Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXI.
Salomova Mashhura Yusup qizi · Oʻralova Dildora Yangiboy qizi · Bahronov Og’abek Obidjon o’g’li
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Japan's disintegration and civil war, the struggle for national unification, Japan's Tokugawa Shogunate, and the country's isolation. Keywords: Asikaga syougunati, princes-permanent, Asikaga dynasty, search for swords, tokugawa regime, samurai. Yangi zamonni Yaponiya ‘‘jangari viloyatlar davri’’ nomini olgan tarqoqlik va fuqaro urushlari davridagi Asikaga syogunatidan (1467-1568) meros qilib oldi. Bu davr vassallarning syogunga qarshi kurashlari bilan ajralib turadi. Asikaga xonadonidan bo’lgan syogunlar poytaxt Kioto ustidan nazoratni qo’ldan berdilar, u yerda shaharni mustaqil boshqarishning kuchli tizimi shakllandi. Yetakchilik endi viloyatlardagi hukmdorlarga – knyaz-daimolarga o’tdi. Bu davrda knyazlar daromadlarining tarkibi sezilarli o’zgardi. 1543-yili yaponiya qirg’oqlarida portugallarning, olti yildan so’ng esa ispanlarning ham paydo bo’lishi mamlakatdagi keying siyosiy va iqtisodiy muhitga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Ular mamlakatga o’qotar qurollarni olib kirdilar. Yevropaliklarning paydo bo’lishi savdo va kapitalning kuchayishiga, harbiy ishning mukammallashishiga ko’maklashdi. Bu esa o’z navbatida o’zaro urushlarni keskinlashtirdi va faqat Yaponiyaning bo’linib ketish xavfini emas balki uning yevropaliklarga tobe bo’lib qolish xavfini ham keltirib chiqardi. O’zaro urushlar va dehqonlarning qo’zg’alonlari feodallarning o’ziga ham real xavf tug’dirdi. Shu vaqtda esa Yaponiyaning chet elliklar tomonida bosib olinish xavfi yitilib kelayotgan edi.1 Adabiyotlar tahlili va metodologiya XVI asr boshlarida Yaponiya o’zaro ichki urushlar oqibatida mayda-mayda davlatlarga bo’linib ketgan edi. O’zaro ichki urushlar faqat 1573-yilda ikkinchi syogun Asikaga sulolasi hokimiyatining ag’darilishi bilan nihoyasiga yetdi. Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani amalga oshirish ishiga qudratli xonadon yetakchilaridan biri Oda Nabunaga rahbarlik qildi. 98 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Shiddatli va shafqatsiz kurashlardan so’ng Oda Nabunaga 1573-yilda Asikagani syogunlikdan maxrum etdi.2 O’z yo’llarini to’g’ri va notug’ri yullar bilan kengaytirib, dehqonlar qo’zg’alonlarini ayovsiz tarzda bostirib, Oda Nabunaga ‘‘siyosiy-knyzlik’’ (bakuxan) davlatiga asos soldi. 1582-yil Kiotodagi ibodatxonalardan birida raqiblarining qo’shinlari tomonidan qo’rshab olingan Oda o’zini o’ldirish bilan hayotini yakunladi. Mamlakatni birlashtirish ishini, dehqonlardan chiqqan va Odaning xizmatida o’zini ko’rsatgan Toyatami Xideyosi davom ettirdi. O’zi dehqonlardan chiqqan Xideyosi dehqonlar qo’zg’alonini ayovsiz bostirardi. 1588-yilda chiqqan “qilichlarni izlash”deb atalgan farmonga binoan dehqonlarning qilichlar, miltiqlar va boshqa qurollarga ega bo’lishi taqiqlanardi. 1598- yili Xideyosining o’limi birinchi birlashtiruvchilarning o’rinishlarini yuqqa chiqardi. 1603-yili Ieyasu Tokugava syogun unvonini qabul qildi va Edo (zamonaviy Tokio) shahrini poytaxt qilib, syogunatga (1603-1867) asos soldi. Bu bilan u zamonasining eng mashxur xonadoni harbiy-feodal diktaturasini boshlab berdi. Amalda Tokugava va uning izdoshlari imperator xonadonini hokimiyatdan hamda siyosiy hayotdan ajratdi. Ammo ular imperatorning (Mikado) diniy obro’sini ta’kidlashda davom etdilar va doimo hokimiyatga imperator ruxsati bilan kelganliklarini ta’kidlar edilar.3 Muhokama Tokugava xonadonidan dastlabki syogunlar davrida Yaponiya yagona davlatga aylana boshlasada, aslida mamlakatning birlashishiga erishilmagandi. XVII asr boshlarida Yaponiyaning umumiy sholi daromadi 11 million koku (1koku – 180.4kg) miqdorida belgilandi. Ana shu miqdordan 4 million koku Tokugava xonadoniga tegishli edi. Tokugavalar davrining boshlarida Yaponiyaning axolisi 20 millionga yaqin kishidan iborat edi. XVII asrdagi barqarorlik tufayli aholi 29 millionga yaqinlashdi. Tokugavalar davrida yerlar feodallarga tegishli bo’lgan. Feodal yer egaligining asosiy shakllari quyidagilar edi: 1) syogunlarning yerlari 2) knyazlarning yerlari 3) cherkov va monastrlarning yerlari. Savdogarlik va hunarmandchilik asosan Yaponiyaning bevosita syogunat nazorati ostida bo’lgan shaharlarida to’plangandi. Eng yirik shaharlar EdoYaponiyaning poytaxti (hozirgi Tokio), Osaka-mamlakatning bosh savdo markazi, Kioto-imperatorning qarorgohi, port shaharlari Sakai hamda Nagasaki edi.4 Natija Yaponiyaning tashqi dunyodan ajralib qolishi XIX asrning yarmigacha davom etdi. Tokugava rejimining butun bir sistemasiga kiruvchi bu siyosat umuman mamalkat uchun g’oyat og’ir va salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu 99 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference narsa Yaponiyada feodal munosabatlarning eng qoloq formalari saqlanib qolishiga yordam berdi. Yakkalanib qolish sharoitida yapon feodallari va ularning amaldorlari yapon mehnatkashlar ommasi ustidan ayniqsa har tomonlama va nazoratsiz hukmronlik qilib, o’z sinfiy diktaturalarini eng daxshatli formalarda amalga oshi
Доказательный фрагмент
«Japan's disintegration and civil war, the struggle for national unification, Japan's Tokugawa Shogunate, and the country's isolation.»
Образец извлечения
Демо-превьюJapan's disintegration and civil war, the struggle for national unification, Japan's Tokugawa Shogunate, and the country's isolation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Asikaga syougunati, princes-permanent, Asikaga dynasty, tokugava rejimi, asikaga sulolasi, knyaz-daimonlar, samuray., qilichlarni izlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025