К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA TA’MINOTI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI · Muqimov Normuhammad Normurod o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This thesis scientifically analyzes ways to improve the funded pension system in the Republic of Uzbekistan. The demographic, institutional and economic stability of the current pension system is discussed, and the main problems are highlighted, such as informal employment, low mandatory contributions, and low investment activity. The author puts forward proposals to ensure the financial stability of the system by digitizing pension accounts, increasing financial literacy, and actively involving pension funds in investment activities. The results of the study will be useful in developing effective strategies aimed at reforming the social security system in Uzbekistan and improving the well-being of the population. Keywords: Funded pension system, mandatory contributions, informal employment, digital pension accounts, investment activity, financial stability, pension reform, Uzbekistan, social security, pension funds. Asosiy qism O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichida aholini pensiya bilan ta’minlash tizimi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 5 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Demografik o‘zgarishlar – xususan, aholining keksayib borayotgani, ishchi kuchi va nafaqaxo‘rlar o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi mavjud pensiya tizimining moliyaviy barqarorligiga bosim o‘tkazmoqda. Bunday sharoitda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini joriy etish va takomillashtirish zarurati ortib bormoqda. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi (JBPT) – bu fuqarolarning mehnat faoliyati davomida o‘z nomlariga maxsus pensiya jamg‘armalariga badallar to‘lash orqali kelajakdagi pensiya ta’minotini shakllantirish tizimidir. Ushbu modelda nafaqa miqdori to‘langan badallar hajmi va ularning investitsiyalardan kelgan daromadlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu tizim an’anaviy taqsimlovchi (pay-as- you-go) modeldan farqli ravishda, davlat budjetiga bosimni kamaytirish va fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi 2005- yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etilgan bo‘lsa-da, oradan yigirma yilga yaqin vaqt o‘tganiga qaramay, bu tizim hanuz to‘liq funksional ishlamayapti va ommalashuv darajasi pastligicha qolmoqda. Buning asosiy sabablari tizim ichidagi institutlararo koordinatsiyaning sustligi, nazorat mexanizmlarining kuchsizligi hamda aholi o‘rtasida moliyaviy savodxonlik yetishmasligidir. Avvalo, majburiy jamg‘arma badallarining to‘lanish darajasiga e’tibor qaratish lozim. Ko‘plab ish beruvchilar xodimlari uchun pensiya badallarini to‘liq hajmda to‘lamasdan, ko‘pincha ish haqlarini norasmiy ravishda berish yoki soxta hujjatlar orqali pensiya jamg‘armasiga kam mablag‘ ajratish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa fuqarolarning kelajakda nafaqa olish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, xususiy sektor va kichik biznes subyektlari orasida bu holat keng tarqalgan. Yana bir muhim muammo – norasmiy bandlik darajasining yuqoriligi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan aholining 40 foizdan ortig‘i norasmiy sektorda band. Ular mehnat shartnomasiz ishlaydi, bu esa nafaqat ijtimoiy himoyasizlik, balki pensiya tizimidan butunlay chetda qolish deganidir. Shu bois jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi real iqtisodiy faol aholining katta qismini qamrab ololmayapti. Pensiya jamg‘armalarining investitsion faoliyati ham hozirda juda cheklangan. Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jamg‘arilgan mablag‘larning asosiy qismi past rentabelli davlat obligatsiyalariga joylashtiriladi. Buning natijasida, jamg‘arma badallarining qiymati inflyatsiya fonida kamayib, fuqarolarning kelajakdagi pensiya miqdori real ehtiyojlarini qoplashga yetmaydi. Bunday 6 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference holatda, tizimga ishonch susayadi va fuqarolar uni ixtiyoriy ravishda qo‘llab- quvvatlashdan voz kechishi mumkin. Shuningdek, axborot tizimlarining yetarli darajada integratsiya qilinmaganligi ham jiddiy muammolardan biridir. Pensiya hisoblarini yuritishning raqamlashtirilgan tizimi hali to‘liq shakllanmagan. Fuqarolar o‘z pensiya badallari bo‘yicha ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzata olmaydi, bu esa tizimga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi hamda korrupsion holatlarning yuzaga kelishiga imkon beradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tizimli muammolarni hal qilish uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur. Bunda nafaqat normativ- huquqiy bazani takomillashtirish, balki raqamli texnologiyalar, moliyaviy mexanizmlar va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan kompleks yondashuv talab etiladi. Birinchi navbatda, raqamli texnologiyalarni joriy etish pensiya tizimini shaffof va samarali qilishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir fuqaro uchun yagona identifikatsiya raqami asosida elektron pensiya hisob raqami ochilishi va ushbu hisob holati mobil ilovalar orqali kuzatilishi

Доказательный фрагмент

«This thesis scientifically analyzes ways to improve the funded pension system in the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis scientifically analyzes ways to improve the funded pension system in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Funded pension system, mandatory contributions, informal, pensiya islohoti, Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi, norasmiy bandlik, investitsion faoliyat, ijtimoiy ta’minot, O‘zbekiston, majburiy badallar, raqamli pensiya hisoblari, pensiya fondlari., moliyaviy barqarorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники