Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“YUSUFBEK” DOSTONIDA QO‘LLANGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI · O‘ngboyev Ramazon Mahmadali o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article analyzes the linguocultural characteristics of phraseological units used in the epic Yusufbek, performed by Qahhor Bakhshi Rahimov. Special attention is paid to the lexemes that function as key components in the formation of these phraseological units, and their meanings are provided using relevant dictionaries. The study offers an in-depth linguocultural analysis. Keywords: phraseology, phraseological unit, common unit, semantic meaning, homonymy, antonymy, synonymy. Kirish. Frazeologik birliklar millat mentaliteti va madaniyati haqidagi maʼlumotlarning qimmatli manbaidir. “Frazeologizmlar tilda madaniy axborotlarni, xalq milliy tafakkur tarzini oʼzida aks ettirgan inson kommunikativ-situativ jarayonining eng muhim birliklaridan biri hisoblanib’’[3.22] ,ular xalq ogʼzaki ijodi namunalarida, badiiy asarlarda,hamda xalq tili va urf- odatlarida oʼzgarmay saqlanib kelmoqda. Rus tilshunosi B.A.Larin “Tongda yorugʼlik shudring tomchilarida qanday aks etsa, iboralar xalq dunyoqarashi, ijtimoiy tuzum, oʼz davri mafkurasini shunday aks ettiradi’’[4.], – degan edi. Shu sababli dunyo tilshunos olimlarini frazeologik birliklar doimo qiziqtirib kelgan. Rus tilshunosligida V.N.Teliya va uning maktabi vakillari iboralarni oʼrganligi bilan mashhur. Iboralarni oʼrganishdan maqsad esa ularning milliy-madaniy koʼchma maʼnolarini tavsiflash va mentalitetning xarakterlovchi qirralarini ochib berishdir. Oʼzbek tilshunosligida Sh.Rahmatullaev, B.Yoʼldoshev, Sh.Usmonova, A.Mamatov, Sh.Almamatova, Sh.Ganieva, G.Hakimova kabi tilshunos olimlarning ishlarida bu birliklarning oʼziga xos belgilari, taraqqiyoti, uslubiy jihatlari, etimologik xususiyatlari, ayrim tillar frazeologizmlari bilan qiyoslanishi, frazeologizmlarning modellashtirish muammolari, strukturaviy va semantik xususiyatlari kabi masalalar oʼrganilgan[5]. 1307 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Keyingi yillarda eʼlon qilinayotgan ishlarda frazeologizmlarning lingvokulturologik tomonlariga alohida eʼtibor berilayotganligini koʼrishimiz mumkin [6.]. Lingvokulturologiyaga oid ishlarning salmogʼi ortib borgani sayin oʼzbek frazeologik birliklarini lingvokulturologik jihatdan tadqiq qilish ham bugungi kun tilshunoslari oldida turgan dolzarb masalalardan biri boʼlib turibdi. Quyida Qahhor baxshi Rahimov kuylagan “Yusufbek” dostonida ishlatilgan ayrim frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Ashurov Dilmurod Axmadaliyevich o’zining “Alpomish dostonining lingvokulturologik xususiyatlari’’[7.] nomli ilmiy Ishida frazeologik birliklarni Bosh uzvli frazemalar, peshona uzvli, bo’yin uzvli, ko’z uzvli, quloq uzvli, og’iz uzvli, burun uzvli, til uzvli, ko’ngil uzvli, bag’ir uzvli frazemalarga ajratgan holda tahlil qiladi. Asosiy qism. “Yusufbek” dostonida ishlatilgan frazeologik birliklar o‘zbek xalqining hissiy olami, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va qadriyatlarini ifodalaydi. Quyida ayrim frazeologizmlar va ularning lingvomadaniy tavsifi keltiriladi: DIMOG‘(I) CHOG‘ BO‘LDI– DIMOG‘(I)-NI CHOG‘ QILMOQ kayfiyati yaxshilandi. Sinonimi: – bahr(i) ochildi, kayf(i) chog‘ bo‘ldi – kayf(i)ni chog‘ qilmoq [2.135]. – Ho‘ cho‘pon, quloq sol, – dedi Go‘ro‘g‘libek otidan dumog‘i choq bo‘lib. Qo‘rqoq odam iziga qaytadi, jang maydonni tashlab qochadi, nomardligidan yurtdan kichadi [1.28]. O‘zbek xalqida odamning ruhiy holati ko‘pincha tana a’zolari orqali ifodalanadi. Dimog‘i chog‘ bo‘lish – o‘ziga ishonchli, yutug‘idan quvongan holatni bildiradi. QULOG‘(I) DING BO‘LDI – QULOG‘(I)NI DING QILMOQ- diqqat bilan tinglashga tayyor bo‘lmoq [2.423]. Shu palla atrofida allaqanday sharpalar, yoqimsiz ovozlar paydo bо‘laberdi. G‘irot ham qulog‘ini ding qildi, Gо‘rо‘g‘libek kо‘kragini keng qildi [1.25]. Bu frazeologizm hushyorlik, voqeani sezish, anglashga tayyor holatni bildiradi. JON-PON(I) CHIQIB KETDI- JON-PON(I)NI CHIQARIB YUBORMOQ- nihoyatda qattiq qo‘rqmoq. Varianti: jon-pon(i) chiqa yozdi; jon(i) chiqib keta yozdi; jon(i) chiqdi. Sinonimi: jon(i) halqum(i)ga keldi, es(i) chiqib ketdi [2.233]. TOQATI YO‘Q -sabr etmaslik [2.505]. Alqissa, To‘tixol pari o‘g‘li Yusufbekdan bu xabarni eshitib, jon-poni chiqib ketayozdi. Go‘ro‘g‘libek degandan keyin ena sho‘rda toqat qolmadi, dirillab qo‘rqayotir [1.23]. O‘zbek xalqida qo‘rquv hissi jon bilan bog‘lanib tasvirlanadi. Bu ibora holatning kuchliligini kuchaytirish uchun ishlatiladi. KO‘Z TEGDI-ko‘zikmoq. ko‘z(i) tegdi [3.256]. To‘tixol pari o‘g‘li Yusufbekning aqli-zakovatiga, fahm-farosatiga, kun aro turlanayotgan qaddi-qomatiga ko‘z tegmasin deb, o‘g‘lining qomatiga bir-bir tuflab qo‘ydi [1.23]. Bu ibora xalq e’tiqodlari va urf-odatlari bilan bog‘liq bo‘lib, “ko‘z urmasin” degan niyat bilan o‘ziga yoki boshqaga tupurish odati bilan uyg‘unlashadi. BEL BOG‘LAMOQ- 1 shaylanmoq, otlanmoq. Varianti: bel(i)ni bog‘lamoq belin bog‘lamoq, bellarin bog‘lamoq. Sinonimi: yeng shimarmoq [2.70]. YO‘L SOLMOQ- yo‘nalmoq. Sinonimi: yo‘l olmoq [2.584]. Alqissa, Qambar bobo Go‘ro‘g‘libekka duo berib, pand-
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the linguocultural characteristics of phraseological units used in the epic Yusufbek, performed by Qahhor Bakhshi Rahimov.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the linguocultural characteristics of phraseological units used in the epic Yusufbek, performed by Qahhor Bakhshi Rahimov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseology, phraseological unit, common unit, semantic meaning, frazeologik birlik, antonimlik, frazeologiya, semantik ma’no, omonomlik, sinonimlik., uzual birlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025