К содержанию
РецензированоUZ2022

HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHDA YASHIL IQTISODIYOTNING O‘RNI VA AHAMIYATI: GIS TAHLILI ASOSIDA YONDASHUV

Abduraxmanova Xilola Lutfillaxanovna

Наука и технология в современном мире · 9 · 261–267 · 2022

Аннотация

Mazkur tadqiqot hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotning o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda tahlil qiladi. Yashil iqtisodiyot tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion model sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, uning sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va turizm sohalariga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyotni hududiy rivojlanishda joriy etishning strategik yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalar, yashil investitsiyalar va ekologik ta’limning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil iqtisodiyot hududiy iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib, ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, qayta tiklanadigan energiya, uglerod emissiyasi, bioxilma-xillik, hududiy rivojlanish. Kirish. Zamonaviy global iqtisodiyotda ekologik barqarorlik masalasi dolzarb muammolardan biriga aylangan bo‘lib, atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirni minimallashtirish zarurati ortib bormoqda. BMTning 2022-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab issiqxona gazlari chiqindilarining 70% iqtisodiy faoliyat natijasida yuzaga keladi [1]. Shu sababli, yashil iqtisodiyot kontseptsiyasi hududiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning tamoyillari, uning sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va turizm sohalariga ta’siri hamda Andijon viloyati misolida hududiy rivojlanishdagi o‘rni ilmiy yondashuv asosida tahlil qilindi. Andijon viloyati O‘zbekistonning eng sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, hududining kichikligi hamda aholi zichligi yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Global iqlimiy o‘zgarishlar tufayli suv tanqisligi muammosi xavf solib turgan ushbu mintaqa uchun yashil iqtisodiyotga o‘tish dolzarb masala hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo’lib, u resurslardan oqilona foydalanish, uglerod izini kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashni ko’zda tutadi [2],[3]. Jahon bankining 2023-yilgi hisobotiga ko‘ra, yashil iqtisodiyotga o‘tish global yalpi ichki mahsulotning (YIM) 1,5-2% ga o‘sishiga xizmat qilishi mumkin [4]. Yashil iqtisodiyot tamoyillari quyidagilardan iborat:  Resurslardan oqilona foydalanish – tabiiy boyliklarning qayta tiklanishi va tejamkorligiga e’tibor qaratish.  Ekologik toza texnologiyalarni joriy etish – sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan texnologiyalarni qo‘llash. 15 `  Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish – quyosh, shamol va gidroenergetikadan foydalanish orqali barqaror energiya ta’minotini yaratish.  Uglerod chiqindilarini kamaytirish – global miqyosda uglerod neytrallikka erishish strategiyalarini amalga oshirish [5]. 1-rasm. Andijon viloyati yerlaridan foydalanish raqamli xaritasi. (Xarita muallif tomonidan yaratilgan) Yuqoridagi xaritada Andijon viloyatining yer resurslari turlari sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar asosida ArcGIS dasturi yordamida tahlil qilindi. Xarita tahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyatda qishloq xo‘jaligi yerlari ustunlik qiladi. Bu esa o‘z navbatida hududda intensiv dehqonchilik va sug’oriladigan maydonlar kengligi bilan izohlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatining umumiy yer fondining qariyb 75 % qismi qishloq xo‘jaligiga mo’ljallangan. Bu yerlarning asosiy qismi paxta va g’alla yetishtirishga yo’naltirilgan bo‘lib, bu esa suv resurslarining haddan tashqari ko‘p sarf etilishi va tuproq degradatsiyasi xavfini oshiradi. Shuningdek, urbanizatsiya darajasi yildan-yilga o‘sishi tufayli yashil zonalarning qisqarishiga olib kelmoqda. Aholisi zich joylashgan, yer va suv resurslari cheklangan ushbu hududda yalang, bo’sh yotgan yerlardan maksimal darajada intensiv foydalanish talab etiladi [6]. Yashil iqtisodiyotning hududiy rivojlanishga ta’siri quyidagi omillar orqali namoyon bo‘ladi: 16 ` Atrof-muhitni muhofaza qilish – iqtisodiy-statistik tahlillarga ko‘ra, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish CO₂ chiqindilarini 15-20% ga kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish – yashil texnologiyalar orqali sanoatda energiya sarfi 30% gacha qisqaradi. Aholi turmush sifatini yaxshilash – Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ekologik muhit yaxshilanishi aholining kasallanish darajasini 10-15% ga kamaytiradi. Atrof-muhit sifatini yaxshilash havo va suv ifloslanishidan kelib chiqadigan kasalliklar bilan bogʻliq sogʻliqni saqlash xarajatlarini kamaytiradi. Yangi ish o‘rinlari yaratish – Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) ma’lumotlariga ko‘ra, yashil iqtisodiyotga o‘tish natijasida 2030-yilgacha 24 million yangi ish o‘rni yaratilishi mumkin [7]. Andijon viloyatidek, demografik salohiyati yuqori, aholisi zich, ortiqcha

Доказательный фрагмент

«Mazkur tadqiqot hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotning o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tadqiqot hududiy iqtisodiy rivojlanishda yashil iqtisodiyotning o‘rni va ahamiyatini ilmiy asosda tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hududiy rivojlanish., yashil iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energiya, barqaror rivojlanish, bioxilma-xillik, uglerod emissiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5