К содержанию
РецензированоRU1964

INGLIZ YOZUVCHISI VILYAM SHEKSPIR ASARLARI QAYSI YOZUVCHILAR QO’LYOZMALARI ASOSIDA YOZILGANLIGI MUAMMOLARI VA IKKI BUYUK MAKTAB OLIMLARNING QARASHLARI.

Alimjonova Sabina Fazliddin qizi · Matqulov Hosilbek Mavlonovich (Andijon davlat chet tillari instituti.) · Shavkat Mirziyoyev (Andijon davlat chet tillari instituti.) · William Shekspeare's authorship (Andijon davlat chet tillari instituti.)

Академические исследования в современной науке · 1964

Аннотация

В этой статье высказываются предположения об авторстве Уильяма Шекспира. Ключевые слова: дворянский протокол, граф, Гамлет. Ser Frensis Bekon, Sautgempton grafi Kristofer Marlov ( Shekspir homiysi) va hatto qirolicha Elizabetning oʻzi ham asarlar Shekspir tomonidan yozilganligiga shubha qilgan.Shekspirning adabiy merosi 37 ta pyesa,154 ta sonet,2 xil sheʼr va elegiyasi "Shekspir bir emas bir necha kishi"degan xulosaga sabab boʻldi. Hozirda bu ikkilanishlar orasidagi katta bahs Oksford va Stenford universiteti mutaxassislari orasida kechmoqda.Oksfordliklarning fikricha, 17- asrda yashagan Oksford grafi Edvard de Ver oʻz pyesalarini "Uilyam Shekspir " taxallusi ostida yozgan.Stenfordliklarning taʼkidlashicha, barcha qoʻlyozmalar de Ver emas 1964-yilda tugʻilgan, aktyor sifatida tanilgan Uilyam Shekspir tomonidan yozilgan.Biroq hozircha hech kim oʻz fikri togʻri ekanligini isbotlovchi aniq va yetarli dalil bilan chiqmagan. Oksfordliklarning aytishicha, Shekspir bunday asarlarning muallifi boʻlish uchun juda kam bilimga ega edi.U oddiy savdogar oʻgʻli boʻlib, maktabda oʻqiganligi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.Uning Angliyadan tashqariga sayohat qilganligi haqida ham dalil yoʻq.U 60 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference shunchaki aktyor va koʻchmas mulk egasi ( mulk otasidan meros qolgan)boʻlgan.Uning oʻz vasiyatnomasida hech qanday yozuvlar boʻlmagan.Shekspirda noyob asarlar yozish uchun tajriba boʻlishi mumkin emas degan xulosaga kelishgan. Edvard de Ver esa yozuvchilikka koʻproq mos kelar edi .de Ver Shekspirga qaraganda sifatli taʼlim olgan va Angliyaning zodagon oilalari bilan muntazam aloqada boʻlgan .Yana u Shekspir asarlarida uchraydigan muhim joylarga, jumladan; Fransiya, Shotlandiya va Italiyaga sayohat qilgan.Edvard de Verning Injil nusxasidan uning qoʻlyozmalari koʻrib chiqilganda nusxalarning 25 foizi Shekspir ishlari bilan mos kelgan.Oksfor mutaxassislari bu tasodif emasligini bildirishgan. Bunga Stenfordliklarning javobi shunday boldi:- "U kambagʻal oilaning emas balki shaharning yuqori lavozimli savdogarining oʻgʻli edi.Shekspir Londonga 20 yoshda kelgan va u yerda aktyor hamda dramaturg sifatida mashhurlikka va boylikka erishgan.Shekspir hayotining baʼzi jihatlari de Ver yozgan spektakllardan koʻra koʻproq mos keladi.Masalan "Gamlet" asari oʻzida chuqur maʼnoni va tushkunlikni tasvirlagan.Yozuvchi voqealarni oʻz boshidan oʻtkazmagan boʻlsa bu kabi asarni yozish ilojsiz.Gamlet 1600- yilda yozilgan boʻlib aynan oʻsha yillar atrofida Shekspirning oʻgʻli 11 yoshida vafot etganligi uning bunday voqealarni oʻz boshidan oʻtkazganligidan dalolat beradi. Oksfordliklarning xulosasi shunday ediki, de Ver oʻz muallifligini yashirish maqsadida "Shekspir" taxallusidan Chunki osha davrlarda zodagonlar protokolida mashhurlikka erishish va ijod qilish ta'qiqlangan edi. Edvard de Ver Shekspir emasligining yana bir sababi quyidagi fakt bilan izohlanadi: Graf de Ver 1604- yilda vafot etgan va aynan oʻsha yillarda Shekspir uchun eng muvaffaqiyatli boʻlgan asarlar yozilgan.Biroq oʻz fikrida qatʼiy turgan Stanfordlik Oksford mutaxassislari fikrini inobatga olmay asarlar de Verga tegishli va ular bu asarlarni uning oʻlimidan soʻng nashr qilishgan degan fikrni bildirdilar. Har ikki tomon oʻz subyektiv fikrini bayon etgan boʻlsada bahslar hali hamon davom etmoqda. Xulosa qilib aytsak Vilyam Shekspir ijodiga oid eng ko‘p bahs-munozaraga sabab bo‘layotgan masalalardan biri – uning asarlari aslida kim tomonidan yozilgani yoki qaysi yozuvchilar qo‘lyozmalari asosida yaratilgani masalasidir. Tarixiy manbalarda Shekspirning o‘z asarlarini bevosita yozgani haqida aniq dalillar yo‘qligi sababli bu borada turli nazariyalar ilgari surilgan. Ayniqsa, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ushbu muammo ingliz adabiyoti doirasida chuqur o‘rganila boshlandi. Ikki buyuk ilmiy maktab – Stratford maktabi va Oksford maktabi – bu masalaga har xil yondashadi. Stratford maktabi vakillari Shekspirning Stratford-upon-Avonda tug‘ilgan oddiy aktyor bo‘lishiga qaramay, 61 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference u iste’dodli dramaturg sifatida asarlarini o‘zi yozgan degan fikrni ilgari suradi. Ular Shekspirning hayotiy tajribasi va ijodiy uslubi asarlarida mujassam ekanligini ta’kidlaydilar. Oksford maktabi olimlari esa Shekspir nomi ostida boshqa mualliflar, jumladan Edvard de Ver (Oksfordning 17-grafi), Frensis Bekon yoki Kristofer Marlo kabi yozuvchilarning qo‘lyozmalari yashiringan degan fikrni ilgari suradi. Ularning fikricha, Shekspir nomi ijtimoiy sabablarga ko‘ra “qalqon” sifatida ishlatilgan. O‘zbek olimlari Vilyam Shekspir asarlari muallifligiga oid bahslarni adabiyotshunoslikda dolzarb masala sifatida e’tirof etishadi. Ularning fikricha, Shekspir nomi ostidagi asarlarning muallifligi haqida turli nazariyalar mavjud bo‘lsa-da, bu asarlar yuksak badiiylik va falsafiy mazmuni bilan ajralib turadi. Ba’zi olimlar Shekspirning o‘zi yozganini asosli deb hisoblasalar

Доказательный фрагмент

«В этой статье высказываются предположения об авторстве Уильяма Шекспира.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье высказываются предположения об авторстве Уильяма Шекспира. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
noble's protocol, graph of Southgempton, Hamlet, Gamlet, zodagonlar protokoli, Sautgempton grafi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники