Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILAVIY MUNOSABATLARDA XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI KAMSITILISHINI OLDINI OLISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TADBIQ ETISH
TADBIQ ETISH · Turdiyeva Latofat Almardonovna
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются вопросы, связанные с системой семейных отношений, семейными конфликтами и их причинами, а также случаями насилия в семье. Также даются педагогические и психологические рекомендации о механизмах и мерах по предупреждению дискриминации прав женщин в семейных отношениях. Ключевые слова: семья, семейное воспитание, конфликты и разногласия, насилие в семье, семейная среда, правовая грамотность, национальные ценности, здоровый образ жизни, психологическая служба. Ma’lumki, oilaviy tarbiya bola hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oilaning bolalarga tarbiyaviy ta’sir doirasi ijtimoiy ta’sir doirasi singari o‘ta kengdir. Oila bolalarni Vatanga muhabbat, ota-ona va atrofdagilarga sadoqat, mehnat va xalq boyliklariga ongli munosabat, nuqsonlarga murosasizlik, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarni shakllantirishda, turmushga, ijtimoiy faoliyatga nisbatan psixologik va amaliy jihatdan tayyorlashda kata imkoniyatlarga egadir. Biroq, keyingi yillarda oilada farzandlarimizni tarbiyalashda, ularni kamol toptirishda bir qator muammolar, nuqsonlarga duch kelinmoqda. Shu boisdan oilaviy tarbiyada turmush munosabatlari har doim ham bir maromda bo‘lavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini bajarishda er-xotin va oila a’zolarining 111 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference burchi, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyati hamda farzandlarning kattalar oldidagi burchlarini ado etish jarayonida ularning fikr va qarashlaridagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchilik va anglashilmovchilik hamda shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘lib, oilada turli ko‘rinishdagi nizolar yuzaga kelmoqda. Zero, oilada yoki jamiyatda tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo, har qaysi xonadondagi ma’naviy, tarbiyaviy sharoit o‘zaro hurmat, axloq- odob, insoniy munosabatlarga tayangan holda shakllanishi o‘z samarasini beradi. Bu borada, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z asarlarida oila muqaddasligini, oila jamiyat ko‘rki ekanligini va bu haqda har bir oila va shaxs kesimida jamiyat muqarrarligini ta’minlash har bir rahbarning kundalik qoidasiga aylanishi kerakligini ta’kidlab kelmoqdalar. Zotan, millatning ertangi kuniga dastlab oilada poydevor qo‘yiladi, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi avlod shakllanadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor ekan, ko‘zlangan maqsadga erishishda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan oilaning o‘rni - beqiyosdir. Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning bir muncha qiyinlashuvining sabablaridan biri, barkamol inson tarbiyasiga qo‘yilayotgan talablarning ortib borayotganligida ko‘rinadi. Bu esa oilada bolaga ma’naviy-axloqiy, nafosat va mehnat tarbiyasi berishning sifati hamda samaradorligiga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. Oilaviy munosabatlarda mo‘tadillikning buzilishi esa alal oqibat ajrimga sabab bo‘ladi. Bunday sharoitda er-xotin “nikoh”ning muqaddas tushuncha ekanligini, arzimagan muammolar evaziga qo‘ydi-chiqdi qilish mumkin emasligini, qolaversa, sha’riy nikohda er o‘z bo‘yniga olgan shartlarga amal qilishi lozim ekanligini esdan chiqarmasligi kerak. Oilaviy muhitning buzilishida ko‘proq farzandlar aziyat chekadi, qiynaladi. Kelgusida ularning sog‘ligi, tarbiyasi mammoli bo‘lishi muqarrar ekanligini bilib turgan ota-ona, har qanday oilaviy nuqsonni farzand ko‘z yoshi oldida arzimagan narsa deb bilishi lozim [2]. Ajrim - bu illat. Buning ketidan qancha- qancha insonlar (quda-andalar, qarindoshlar, do‘stlar) qiyin ahvolga tushadi. Keyingi yillarda oilaviy munosabatlarni nizo va janjallar, murosasizliklar oqibatida bir qancha oilalarda zo‘ravonlik, oilada ayolning kamsitilishi va unga nisbatan tazyiqlar ortib bormoqda. Natijada oilalardagi arzimagan nizolar va munosabatlar jarayonida oilaviy zo‘ravonlik holatlari sodir etiladi. Oiladagi zo‘ravonlik bu er-xotin yoki boshqa yaqin munosabatdagi kishilardan birining ikkinchisiga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki moliyaviy zo‘ravonlik ko‘rsatishidir [1]. Odatda bu turdagi zo‘ravonlik ostida bir tomon 112 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference oiladagi boshqa a’zolarining hayoti ustidan nazoratni ushlab turishga bo‘lgan intilishi yotadi. Oilaviy zo‘ravonlik qurboni ko‘pchilik hollarda ayol kishi yoki yosh bolalar bo‘ladi, ammo erkaklar hamda qariyalar orasida ham jabrlanuvchilar yo‘q emas. Bu muammo o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’i nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Oilaviy zo‘ravonliklarning keng tarqalgan ayrim ko‘rinishlari quyidagi hollarda, xususan, erning xotinini urishi, ruhiy kamsitish, uning nasl-nasabini, oilaviy sharoiti yoki ota-onasi
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются вопросы, связанные с системой семейных отношений, семейными конфликтами и их причинами, а также случаями насилия в семье.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются вопросы, связанные с системой семейных отношений, семейными конфликтами и их причинами, а также случаями насилия в семье. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- семья, семейное воспитание, конфликты и, oilaviy muhit, nizo va ajrim, oilaviy tarbiya, oila, psixologik xizmat., huquqiy savodxonlik, sog‘lom turmush tarzi, milliy qadriyatlar, oilaviy zo‘ravonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026