РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA DIZAYN LOYIHALASHNI OʻQITISH MASALALARI
Xudayeva Dilafruz Gayratdjanovna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article analyzes the importance of the science of design in the modern education system, its role in the work of future designers, the complex process in the education system, and problematic situations in its implementation. Keywords: designer, dress, costume, image, technology, graphics, color, composition. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunda dolzarb muammolardan biriga aylanib ulgurdi. Ayniqsa libos dizayni sohasida bu amaliyotni qoʻllash samarali natija beradi. Sababi kompyuter texnologiyalari yordamida eskizlar yaratish ijodkorning vaqtini tejaydi. Lekin bu ijoddagi erkinlikni buzilishiga olib kelishi ham mumkin. Chunki ijodkor oʻzi xoxlagan chizmalarni yoki ranglarni kompyuter yordamida aks ettirishi qiyin kechadi. Libosni andazalarini yaratish uchun esa kompyuter grafikasida ishlash ayni muddaodir. Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Ijodkor qogʻoz va qalamda ijod qilishi kerakmi yoki kompyuterdami? Ma’lumki dizayn sohasi erkin ijodni talab qiladi. Dizayner tomonidan yaratilgan libos chiroyli, qulay va oʻziga xos yangilikka ega boʻlishi kerak. Kostyumning rangi, aksesuarlari unga hamohang tushishi unga boʻlgan talabni oshiradi. Shundan kelib chiqqan holda ijodakor qogʻoz va qalamda oʻy hayollarini tasvirga tushirib olishi zarur. Keyin esa uni kompyuterda yechimlarini shlab chiqish ishni oson kechishiga sabab boʻladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida talabalardan chizish qobiliyatini rivojlantirish, koʻnikmalarini mustahkamlash hamda kompyuter savodxonligini ham mustahkamlab borishni talab etadi. Bu jarayonda dizayn loyihalash fanining oʻrni muxim hisoblanadi. Dizayn loyihalash faoliyati - loyihalashtirilgan ob’ektning barcha itimoiy zaruriy xususiyatlarining yaxlit tuzilishi va kombinatsiyasidan tashkil topadi. Dizaynning asosiy ishchi kategoriyalari quyidagilardan iborat: Obraz - dizaynerning ijodiy yondoshuvi asosida loyihalangan badiiy obrazli model; 7 Funksiya - buyum bajarishi lozim boʻlgan vazifa; Morfologiya - maxsulot shaklining funksiyasi, tayyorlash materiali va usuliga mos ravishda tashkil etilgan hamda dizaynerning g‘oyasini mujassamtirilgan tuzilishi; Texnologik shakl - ishlab chigarish texnologiyasiga mos texnik hususiyatlari; Estetik qiymat - obe’ktni sub’ektning estetik idealiga mos kelishi[1.b. 14]. Oʻzbekistonda oliy ta’lim tizimida libos dizayni fakultetlarida dizayn loyihalash fanining oʻtilishi ayni muddaodir. Dizayner oʻz ijod mahsulini yaratayotganda uning foydali xususiyatlarini va amaliy ifodasini hisobga olishi zarur. Oʻzbekistonda dizayn metodologiyasi asoslari boʻyicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, nashr etilayotgan ilmiy maqolalar sanoqli boʻlib, ularda soha metodologiyasining uning amaliyoti rivojidagi ustuvorligi masalalari mutaxassislar e’tiboridan chetda qolmoqda. Umarova Zuxra Sa’dullaevnaning “Libos dizayn ta’limi: talabalarda kasb malakalarini shakllantirishning aktual muammolari” nomli maqolasida[1.b.12] Oʻzbekiston Oliy ta’lim tizimlarida “Libos dizayni” yoʻnalishi boʻyicha talabalarning kasbiy malakalarini shakllantirishda ta’lim tarkibidagi ijodiy, texnik va nazariy fanlarning oʻrni va samarasi haqida soʻz yuritilgan. Shu maqsadda Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda “Kimyo” xalqaro universitetidagi soha ta’limlarida ijodiy, texnik va nazariy fanlarning fan dasturlari darajasiga doir solishtirma tahlili berilgan. Bundan kelib chiqadiki, oʻzbek moda industriyasining istiqboldagi rivojlanish faktorlari birinchi galda mazkur soha boʻyicha sifatli bilimga ega boʻlgan malakali kadrlar yetishtirish mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish va bu borada moda industriyasi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi yangiliklarni amalga joriy etish jarayonlariga toʻg‘ridan toʻg‘ri bog‘liq. Ushbu yoʻnalishlar doirasida ta’lim tizimlarini tashkil etish jarayonlarida asosiy e’tiborni qayd etib oʻtilganidek, nazariy, texnik, ijodiy (amaliy) yoʻnalishdagi fanlarning nisbatlarini dizayn-loyihalash amaliyoti talablaridan kelib chiqqan holda tizimli shakllantirish hamda ta’lim tizimini toʻg‘ridan toʻg‘ri amaliyotga bog‘langan holda olib borish vazifalariga qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek dizayner oʻz yaratayotgan libosining har bir elementi tarixini bilishi yaratilgan kostyumning mazmun jihatidan boyitilishiga asos boʻladi. Bunda talaba turli xil tarixiy kitoblar va voqealarni oʻrganib chiqishi ularni bugungi kun nafasi bilan uygʻunlashtira olishi zarur. Tarix va kelajakni oʻzida birlashtirib zamonaviy shaxs obrazini yaratish bugungi kun dizaynerlariga qoʻyiladigan asosiy talablardan biridir. Shu sababli erkin iqtisodiy jamiyatda har tomonlamam malakali dizayner kadrlarni yetishtirish zamonaviy ta’limning dolzarb masalalaridan biri hisoblandi. Dizayn loyihalash fanlari doirasidagi kasb malakalarini ta’lim dasturlarida belgilangan auditoriya soatlari mobaynidagina oʻzlashtirishning imkon yoʻq. Bu jarayonda talabalar tomonidan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari davomida olib boriladigan texnik-ijodiy faoliyatlar malakali mutaxa
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the importance of the science of design in the modern education system, its role in the work of future designers, the complex process in the education system, and problematic situations in its im…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the importance of the science of design in the modern education system, its role in the work of future designers, the complex process in the education system, and problematic situations in its im… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- designer, dress, costume, image, technology, graphics, color, composition, libos, dizayner, texnologiya, grafika, rang, kompozitsiya., kostyum, obraz
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020