq qavati va lablarning o’ziga xos infeksiyali hamda parazitar kasalliklarni. C) Allergik va toksik allergik kasalliklar. D) Teri shilliq qavati reaksiyasi. E) Autoimmun komponen o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar. F) Ekzogen intoksikatsiyalarda og’iz bo’shlig’i qavatidagi o’zgarishlar. a’zo va a’zolar kasalliklarida, hamda moddalar almashinuvi buzilishlaridagi o’zgarishlari. Asosiy qism: 1111 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Hozirgi kunda dolzarb muammo sifatidagi og’iz, bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklariga Periodontit, Parodontoz, Orofaringeal kandidoz, Gingivit, Aftoz stomatit va Leykoplakiya kabilar hisoblanadi. Orofaringeal kandidozni qo’zg’atuvchisi’’Candida’’ zamburug’i hisoblanadi. Candida og’iz bo’shlig’i shilliq qavatida keng tarqalgan bo’lib, Og’iz florasidagi boshqa organizmlar bilan birgalikda og’iz shilliq qavatida patologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, chekish, qandli diabet, ovqatlanish buzilishi, endokrinopatiyalar, immunosupressiv holatlar va o’smalar og’iz bo’shlig’ning kandidozini keltirib chiqaradigan omillardan biri hisoblanadi. Giposalivatsiya bilan og’rigan odamlarda antimikrobiyal oqsillar sekretsiyasining pasayishi kuzatiladi. Tuprikdagi antimikrobiyal oqsillarning kamayishi antifungal xususiyatlarning pasayishi bilan bog’liq va og’iz kandidozining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Orofaringeal kandidoz kasalligini davolashda antifungal preparatlar: 1. Nistatinning og’iz suspenziyasi 100 000 IU/ml va 400 000-600 000 IU/ml og’iz bo’shlig’i kandidozini davolash uchun og’iz yuvish vositasi sifatida foydalaniladi. Bemorlarga suspenziyani og’iz bo’shlig’ida yutishdan oldin ushlab turish kerak. Nistatinning og’iz orqali suspenziyasi peroral simptomlar yo’qolganidan keyin 48 soatdan keyin to’xtatiladi. Markaziy papillar atrofik kandidoz antifungal davolash bilan hal qilishning eng kam tendensiyasiga ega. Endokrin bilan bog’liq kandidozning bir nechta holatlari nistatin bilan davolashga chidamli bo’lib qoldi Nistatin og’iz kandidozini davolashda ijobiy natijalarni ko’rsatdi. 2. 10 mg klotrimazol tabletkalari bilan davolanadi. Antifungal terapiyaning birinchi kunida 200 mg flukonazol tabletkalari qo’llaniladi, undan keyin 7-14 kun davomida har kun 100-200 mg flukonazol buyuriladi. Flukonazol suspenziyasi og’iz orqali yuvish uchun ham mavjud. Flusistin tizimli kandidozni davolashda qo’llaniladi. Tizimli kandidozning orofaringeal ko’rinishida 7-14 kun davomida kuniga ikki marta 200 mg/ml dozada flusistin og’iz yuvish tavsiya etiladi Parodontozda ishlatiladigan antifungal preparatlar: 1.Geliomitsin 1% li mazlari 2.Interferon, prodigiozon aralashmalar kuniga 3-4 marta surkaladi. 1112 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Skarlatina kasalligining o’ziga xos alomat belgisi- malinasimon til kuzatiladi. Kasallik paytida og’iz shilliq qobiq qavatida shaftoli yog’i anestezin emulsiy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklarini davolashning zamonaviy tamoyillari va innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklarini davolashning zamonaviy tamoyillari va innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
paradontoz, interferon, leykoplakiya, periodontit, gerpetik stomatit, geliomitsin, skarlatina., autoimmun, Antifungal, aftoz stomatit, candida, prodigiozon, gingivit, ekzogen, orolaringeal kandidoz, endokrinopatiya, nistatin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники