К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY PEDAGOGIKADA INKLYUZIV TA’LIMNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Badalov Avazbek Rustamjanovich

Наука и технология в современном мире · 21 · 507-530 · 2026

Аннотация

This article analyzes the trends and directions of inclusive education development in modern pedagogy. The theoretical and methodological foundations of inclusive education, issues of inclusion development in the context of international experience and reforms implemented in the education system of Uzbekistan are examined. The article also highlights mechanisms for improving inclusive education practices, developing teachers' professional competencies, and implementing innovative pedagogical technologies. Keywords: Inclusive education, modern pedagogy, educational trends, special educational needs, pedagogical technologies, inclusive culture, universal design. Kirish. Zamonaviy ta'lim tizimida inklyuziv yondashuv dunyo miqyosida ustuvor yo'nalishlardan biriga aylandi. Inklyuziv ta'lim – bu har qanday cheklovlardan qat'i nazar, barcha o'quvchilarning ta'lim jarayonidagi to'liq ishtirokini ta'minlaydigan hamda ularning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish yondashuvidir [1]. 2006-yilda qabul qilingan BMTning "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyasi va 2015-yilda tasdiqlangan "Barqaror rivojlanish maqsadlari" dasturi doirasida 130 dan ortiq mamlakatlar inklyuziv ta'limni rivojlantirish bo'yicha majburiyatlarni o'z zimmalariga olganlar [2]. O'zbekistonda so'nggi yillarda inklyuziv ta'limni rivojlantirish bo'yicha qator muhim islohotlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish 148 ` tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son Qarori [3] va 2022-yil 2- dekabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi yangi qonun inklyuziv ta'limni rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. Bu o'zgarishlar maxsus ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularni jamiyatga to'liq integratsiya qilish maqsadlariga xizmat qilmoqda [4]. Biroq, inklyuziv ta'limni samarali joriy etish bir qator nazariy, metodologik va amaliy muammolarni hal etish zarurligini ko'rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy pedagogikada inklyuziv ta'limning rivojlanish tendensiyalarini o'rganish, xalqaro tajribani tahlil qilish va milliy ta'lim tizimiga moslashtirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar tahlili va metodlar. Inklyuziv ta'lim masalalari ko'plab xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Xorijiy tadqiqotchilardan M. Ainscow va T. Booth inklyuziv ta'limning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqishga katta hissa qo'shganlar. Ularning "Inklyuziyaga indeks" nomli asari dunyoning ko'plab mamlakatlarida inklyuziv amaliyotni baholash va rivojlantirish uchun asosiy qo'llanma sifatida foydalanilmoqda [7]. R. Rose va M. Shevlin inklyuziv maktablarni yaratish va rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqqanlar [18]. Rossiyalik olimlardan S.V. Alekhina, N.N. Malofeev, N.M. Nazarova va E.V. Samsonova inklyuziv ta'limning turli jihatlarini tadqiq etganlar. Alekhina inklyuziv ta'limning psixologik-pedagogik asoslarini [23], Malofeev esa maxsus ta'limdan inklyuziv ta'limga o'tishning tarixiy va nazariy jihatlarini ko'rib chiqqan [24]. O'zbekistonlik olimlardan A.R. Atajanov, Z.K. Qodirova, Z.N. Mamarajabova, S.X. Jalalova, G.A. Shodmonova kabi olimlar inklyuziv ta'limning turli jihatlarini tadqiq etganlar. Mamarajabova inklyuziv ta'lim sharoitida o'qituvchilarni tayyorlash masalalarini ko'rib chiqqan [12], Qodirova esa inklyuziv ta'limni joriy etish mexanizmlarini tadqiq etgan [16]. Muhokama. Zamonaviy pedagogikada inklyuziv ta'limning konseptual asoslari Zamonaviy pedagogik nazariyada inklyuziv ta'lim tushunchasi faqat maxsus ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni umumta'lim muassasalariga integratsiya qilish bilan cheklanmasdan, balki ta'lim tizimining o'zini transformatsiya qilish va barcha o'quvchilar uchun to'liq ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish jarayoni sifatida tushuniladi [4]. Inklyuziv ta'limning zamonaviy konsepsiyasi quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: – Ta'limda barcha uchun teng huquqli imkoniyatlar. Bu tamoyil har bir bolaning sifatli ta'lim olish huquqini tan olish va ta'minlashni nazarda tutadi. – Individual xususiyatlarni tan olish va qo'llab-quvvatlash. Inklyuziv ta'lim har bir o'quvchining individual o'quv ehtiyojlarini hisobga olgan holda differensial yondashuv asosida ta'lim berishni taqozo etadi. – Universal dizayn tamoyili. Bu tamoyil barcha o'quvchilar uchun qulay va foydalanish mumkin bo'lgan ta'lim muhitini yaratishni nazarda tutadi. – Ijtimoiy adolat va tenglik tamoyili. Inklyuziv ta'lim ijtimoiy tengsizliklarni bartaraf etish va ijtimoiy adolatni ta'minlashga qaratilgan. Inklyuziv madaniyat, siyosat va amaliyot. Bu tamoyil maktab hayotining barcha jihatlarida inklyuziv qadriyatlarni joriy etishni nazarda tutadi. So'nggi yillarda inklyuziv ta'lim nazariyasida bir qator yangi tendensiyalar paydo bo'ldi. Bularga quyidagilar kiradi: 149 ` –

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the trends and directions of inclusive education development in modern pedagogy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the trends and directions of inclusive education development in modern pedagogy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inclusive education, modern pedagogy, educational trends, special, ta'lim tendensiyalari, universal dizayn., inklyuziv madaniyat, zamonaviy pedagogika, Inklyuziv ta'lim, maxsus ta'lim ehtiyojlari, pedagogik texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники