К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDAGI TARBIYALANUVCHILARNING MOSLASHUV DAVRI VA UNING AHAMIYATI.

Ne’matova Nozima Salimjon Qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yangi qadam qo‘ygan bolalarning moslashuv davri, uning ahamiyati, kechish bosqichlari hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Moslashuv davrini yengillashtirishga qaratilgan samarali usullar va ota- ona, pedagog hamkorligining o‘rni tahlil qilinadi. Annotation: This article examines the adaptation period of children newly enrolled in preschool institutions, its importance, phases, and pedagogical approaches. It analyzes effective methods to ease adaptation and emphasizes the role of cooperation between parents and educators. Аннотатция: В статье рассматривается период адаптации детей, поступивших в дошкольные образовательные учреждения, его значение, этапы протекания и педагогические подходы. Анализируются эффективные методы облегчения адаптации и роль сотрудничества родителей и педагогов. Kalit so‘zlar: moslashuv, tarbiyalanuvchi, tarbiyachi, davlat ta’lim standartlari, metodik yondashuv, huquqiy mas’uliyat, kasbiy rivojlanish, innovatsion texnologiyalar. Key words: adaptation, preschool child, educator, state educational standards, methodological approach, legal responsibility, innovative technologies. Ключевые слова: адаптация, воспитание, воспитатель, государственные образовательные стандарты, методический подход, юридическая ответственность, профессиональное развитие, инновационные технологии. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimi bolalarning ilk ijtimoiylashuv va ta’limga kirib borish bosqichidir. Bola uchun bu muassasaga kirish jarayoni yangi hayot bosqichi sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur bosqich bolaning psixologik, emotsional va ijtimoiy jihatdan o‘zgarishini talab etadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarning moslashuv davrini chuqur o‘rganish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va samarali yondashuvlarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qabul qilgan bir qator qarorlarida bolalarni maktabgacha ta’limga bosqichma-bosqich jalb qilish, ularni ijtimoiy- psixologik qo‘llab-quvvatlash, moslashuv jarayonini yengillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan. Jumladan, 2019-yil 8-oktabrdagi PQ–4477-sonli qaror va 2021-yil 16-martdagi PQ– 5032-sonli qarorlarda bu borada amaliy chora-tadbirlar ko‘rsatilgan. Ularning ijrosi natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning moslashuv davrini tizimli ravishda tashkil qilish va ularning farovonligini ta’minlash imkoniyatlari kengaymoqda. Shunday ekan, bolalarning moslashuv davrini o‘rganish va uni ilmiy asosda tashkil etish nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshiradi, balki har bir bola uchun qulay ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qiladi. Moslashuv tushunchasi va bosqichlari 48 Moslashuv – bu bolaning yangi muhitga, jamoaga, yangi tartib va pedagogik talablar tizimiga moslashish jarayonidir. Ilmiy adabiyotlarda moslashuv jarayoni uch asosiy bosqichda kechishi ko‘rsatilgan: 1. Ilk bosqich (reaksiya bosqichi): bola o‘ziga notanish muhitda begonalik his qiladi, yig‘lash, tortinchoqlik, kayfiyat o‘zgarishlari kuzatiladi. 2. O‘rganish bosqichi: bola yangi muhitga asta-sekin ko‘nikadi, kun tartibiga moslashishni boshlaydi. 3. Barqaror bosqich: bola o‘zini erkin tuta boshlaydi, jamoa a’zosi sifatida harakat qiladi, faol ishtirok etadi. Innavatsion pedagagik faoliyatning o‘ziga hos turi hisoblanadi.Maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan hozirgi zamonaviy talablardan kelib chiqib maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy shart-innavatsion texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyaviy ishlarda bola shaxsining shakillantirishda innavatsion texnologiyalardan foydalansa tarbiyaviy jarayonlarda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bola shaxsini shakillantirishda uni ishtimoiy hayotga kirishidagi muomolarga to‘g‘ri va izchil yondashish bolaning ijtmoiy moslashuvida muhim ahamiyat kasb etadi Ijtmoiy moslashuv bolaning tengdoshlar guruhiga kirishish, jamiyatda mavjud bo‘lgan meyyorlar xulq atvor qoidlari qabul qilish yashash sharoitlariga moslashish bunda o‘zini anglash va ro‘lli hattai harakatlar o‘zini o‘zi boshaqari qobilyati o‘z o’ziga hizmat qilish boshqalar bn adekvat munosabatlar shakillanadi. Bolalar Maktabgacha ta’lim tashkilotlarigaberishning boshlanishi bolalarda yangi ijtmoiy muhitga moshlashishini, kattalar va tengdoshlar aloqalarni o’rnatishni hatti xarakatlarning moslashuvchanligi va moslashuvchan mexanizmlarni rivojlanishini talab etadi. Kundalik tartib, talab va majburiyatlar bola uchun kutulmagan holga aylanib qoladi vashu bilan birga uni stresli holatga keltiradi. Bazi bolalar uchun qiyin sharti bu guruh xonasini katta maydoni jihozlari va odddatdagi uy sharoitlari sezilarli darajada farq qiladi. Bunday holatda Bolani hafsizlik tuyg’usidan mahrum qilmaslik uchun uni kattalarga yaqinroq, cheklanganroq joyga qo‘yish yaxshiroq. Bu shuningdek pedogog moslashish davrida bolalarni kattalar bilan hissiy aloqada bo’lgan o‘ta keskin extiyojlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yangi qadam qo‘ygan bolalarning moslashuv davri, uning ahamiyati, kechish bosqichlari hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yangi qadam qo‘ygan bolalarning moslashuv davri, uning ahamiyati, kechish bosqichlari hamda pedagogik yondashuvlar yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
adaptation, preschool child, educator, state educational standards, tarbiyalanuvchi, metodik yondashuv, innovatsion texnologiyalar., huquqiy mas’uliyat, tarbiyachi, davlat ta’lim standartlari, moslashuv, kasbiy rivojlanish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники