Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SURXON VOHASIDA URBANIZATSIYA JARAYONLARI: TENDENSIYALAR VA MUAMMOLAR
NEW RENAISSANCE · Toshmamatov Azizbek Tohir o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Surxon vohasida urbanizatsiya jarayonlarining tarixiy bosqichlari, asosiy omillari va hududiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Muallif tomonidan 1950- yillardan boshlab vohada kechgan urbanizatsiya jarayonlari demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlar bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Surxon vohasi, urbanizatsiya, demografiya, infratuzilma, Termiz, Denov, sanoatlashtirish, mintaqaviy tengsizlik, ekologik bosim, barqaror rivojlanish. Kirish: Urbanizatsiya hozirgi davrda jahon miqyosida eng dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlardan biri sanaladi. Aholining shaharlarga ko‘chib o‘tishi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarining markazlashuvi, infratuzilmaning rivojlanishi kabi holatlar urbanizatsiyaning asosiy belgilari sifatida namoyon bo‘ladi. Mustaqillikdan keyingi davrda Surxon vohasidagi urbanizatsiya jarayoni bir qancha o‘zgarishlarga duch keldi. Sovet Ittifoqi parchalangach, iqtisodiy tizim o‘zgarib, bozor munosabatlari rivojlanishi boshlanadi1. Bu jarayon urbanizatsiya sur’atlarini sekinlashtirdi, chunki ko‘plab sanoat korxonalari yopilib yoki faoliyatini qisqartirdi. Shunga qaramay, yangi xo‘jalik sub’ektlari va tadbirkorlik faoliyati asta-sekin yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, mustaqillik yillarida Surxon vohasida qishloqdan shahar tomon migratsiya davom etdi2. Bu ko‘chish endilikda nafaqat ish izlash maqsadida, balki ta’lim olish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va yaxshiroq yashash sharoitlarini qidirish bilan bog‘liq edi.2000-yillardan boshlab davlat dasturlari va xalqaro moliyalashtirish hisobiga Termiz, Denov va boshqa markaziy shaharlarning infratuzilmasi yaxshilandi3. Yangi ko‘p qavatli uylar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash ob’ektlari barpo etilib, transport va kommunikatsiya tarmoqlari rivojlandi.Shaharlarning zichligi oshishi infratuzilmaga bosimni kuchaytirdi4. 1 Karimov, I. A. (2014). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. (2020). president.uz 3 Qurbonov, I., & Raxmonov, M. (2021). Urbanizatsiya va uning ijtimoiy-iqtisodiy omillari. Ijtimoiy fanlar №4, 58–64. 4 Stat.uz. (2024). O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. https://stat.uz 481 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Norasmiy uy-joylar soni ortdi va ijtimoiy xizmatlarga talab oshdi. Mahalliy hokimliklar va jamoat tashkilotlari ushbu muammolarni kamaytirish uchun turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga kirishdi.Shuningdek, urbanizatsiya jarayonida hududiy nomutanosibliklar saqlanib qolmoqda5. Markaziy shaharlar rivojlanishda yetakchi bo‘lsa-da, chekka tumanlar nisbatan sust rivojlandi. Bu esa mintaqada iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikni kuchaytiradi.So‘nggi yillarda esa raqamli texnologiyalar, “smart city” konsepsiyasi, ekologik barqarorlikka yo‘naltirilgan loyihalar, turizmni rivojlantirish va ko‘p markazli urbanizatsiya kabi yangi yo‘nalishlar urbanizatsiya jarayonini yanada tizimli va kompleks shaklda rivojlantirishga xizmat qilmoqda6. Shunday qilib, Surxon vohasidagi urbanizatsiya jarayoni faqat geografik ko‘chish emas, balki mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va demografik hayotida tub o‘zgarishlar keltirib chiqarayotgan murakkab jarayon hisoblanadi. Kelajakda uning barqaror, integratsiyalashgan va muvozanatli rivojlanishi mintaqaning farovonligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi7. Urbanizatsiyaning Surxon vohasida yuzaga kelishi demografik o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq. Shaharlarga migratsiya yoshlar va o‘rta yoshdagi aholi qatlamining ko‘payishiga olib keldi. Bu esa nafaqat mehnat bozori strukturasini o‘zgartirdi, balki ijtimoiy infratuzilma, masalan, maktablar, bog‘chalar va sog‘liqni saqlash muassasalariga bo‘lgan talabni oshirdi. Shu bilan birga, aholining yosh tarkibining o‘zgarishi, yangi madaniy va ijtimoiy ehtiyojlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Shaharlarning o‘sishi bilan birga, iqtisodiy imkoniyatlar ham kengaydi. Termiz va Denovda kichik va o‘rta biznes tarmoqlari rivojlandi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari kengaydi8. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qildi. Biroq, bu jarayon barqaror bo‘lishi uchun investitsiyalarni jalb qilish, malakali kadrlarni tayyorlash va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish zarur. Urbanizatsiya jarayonida ekologik muammolar ham yuzaga chiqmoqda9. Shaharlarning kengayishi natijasida atrof-muhitga bosim kuchaymoqda, chiqindi boshqaruvi, suv ta’minoti va havoning ifloslanishi masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu bois, barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish juda muhimdir. Kelajakda Surxon vohasidagi urbanizatsiya jarayonini samarali boshqarish uchun integratsiyalashgan rejalashtirish, jamiyat va hokimiyat o‘rtasida samarali hamkorlik hamda 5 Azizov, A. (2022). Urbanizatsiya jarayonining e
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Surxon vohasida urbanizatsiya jarayonlarining tarixiy bosqichlari, asosiy omillari va hududiy xususiyatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Surxon vohasida urbanizatsiya jarayonlarining tarixiy bosqichlari, asosiy omillari va hududiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekologik bosim, sanoatlashtirish, Surxon vohasi, urbanizatsiya, demografiya, infratuzilma, Denov, mintaqaviy tengsizlik, barqaror rivojlanish., Termiz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024