Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXLOQ TUZATISH ISHLARI JAZOSINING AHAMIYATI VA UNI IJRO ETILISHIDA PROBATSIYA XIZMATINING ROLI
Raimova Diyora
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
This thesis analyzes the essence of correctional labor as a form of punishment, its legal and regulatory framework, and practical application. The study highlights the importance of this type of punishment in rehabilitating and socially reintegrating offenders by engaging them in socially beneficial labor without isolating them from society. Additionally, the paper examines existing challenges in the implementation of this punishment within the activities of the Probation Service of the Republic of Uzbekistan and proposes solutions to overcome these issues. Keywords: Correctional labor, probation service, crime, punishment, rehabilitation. Bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzar shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirishda jinoyatga nisbatan belgilangan jazolar muhim oʻrin tutadi. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Jamiyatimizda korrupsiya, 61 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yoʻl qoʻymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani toʻgʻrisidagi qonun talablarini amalda taʼminlash boʻyicha qatʼiy choralar koʻrishimiz zarur” . Ushbu jazolar orasida axloq tuzatish ishlari oʻzining tarbiyaviy ahamiyati bilan ajralib turadi. Axloq tuzatish ishlari jazosi – bu sud hukmiga koʻra, aybdor shaxsni oʻzining asosiy ish joyida yoki davlat tomonidan belgilanadigan mehnat faoliyati doirasida ishlashga majburan jalb qilishdan iborat boʻlgan, ish haqining muayyan qismini davlat daromadiga ushlab qolgan holda amalga oshiriladigan jazo turidir. Sud amaliyotida axloq tuzatish ishlari jazosi jinoyatchi shaxslarga nisbatan koʻp qoʻllaniladigan jinoiy jazo turlaridan biridir. Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo sudning hukmiga muvofiq, mahkumning oʻz ish joyida yoki Probatsiya xizmati tomonidan belgilab berilgan boshqa joylarda oʻtaladi. Mahkum doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi Probatsiya xizmati zimmasiga yuklanadi. Probatsiya xizmati mahkumni aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari orqali yoʻllanma berish asosida ishga joylashtiradi. Normativ-huquqiy asos qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi "Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarorini keltirish mumkin. Ushbu 84- son qarorining 2-ilovasiga muvofiq, mahkumlarni ish bilan taʼminlash, ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻrgatish, kasbga oʻrgatish vaqtida belgilangan tartibda subsidiya berish, mahkumlar uchun boʻsh ish oʻrinları yarmarkasini tashkil etish, haq toʻlanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb etish choralarini koʻrish aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining vazifasi hisoblanadi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, shunga qaramay, ushbu jazo turining ijrosida ayrim muammolar mavjud: - Mahkumlarni ish bilan taʼminlashdagi qiyinchiliklar; - Ish beruvchilarning ushbu jazoni oʻtayotgan shaxslarni qabul qilishga tayyor emasligi; - Probatsiya xodimlari sonining yetishmasligi; - Tashkilotlar bilan hamkorlikning sustligi; - Jazo ijrosining yetarlicha monitoring qilinmasligi. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, axloq tuzatish ishlari jazosini samarali amalga oshirish uchun maxsus nazorat organlari, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik tizimi, mahkumlar uchun kasbiy tayyorgarlik dasturlari va psixologik 62 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yordam mexanizmlari zarur. Oʻzbekiston sharoitida ham bu tajribalarni moslashtirish orqali ushbu jazo ijrosini yanada samarali amalga oshirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: - Ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik asosida maxsus dasturlar ishlab chiqish; - Probatsiya xizmatining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish; - Axloq tuzatish ishlari bilan bogʻliq sud amaliyotini tahlil qilish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish; - Mahkumlarning ijtimoiy va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan treninglar tashkil etish. Xorijiy davlatlar jinoyat-ijroiya qonunchiligida axloq tuzatish ishlari jazosining oʼtalishini nazorat qiluvchi organlar ham turlicha belgilanganligini kuzatish mumkin. Masalan, Ozarbayjonda jazoning mahkum tomonidan oʻtalishi - sud ijrochisi, Ukrainada axloq tuzatish ishlari jazosining nazorati - probatsiya organi, Rossiya Federatsiyasi, Belarussiya, Armaniston, Qozogʼiston Respublikalarida esa - jazoni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab berilgan . Xulosa qilib aytganda, mazkur jazo turi yengilroq toifadagi jinoyatlar uchun qoʻllanilsada, u jinoyatchiga nisbatan ijtimoiy foydali mehnat orqali tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish, uni mehnat jamoasida nazorat qilish, shu orqali uning ijtimoiylashuvini taʼminlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2
Доказательный фрагмент
«This thesis analyzes the essence of correctional labor as a form of punishment, its legal and regulatory framework, and practical application.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis analyzes the essence of correctional labor as a form of punishment, its legal and regulatory framework, and practical application. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Correctional labor, probation service, crime, punishment, jinoyat, probatsiya xizmati, Axloq tuzatish ishlari, reabilitatsiya., jazo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026