Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARDA O’TKIR POLIRADIKULONEVRITNING PATOGENETIK O`ZGARISHLARI
To`rayeva Ruxsora · ПОЛИРАДИКУЛОНЕВРИТЕ У ДЕТЕЙ
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Polyradiculoneuritis is currently a seasonal disease among children's pathologies and causes death and disability in children. The disease is manifested by a weakening or strengthening of the function of the nerve innervating area, and in both cases it causes a decrease in the patient's vital signs. Keywords: polyradiculoneuritis, Guillain-Barré, neuritis, spinal cord, cerebrospinal fluid, trigeminal nerve, facial nerve, plegia Kasallikda ko‘plab periferik nervlar va ildizlar zararlanadi. Yallig‘lanish natijasida kelib chiqqan poliradikulonevropatiyalar birlamchi hisoblanib ularning sababi infeksiya, neyroviruslar. Ikkilamchi poliradikulo nevritlar infeksion kasalliklarning asorati hisoblanib toshmali terlama, bo‘g‘ma, ichburug‘, brutsellyoz, bezgak va boshqa kasalliklar sabab bo‘ladi. Toksik polinevropatiyalar o‘tkir va surunkali zaharlanish oqibatida kelib chiqadi. Masalan: ekzogen faktorlardan – alkogol, simob, mishyak, qo‘rg‘oshin va boshqalar ta’sirida zaharlanish natijasida. Endogen sabablariga qandli diabet, homilani toksikoz bilan o‘tishi, o‘sma kasalliklari kiradi. Bulardan tashqari avitaminozlar, tugunli periartritlar, vegetativ nerv tizimi kasalliklar ham polinevritlarni chaqirishi mumkin. Infeksion poliradikulonevritlarda nerv o‘zagida miyelin pardani yemirilishi, o‘q silindrni degeneratsiyasi, pardalarda yallig‘lanish jarayoni bilan birga orqa miya ildizlarida shish, infiltrattsiya kuzatiladi. Bu jarayonda umurtqalararo tugunlarda ham o‘zgarish ketadi. Toksik polinevropatiyalarda nerv o‘zaklarida distrofik o‘zgarishlar ustun bo‘lib, mushak to‘qimasida degenerativ o‘zgarishlar kuzatiladi. Klinik belgilari. O‘tkir infeksion poliradikulonevrit yilni kuz faslida ko‘proq kuzatiladi. Kasallik o‘tkir, tana harorati 38-390C ga ko‘tarilib, kataral o‘zgarishlar: burun bitishi, yo‘tal, bosh og‘rig‘i bilan boshlanadi. 1104 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 So‘ngra oyoq va qo‘llarni distal qismlarida uyushish, chumoli yurganga o‘xshash, igna sanchgani kabi paresteziyalar hamda og‘riq paydo bo‘ladi. Harakat doirasidagi zararlanish turli darajada bo‘lib, oyoq qo‘llarni distal qismida yengil parezdan to chuqur falaj, mushaklar atrofiyasi, gipotoniyasi, pay reflekslaridan oldin axill, karporadial, keyin tizza va tirsak reflekslari chaqirilmaydi. Sezgini yuzaki va chuqur turlari, qo‘l va oyoqlarni distal qismida “qo‘lqop” va “paypoq” ko‘rinishida kamayadi yoki yo‘qoladi. Shular bilan bir qatorda nerv o‘zaklarini tortishish belgilari (Lasseg, Vasserman, Bexterev, Neri va boshqalar) va meningeal belgilar (Kernig, pastki Brudzinskiy) ijobiy bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda vegetativ o‘zgarishlar, terilarni yupqalashishi, oyoq-qo‘l kaftlarini muzlashi, teri rangini o‘zgarishi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bioximik analizlardan qonda leykotsitoz, likvorda esa sitoz va oqsil titri oshganligi xarakterlidir. Qo‘l va oyoqlarning zararlangan mushaklarida elektr qo‘zg‘aluvchanlik tekshirilganda to‘liq yoki qisman degeneratsiya reaksiyasi kuzatiladi. Qayta tiklash kasallikni 2-3 haftasidan boshlanadi; og‘riq kamayadi, sezgi paydo bo‘ladi, og‘ir hollarda kasallik 4-5 oygacha cho‘zilishi va asorati qolishi mumkin. Kasallikni kechishiga qarab o‘tkir, o‘rta o‘tkir va surunkali davrlarga bo‘linadi. Poliradikulonevritni bir turini Giyen-Barre sindromi deyilib, bunda kasallik o‘tkir, tana haroratini ko‘tarilishi bilan boshlanib, oyoq-qo‘llarda atrofik falaj kuzatiladi, hamda bosh miya nervlarini zararlanishi bilan kechadi. Orqa miya suyuqligida oqsil miqdori oshib, hujayralari normada yoki biroz ko‘payadi, biroz ksantroxomiya bo‘lishi mumkin. Poliradikulonevritning – yuqoriga ko‘tariluvchi shakli Landri falaji bo‘lib, bu kasallik juda tez boshlanadi. Orqa miya ildizlari zararlanishi oldin oyoqlarda keyin qo‘llarda kuzatilib, bulbar bosh miya nervlari shikastlanadi, nafas, yurak, qon tomirlar faoliyati buziladi. Likvorda oqsil hujayra dissotsiyasi kuzatiladi. Vegetativ polinevritlar ham uchrashi mumkin. Bular asosan kasbga bog‘liq bo‘lib, tebranish (vibratsiya), doimiy sovuq faktor ta’sir qilish, jismoniy kuch talab qiladigan va mahalliy faktorlar ta’sir qilish (tikuvchilar, sut sog‘uvchilar, qaziydigan mashinada ishlaydiganlar va boshqalar) natijasida paydo bo‘lib, asosan qo‘llar shikastlanadi va belgilari vazomotor – trofik o‘zgarishlar ko‘rinishida bo‘ladi (ko‘karish, muzlash, shishish, terini yupalashishi va qurishi, gipergidroz). Differensial diagnostika. Poliradikulonevropatiya kasalligini Sharko Marining nevral amiotrofiyasi, poliomiyelit, yon amiotrofik skleroz kabi kasalliklar bilan taqqoslash kerak. Davolash. Infeksion poliradikulonevritni o‘tkir davrida o‘rin-ko‘rpa rejimi qilinib, yallig‘lanishga qarshi dorilar (antibiotiklar, urotropin, salitsilatlar), og‘riq qoldiruvchilar, vitamin V guruhidan V1, V12 katta miqdorda, askarbin va nikotin kislotalar beriladi. Asab mushak o‘tkazuvchanligini yaxshilovchi dorilardan prozerin, galantamin, kalimin, nivalin berish tavsiya etiladi. Fizioterapiya muolajala
Доказательный фрагмент
«Polyradiculoneuritis is currently a seasonal disease among children's pathologies and causes death and disability in children.»
Образец извлечения
Демо-превьюPolyradiculoneuritis is currently a seasonal disease among children's pathologies and causes death and disability in children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- polyradiculoneuritis, Guillain-Barré, neuritis, spinal cord, cerebrospinal, poliradikulonevrit, likvor, nervus facialis, nervus trigeminus, orqa miya, nevrit, plegiya, Giyen-Barre
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024